Mavzu: Tijorat banklarining tashkil etilishi,turlari,vazifalari va asosiy operatsiyalari


Download 1.08 Mb.
bet1/4
Sana09.06.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1473619
  1   2   3   4
Bog'liq
Tijorat Banklari vazifalari va asosiy operatsiyalari



Mavzu: Tijorat banklarining tashkil etilishi,turlari,vazifalari va asosiy operatsiyalari
Hukumatning doimiy ravishda qo'llab-quvvatlashi tufayli.Tijorat banklariningsalohiyati yanada oshib bormoqda. Mustaqillik yillarida Tijorat banklari mamlakat iqtisodiyotining pul-kredit sohasidagi islohotlar jarayonida hukumatning moliya agenti sifatida faoliyat olib borib, zimmasiga yuklangan mas’uliyatli vazifalarni doimiy ravishda ado etib kelmoqda.
Bizning mijozlarimiz – aholi va xo'jalik yurituvchi subyektlar, ularning faoliyati, maqsadlari va intilishlari, farovonligi – Tijorat banklari aynan shuning uchun faoliyat yuritadi.
Bank o'z salohiyatini barqarorlashtirish, aholining ishonchini qozonish, mamlakat bank xizmatlari bozoridagi o'z mavqei va rolini mustahkamlash uchun barcha sa'y-harakatlarini safarbar etmoqda.

Bugungi kunda Tijorat banlari O'zbekiston bank tizimining muhim bo'g'ini hisoblanadi. Uning 196 ta hududiy va tuman (shahar) filiallari, 106 ta Bank xizmatlari markazlari va 2260 ga yaqin kassalar iqtisodiyotning real sektoriga – kichik biznes subyektlari va aholiga keng qamrovli bank xizmatlarini ko'rsatib kelmoqda.
Tijorat banklarining asosiy vazifalaridan biri O'zbekistonning keksa fuqarolarini nafaqalar bilan o'z vaqtida ta'minlashdan iborat. O'zbekiston Respublikasi «Fuqarolarning jamg'arib boriladigan pensiya ta'minoti to'g'risida»gi Qonuniga asosan fuqarolarning davlat pensiya ta'minotiga qo'shimcha tariqasida jamg'arib boriladigan pensiya ta'minoti tizimi yo'lga qo'yilgan.
Tijorat banklari yagona, o'z filiallarini bir-biri bilan bog'lovchi va yetarlicha himoyalovchi elektron baza yaratish uchun ko'p ishlarni amalga oshirdi.
Tijorat banklari jamoasi doimiy ravishda o'z oldiga yangi strategik maqsad va vazifalarni qo'yib keladi.
Ayni paytda mazkur qadam mijozlarga xizmat ko'rsatishning sifat jihatidan yangi darajasiga chiqishga, raqobatbardosh pozitsiyaga erishishga, investitsion jozibadorlikni ta'minlashga, boshqaruv va texnologik jarayonlarni modernizatsiyalash hisobiga moliya xizmatlar bozorida qator ko'rsatkichlar bo'yicha peshqadam pozitsiyani egallashga xizmat qilmoqda.

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling