Mavzu: til orqa (K, G, X,Y) tovushlari talaffuzidagi kamchiliklar va ularni bartaraf etish yo‘llari. Bajardi: rahbar
Download 223.82 Kb.
|
egamnazarova sevara kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- MAVZU: TIL ORQA (K, G, X,Y) TOVUSHLARI TALAFFUZIDAGI KAMCHILIKLAR VA ULARNI BARTARAF ETISH YO‘LLARI . BAJARDI: ___________________________
- II bob.
- Sh.M.Mirziyoyev
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI A.QODIRIY NOMLI JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA FAKULTETI MAXSUS PEDAGOGIKA KAFEDRASI LOGOPEDIYA(dizartriya, sistemali nutq buzilishlar) fanidan KURS ISHI MAVZU: TIL ORQA (K, G, X,Y) TOVUSHLARI TALAFFUZIDAGI KAMCHILIKLAR VA ULARNI BARTARAF ETISH YO‘LLARI . BAJARDI: ___________________________ RAHBAR:____________________________ JIZZAX-2023 MUNDARIJA Kirish …………………………………………… Asosiy qism I bob. Tovush talaffuzidagi kamchiliklarni bartaraf etishda ilmiy nazariy asoslar. 1.1. Mexanik va Funksional dislaliya va uning sabablari. 1.2. Dislaliyani bartaraf etishda logopedik ta’sir metodikasi II bob. Til orqa va chuqur til orqa tovushlari (k, g, x, q, g‘) dagi kamchiliklarni tuzatish. 2.1. [K], [G], [X], [Y] tovushlarini bo‘g‘in so‘zlarda o‘rgatish. 2.2. Til orqa tovushlarni nutqga qo‘yish, mustahkamlash va farqlashga oid o‘yinlar Xulosa…………………………………………… Foydalanilgan adabiyotlar……………………... Kirish Bizning asosiy maqsadimiz – yoshlarning sifatli ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘lishiga erishish, ularning o‘z qobiliyati va iste’dodini ro‘yobga chiqarish uchun barcha zarur sharoitlarni yaratib berishdan iborat. Sh.M.Mirziyoyev Bugungi kunda taʼlim sohasini tubdan takomillashtirish davr talabiga aylangan. Ushbu talabdan kelib chiqqan holda, taʼlim sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonunlar qabul qilinmoqda. Jumladan, Oʼzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʼgʼrisida”gi qonuni 2020 yil 23 sentyabr kuni qabul qilingan bo‘lib, uning maqsadi taʼlim sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Mazkur Qonunga asosan taʼlim sohasidagi asosiy printsiplar, taʼlim tizimi, turlari va shakllari aniq belgilab qo‘yildi, unda belgilangan masofaviy taʼlim haqidagi qoidalar o‘quv rejalari va o‘quv dasturlariga muvofiq taʼlim oluvchilar tomonidan zarur bilim, malaka va ko‘nikmalarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan hamda Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalangan holda masofadan turib olishga qaratilgan. Shuningdek, Qonunga ko‘ra, davlat oliy taʼlim, o‘rta maxsus, professional taʼlim muassasalari va ularning filiallari, shuningdek davlat ishtirokidagi oliy, o‘rta maxsus, professional taʼlim tashkilotlari va ularning filiallari Prezident yoki Hukumat qarorlari bilan tashkil etiladigan bo‘ldi. Nodavlat taʼlim muassasalarini tashkil etish ularning taʼsischilari tomonidan amalga oshirilishi belgilandi. Nodavlat taʼlim tashkilotlariga litsenziya Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi tomonidan beriladigan bo‘ldi. Qonunda dual taʼlimga oid qoidalar belgilanib, u taʼlim oluvchilar tomonidan zarur bilim, malaka va ko‘nikmalarni olishga qaratilgan bo‘lib, ularning nazariy qismi taʼlim tashkiloti negizida, amaliy qismi esa taʼlim oluvchining ish joyida amalga oshiriladi. Bundan tashqari, qonunga inklyuziv taʼlim to‘g‘risidagi qoidalar kiritilib, unga binoan, inklyuziv taʼlim alohida taʼlim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning xilma-xilligini hisobga olgan holda barcha taʼlim oluvchilar uchun taʼlim tashkilotlarida taʼlim olishga bo‘lgan teng imkoniyatlarni taʼminlashga qaratilgan. Jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar (shaxslar) uchun taʼlim tashkilotlarida inklyuziv taʼlimni tashkil etadi.Mazkur qonun jahon standartlari talablaridan kelib chiqqan holda taʼlim sohasidagi munosabatlarni tartibga solishning qamrovi kengligi va o‘ziga xos xususiyatga ega ekanligi bilan 1997-yil 29-avgust kuni qabul qilingan “Taʼlim to‘g‘risida”gi qonundan tubdan farq qiladi. Taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning maʼlum qismini, albatta, oliy taʼlim tizimidagi islohotlar tashkil etadi.Hususan, O‘zbekiston Respublikasida oliy taʼlimni tizimli isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, oliy taʼlimni modernizatsiya qilish, ilg‘or taʼlim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktyabrdagi PF–5847-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Kontseptsiyasi mazkur sohadagi yangi islohotlar uchun debocha vazifasini bajarib bermoqda. O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi 637-qonunda inklyuziv ta’lim alohida ta’lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning xilma-xilligini hisobga olgan holda barcha ta’lim oluvchilar uchun ta’lim tashkilotlarida ta’lim olishga bo‘lgan teng imkoniyatlarni ta’minlashga qaratilganligi hamda alalik bolalarni o‘rganishda umum ta`lim maktablarda ishlash va ularga ta’lim – tarbiya berishga qaratilgan. 20-modda inklyuziv ta’lim olish huquqini cheklaydi va quyidagi shartni qo‘yadi: “Ta’lim tashkilotlarida jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalarga inklyuziv ta’lim, buning uchun ushbu tashkilotlarda zarur sharoitlar yaratilgan taqdirda, tashkil etiladi.” Boshqacha aytganda, agar ta’lim muassasasida inklyuziv sharoitlar yaratilgan taqdirda, nogironligi bo‘lgan bolalar inklyuziv ta’lim huquqidan foydalanishga da’vo qilishlari mumkin. Modda ta’lim muassasasiga nogironligi bo‘lgan bolalar uchun maqbul sharoitlarni yaratib berish majburiyatini yuklamaydi. Bundan tashqari, 20-modda inklyuziv sharoitda ta’limni individual tartibda uyda yoki statsionar sharoitda tashkil etish tartibini belgilash uchun barcha vakolatlarni “ta’lim sohasidagi tegishli vakolatli davlat boshqaruvi organlari"ga berib, inklyuziv ta’lim olish huquqini cheklaydi. 9-moddada “Jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalar, shuningdek uzoq vaqt davolanishga muhtoj bolalar davlat ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida inklyuziv shaklda yoki uy sharoitlarida yakka tartibda ta’lim oladi” deyilgan. Ushbu moddada keltirilishiga ko‘ra, inklyuziv ta’lim ustuvor emas, balki hozirgi kunda mavjud ta’lim shakllaridan birigina xolos. Har bir bolaning inklyuziv ta’lim huquqini ta’minlash maqsadida (barcha darajadagi) tegishli davlat hokimiyati organlari umumta’lim o‘quv muassasalarida nogironligi bor va rivojlanishida nuqsoni bor bolalarni ham nazarda tutgan holda barcha o‘quvchilarga zarur sharoitlarni yaratishi lozim. “O‘quvchilar shaxsiy tizimini qo‘llab-quvvatlash uchun shart-sharoitlar yuqori malakali pedagok kadrlarning, ularning psixologik-pedagogik hamrohlikni amalga oshiruvchi zaxiradagi pedagog (tyutor) va boshqa mutaxassislarning borligini qamrab olishi zarur. Sharoitlar deganda bino va inshootlarning, o‘quv materiallarining va texnik vositalarning jismoniy maqbulligi, o‘quvchilar rivojlanishining individual rejasiga asosan o‘quv dasturlarining adaptatsiyasi, shuningdek muassasaning tarbiyaviy tizimining barcha o‘quvchilarni qabul qilishni shakllantirish va rivojlantirishga yo‘naltirilganligi ko‘zda tutiladi. Inklyuziv ta’lim maktabgacha, o‘rta maxsus, kasb-hunar, oliy, maktabdan tashqari va oliy ta’limdan keyingi barcha darajalarda sifatli ta’lim olish uchun teng. Xulosa o‘rnida, taʼlim sohasidagi islohotlar ham bugungi kunda o‘zining dolzarbligi hamda amaliy ahamiyati bilan boshqa sohalardagi islohotlardan aslo qolishmaydi. Chunki ushbu sohadagi islohotlarni yanada keng ko‘lamda davom ettirish davr talabidir. Download 223.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling