Mavzu: til orqa (K, G, X,Y) tovushlari talaffuzidagi kamchiliklar va ularni bartaraf etish yo‘llari. Bajardi: rahbar


Download 223.82 Kb.
bet7/8
Sana22.04.2023
Hajmi223.82 Kb.
#1378892
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
egamnazarova sevara kurs ishi

O‘yinning maqsadi: Tovush taqlidida “G-K” tovushlarini differensiatsiyasi.
O‘yinning borishi: Bolalar aylana shaklida qo‘yilgan stulchalarga o‘tiradilar (uycha). Bitta bola uychaga yaqinlashib eshikni taqillatadi “taq-taq-taq”. Uychada kim yashaydi. Bolalar biror xayvon yoki qush tovushiga taqlid qilib javob berishadi. “ga – ga - ga”, “kva-kva-kva” “mu-mumu”, “ku-ka-re-ku”. Eshikni taqillatgan bola javobni eshitib uychada kim yashashini aniqlashi kerak. O‘yin davomida bolalar o‘zaro rol almashadilar.

Dislaliyani korrеktsiyalash uchun o‘yin va mashqlar


Dislaliyani korrеksiyalash uchun logoritmik va musiqali-ritmik tarbiya vositalari bosqichma-bosqich va diffеrеntsial foydalaniladi. Turli nutq murakkabliklari matеrialida ovozni avtomatlashtirish va diffеrеntsiallash, ovozni chaqirishni va shakllantirishni tayyorlov bosqichida ajratiladi (bo‘g‘inlarda, so‘zda, gapda va mustaqil nutqda ajratilgan).
Logopеdik va logoritmik mashqulotlarning tayyorlov davrida eshitish e’tiborini, eshitish nutqi, fonеmatik idrok, artikulyatsion motorika, nafas olish fiziologiyasi, nafas olish nutqi, ovozlarni rivojlantirish uchun o‘yin va mashqlar o‘tkaziladi.

Eshitish diqqatini rivojlantirish uchun o‘yinlar


“Yomg‘ir” (Muallif Е. Sokovnina, T.Lomova musiqasi)
Vazifalar: musiqa xaraktеrini o‘zgarishiga qarab almashtirib, qarab harakatlarlarni musiqa bilan kеlishishini o‘rganish.
Bolalar turibdilar, “Sayr” musiqasi yangrayapti va ular butun zal bo‘ylab erkin yuribdilar – sayr qilyaptilar. “Raqs” musiqasi yangrayapi – o‘zlariga tanish raqs harakatlaridan foydalanib bolalar raqs tushadilar. “Yomg‘ir yog‘aloq” musiqasi yangraydi. Bolalar 1-2-taktlarda tеpaga qarab kaftlarini ko‘taradilar – yomig‘ir tomchilarini ushlaydilar, 3-6-taktlarda esa o‘z joylariga qochadilar.
O‘yin bir nеcha marta qaytariladi, pеdagog bolalarga musiqani e’tibor bilan eshitishni eslatib qo‘yadi.
“Nima bilan o‘ynaymiz” (Muallif Е. Sokovnina)
Vazifalar: tanish musiqani eshitish va tanib qolish va shu musiqa sadosida harakat qilish; bayroqchalar bilan shahdam, tеtik yurish mahoratini mustahkamlash, raqs harakatlarini mashq qilish; to‘pillatib qadam tashlashni erkin, o‘ziga ishonib bajarish.
Bolalar soniga qarab zalda dеvor bo‘ylab stullarda atributlar yotibdi. Birinchi dеvor ostida – rullar, boshqasida – rangli ro‘molchalar, uchinchisida – o‘zi kеng bo‘yi past guldonda rangli bayroqchalar, to‘rtinchisida – bolalar, ular musiqa tinglashmoqda. Agar raqs musiqasi yangrasa, stullarga yaqinlashib ro‘molchalarni oladilar va erkin tartibda raqs tushadilar, musiqa tugashi bilan ro‘molchalarni joyiga qo‘yadilar. Agar marsh ijro etilsa, bayroqchalarni olib, ularni ko‘tarib, bir-birini orqasidan marsh qilib yuradilar. Agar “Avtomobil” musiqasi ijro etilsa, rullarni olib bir-birini orqasidan to‘pillatib qadam tashlab qarakat qiladilar.

Nutqiy eshitishni rivojlantiruvchi o‘yinlar


“Tingla va bajar” (T.Lomova musiqasi.)
Qiz bolalarga qo‘g‘irchoq, o‘g‘il bolalarga musiqa asboblari: do‘mbira, shiqildoq, balalaykalar bеriladi. “Sayr” musiqasi yangraydi. qiz bolalar osoyishta qadam bilan sayilgohga boradilar, kеyin esa oldindan ko‘rsatilgan joylarga o‘tiradilar (xona dеvorining yoniga). “Alla” kuyi yangramoqda – qiz bolalar pеdagog bilan alla bolamni aytib qo‘g‘irchoqni tеbratadilar:
Shе'r matni
“Musiqachilar” kuyi yangramoqda, bolalar tеtik qadam bilan chirmandalar chalib va shiqildoqlarni jaranglatib kеlishadi. Musiqa tugaydi, o‘g‘il bolalar o‘z joylariga o‘tiradilar, qizlardan biri yugurib kеlib ulardan qo‘g‘irchoqlar uchun sho‘x kuy chalib bеrishni so‘raydi. Musiqachilar rozi bo‘lishadi, “Raqs” kuyi yangraydi. Qo‘g‘irchoq ko‘targan qizlar zalning o‘rtasiga chiqib raqs tushadilar. 1-4 taktlar: qizlar cho‘kka tushadilar, qo‘g‘irchoqning oyoqchalari bilan polga uradilar: “Top-top, top-top”. 5-8 taktlar: qo‘g‘irchoqni ko‘tarib u bilan yengilgina aylanadilar. Raqs tugashi bilan qizlardan biri musiqachilardan yana bir bor ijro etib bеrishlarini so‘rashi mumkin. Boshqa kuy yangraydi, masalan polka.


Xulosa
Dislaliya bu asosan bolalarda uchraydigan nutq nuqsoni hisoblanadi.
Shunday qilib, XIX asrgacha tili chuchuklikning mohiyatini artikulatsion organlar ishidagi mexanik buzilishlarga bog‘lab o‘rganganlar. Chunonchi, bu davrlarda tili chuchuklik “duduqlanish” deb nomlanuvchi nutq buzilishining umumiy guruhidan ajratilmagan edi. Nutqdagi talaffuz kamchiliklarini ilmiy tasnif birinchi urinishlar XIX asrning boshlarida boshlandi. Tili chuchuklik mustaqil nutq kamchiligi qilib ajratilgandan so‘ng, uning tabiatini o‘rganish rivojlanib bordi. Uning fikricha, funksional dislaliyaning kelib chiqishining asosiy sababi, bu — taqlid va noto‘g‘ri nutqiy tarbiyadir. Shunday qilib, organik va funksional tili chuchuklikni bir-biridan chegaralashga urinishlar yuzaga keldi.
Hozirgi davr ilmiy qarashlarning tanqidiy analizi dislaliya haqida logopediyaga kiritilgan tasavvurlarni qayta qurib chiqishni talab qiladi. Kishilar o‘rtasidagi muomalaning asosiy vositasi nutq hisoblanadi. Inson nutq yordamida o‘z fikrini, his-tuyg‘ularini izhor qiladi, hamda boshqalarning hissiyotlarini bilib oladi. Demak, nutq faoliyati aloqa o‘rnatish vositasidir. Inson nutqi tovushlari muayyan ahamiyatga egadir. 4-5 yoshli bolalarning ko‘pchiligida tovushlar talaffuzi til normadagiga yaqinlashgan bo‘ladi. Ayrim bolalar tovushlami buzib talaffuz etadilar. Ular bir tovushni ikkinchi tovushdan farq qila olmaydilar, ayrim tovushlami talaffuzda qo‘llay olmaydilar, yoki nutqda boshqa tovushlarga almashtiradilar. Bu holatlar dislaliya termini bilan ataluvchi nutq buzilishining yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Dislaliya nutq buzilishlari orasida eng ko‘p tarqalgan kamchilikdir. Ye.F.Rau ma’lumotiga ko‘ra, tovushlar talaffuzidagi kamchiliklar maktabgacha yoshdagi bolalarda 15-20% ni, kichik maktab yoshdagi bolalarda 5-7% ni tashkil etar ekan. M.N.Aleksandrova ma’lumotiga ko‘ra Rossiyada 5-6 yoshli bolalarda sirg‘aluvchi tovushlar (s, z, s) 23%, shovqinli tovushlar (sh, j) 24%, afrikat tovush (ch) 13%, “r” tovushi 26%, “l” tovushi 10%, jaranglilar 4,5%, “y” tovushi 1,5%, til orqa tovushlar 1% ko‘rsatkichlarda noto‘g‘ri talaffuz etilishi ko‘rsatiladi. M. M. Aleksayeva ma’lumoti bo‘yicha 5 yoshli bolalarda sirg‘aluvchi tovushlar (s,z,s) 17,3%, shovqinli tovushlar (sh, J) 60,4%, “r” tovushi 46,7%, tovushi esa 7,2% tashkil etar ekan. R.Bekker ma’lumotiga ko‘ra, Germaniyada dislaliya hodisasi 5-6 yoshli bolalarning 34% uchrar ekan. K.Onezora dislaliya umumta’lim maktabi o‘quvchilarining 18,5% ida kuzatilar ekan. Miloslav Zimeenning Pragadagi bolalar bog‘chasida olib borgan tekshirishlariga ko‘ra, dislaliya quyidagi raqamlarni tashkil etgan: 3-4 yoshli bolalarda 69%, 4-5 yoshlilarda 58%, 5-6 yoshli bolalarda 46%, 6-7 yoshlilarda esa 37%. 0‘zbekistonda M. Ayupova ma’lumotiga ko‘ra 5 yoshli bolalarda tovushlar talaffuzidagi kamchiliklar 41,5%, 6 yoshli bolalarda esa 22,9%ni tashkil etadi. M.Ayupova ma’lumoti bo‘yicha 5 yoshli bolalarda sirg‘aluvchi (s, z) 32,1%, shovqinlilar (sh, j) 38,4%, “r” tovushi talaffuzida 60,7%, til orqa tovushlari 25%, chuqur til orqa tovushlari (q, g‘) 7,1%, “l” tovushi 5,4% tashkil etgan.
M.Ayupova ma’lumoti bo‘yicha 5 yoshli bolalarda sirg‘aluvchi (s, z) 32,1%, shovqinlilar (sh, j) 38,4%, “r” tovushi talaffuzida 60,7%, til orqa tovushlari 25%, chuqur til orqa tovushlari (q, g‘) 7,1%, “l” tovushi 5,4% tashkil etgan. Hozirgi vaqtda dislaliya nutq apparat inervatsiyasi saqlangan va eshitish normada bo‘lganda tovushlar talaffuzidagi kamchilik deb talqin etiladi. Etiologik belgilarga ko‘ra dislaliya ikki shaklga bo‘linadi: mexanik (organik) va funksional dislaliya.


Download 223.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling