Mavzu: til ijtimoyiy doyimiy o’zgarib rivojlanib turuvchi xodisadur
Download 0.7 Mb.
|
OZODA
1. Tovushga taqlid nazariyasi qadimgi Yunonistonda antik davrda (eramizdan oldingi 1-2 asrlarda) stoiklar degan faylasuflar guruhi tomonidan shakllantirilgan bo‘lib, unga ko‘ra inson tili tabiatdagi turli tovushlarga taqlid qilish asosida paydo bo‘lgan emish. Haqiqatan ham, deyarli barcha tillarda tovushga taqlid bildiruvchi so‘zlar mavjud. Masalan, o‘zbek tilida taq-tuq, shitir-shitir; rus tilida gav-gav (it hurishiga taqlid), kva-kva (qurbaqa ovoziga taqlid), ga-ga (o‘rdak ovoziga taqlid) kabi so‘zlar bor va hatto shu so‘zlar asosida bir qancha so‘zlar ham yasalgan: shitirlamoq, taqa, kvakayet, gavknul. Bu nazariyaning g‘ayri-ilmiy nazariya ekanligi quyidalarda namoyon bo‘ladi: 1) tovushga tiqlid so‘zlar barcha tillarda ham juda ozchilikni tashkil etadi va lug‘at tarkibidagi boshqa so‘zlarning qanday kelib chiqqanligini bu nazariya asoslab bera olmaydi; 2) mantiqan fikrlaganda, rivojlangan tillarga nisbatan rivojlanmagan tillarda bunday so‘zlar ko‘p bo‘lishi kerak edi, vaholanki, tekshirishlar buning aksini ko‘rsatadi; 3) qadimgi odamning hali uncha rivojlanmagan hiqildog‘i bunday so‘zlarni talaffuz qilishga moslashmagan. 2. Undov nazariyasi eramizdan oldin yashab o‘tgan Epikur (341-270) degan faylasuf tarafdorlari bo‘lmish epikuristlar tomonidan o‘ylab topilgan nazariya bo‘lib, unga ko‘ra til insonning his-tuyg‘ularini ifodalaydigan oh, uf, dod kabi undov so‘zlar asosida yuzaga kelgan emish. To‘g‘ri, taqlid so‘zlar kabi undov so‘zlar ham har bir tilning lug‘at tarkibida mavjud va ular asosida ham yangi so‘zlar hosil qilish mumkin: uflamoq, dodlamoq kabi. Bu nazariya ham quyidagi kamchliklarga ega:
Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling