Mavzu: til orqa (K, G, X,Y) tovushlari talaffuzidagi kamchiliklar va ularni bartaraf etish yo‘llari. Bajardi: rahbar
II bob: Til orqa va chuqur til orqa tovushlari (k, g, x, g‘, q, y) dagi kamchiliklarni tuzatish
Download 223.82 Kb.
|
egamnazarova sevara kurs ishi
II bob: Til orqa va chuqur til orqa tovushlari (k, g, x, g‘, q, y) dagi kamchiliklarni tuzatish.2.1. [K], [G], [X], [Y] tovushlarini bo‘g‘in so‘zlarda o‘rgatish. K tovushining noto‘g‘ri talaffuz etilishi – kappatsizm va s ni boshqa tovush bilan almashtirilishi parakappatsizm deyiladi. G tovushi talaffuzidagi kamchilik gammatsizm va paragammatsizm, X tovushi talaffuzidagi kamchilik esa xitizm va paraxitizm deyiladi. Ularni quyidagi turlari amalda ko‘proq uchraydi. 1. K – T (kino-tino, kitob-titob,kurk-turka,kalit-talit) 2. G – D (gilos-dilos, gilam-dilam, yigirma-yidirma) 3. X – K yoki X – S (xat-kat, xat-sat) Til orqa tovushlarida lablar holati keyin so‘zda qanday unli tovush kelishiga bog‘liq. Til uchi odatda pastki tishlar orqasida bo‘ladi. Tilni o‘rta qismi baland ko‘tarilib, g, k tovushlarida qattiq tanglayga tegib turadi. X tovushida esa tor oraliq hosil qiladi. G, K tovushida kuchli havo oqimi tilning o‘rta qismi va tanglay orasidan portlab, X tovushida esa sirg‘alib chiqadi. Til orqa tovushlari talaffuzida yumshoq tanglay ko‘tarilib turadi. K – X tovushlarida ovoz boylamlari jipslashmay, tebranmay turadi. G tovushida esa ovoz boylamlari jipslashib tebranadi. K tovushini to‘gri talaffuz etishga o‘rgatish uchun : bolaga ta bo‘g‘inini ketma-ket ayttiriladi (ta-ta-ta). Shu zaxoti til o‘rtasini shpatel bilan bosib, orqa surilsa, kya-kya-kya kabi tovushlar, til o‘rtasi yanada orqaroqqa surilganida esa ka-ka-ka kabi tovushlar hosil bo‘ladi.Bola k tovushini oldin shpatel yordamida, keyin esa mustaqil ravishda talaffuz etishga asta-sekin o‘rganadi. Shundan keyin k tovushi talaffuzini avval bo‘g‘inlarda, so‘ngra so‘z va gaplarda mustahkamlash mumkin. G – X tovushlari talaffuzini ham xuddi shu usul bilan o‘rgatish mumkin. Ammo g tovushini d-dan, ya’ni da-da-da, x – tovushini esa s tovushidan, ya’ni sa-sa kabilardan o‘rgatiladi. Talaffuz vaqtida k, q tovushlari hosil bo‘lmasa kappatizm , g, g‘-gammatsizm, x, h — xitizm deb ataladi. Ushbu tovushlar nutqda boshqa tovushlarga almashtirilsa parrakappatsizm, paragammatsizm, paraxitizm deb ataladi. Til orqa va chuqur til orqa tovushlari talaffuz q ilinganda artikulatsion a’zolar holati quyidagi holatda bo‘ladi. K- G tovushi talaffuz qilinganda tilning orqa qismi yumshoq tanglay tomon yoysimon shaklida ko‘tarilib, pastki tishlarga tegib turadi. Qattiq tanglay bilan tilning o‘rta qismi orasidagi masofa torayadi. Shu masofadan siqilib, kuch bilan yorib chiqqan havo k va g undosh tovushini hosil qiladi. X tovushi talaffuzi vaqtida lablar va tishlar oralig‘i o‘rta va orqa qismi yoysimon shaklda yuqori tomon ko‘tariladi va tanglayga tegib turadi. Qattiq tanglay bilan tilning oxirgi qismi o‘rtasida ma’lum oraliq hosil bo‘ladi. Yumshoq tanglay esa biroz ko‘tariladi. Tilning orqa qismi va yumshoq tanglay oralig‘idan sirg‘alib o‘tgan havo to‘lqini yumshoq tanglayni titratib shovqin hosil qiladi. H tovushi talaffuzi vaqtida artikulatsiya organlari avvalgi tovushdek bo‘lib, butun nutq a’zolari erkin holatda bo‘ladi. Chiqayotgan havo oqimi hech qanday to‘siqqa uchramay, h undosh tovushini hosil qiladi. Q tovushi talaffuzi vaqtida tishlar oralig‘i bir barmoq kengligida ochiq bo‘lib, lablar erkin holatda turadi. Tilning chekka qismi yuqori tishlar qatoriga tegib turadi. Tilning orqa qismi va o‘zagi yoysimon shaklda egilib, yumshoq tanglayga tegib turadi. Bunda til o‘zak tomon tortilib, til bilan qattiq tanglay orasidagi masofa torayadi. Havo oqimi toraygan masofani yorib, shovqinli q tovushini hosil qiladi. G‘ tovushining talaffuzi paytida tishlar oralig‘i q tovushi talaffuzi vaqtidagidan kengroq ochilib, til uchi pastki tishlar qatoriga tegib turadi. Lablar q tovushidagidek ikki yonga tomon biroz tortiladi. Qattiq tanglay bilan til yuzasi oralig‘idagi masofa bir tekisda bo‘lmaydi. Chiqayotgan havo oqimi til orqa qismi va yumshoq tanglay orasidan sirg‘alib chiqib, ko‘tarilgan yumshoq tanglayni tebratadi. Kappatsizmni tuzatish. K tovushini hosil qilishda bolaga ta-ta-ta bo‘g‘inini aytish taklif etiladi, shu vaqtning o‘zida maxsus zond yordamida tilning uchi bosilib, orqaga biroz itariladi. Bunda til orqa tomon surilgan sari ka-ka-ka bo‘g‘ini eshitiladi. K tovushi artikulatsiyasi aniq hosil bo‘lgandan so‘ng mexanik vositalar yordamisiz k tovushini talaffuz etish tavsiya qilinadi va u bo‘g‘in, so‘z, gaplar, she’rlarni ayttirish yordamida mustahkamlanib boriladi. Q tovushini hosil qilishda asosan taqlid qilish usulidan foydalanish tavsiya etiladi. Buning uchun bola qarg‘aning qag‘illashiga (qa-qa-qa), tomoqning qattiq qirishga taqlid qilishi lozim. Bu jarayonni logoped avval bolaga ko‘rsatib beradi, so‘ng bola logopedga taqlid qilib, uni qaytaradi. Bu usul orqali hosil qilingan q tovushi avval bo‘g‘inlarda, so‘ng so‘zlarda, gaplarda, she’rlarda mustahkamlanadi. Parakappatsizmda k, q tovushlari t va x tovushlariga almashtirilishi nazarda tutilib, yuqorida bayon etilganlardan tashqari k, q va t, k, q va x tovushlarini bir-biridan farqlash bo‘yicha og‘zaki va yozma mashqlar o‘tkaziladi. “ka” bo‘g‘ini so‘z boshida: kaft, kabob, kalish, kam, kal, kakku, kalit, kalla, kalta, kasal, kashnich, kamar, kamon, kanal, kanop, kashta, kalava, kaltak, kalxat, karnay. “ka” bo‘g‘ini so‘z o‘rtasida: yelkan, tikan, shakar, ulkan, lashkar, barkash, maktab, maktub, markaz, navkar, takror, taklif, haykal, chakana, pakana, iskanja, advokat, tavakkal, murakkab, mukammal, xokandoz, sarkarda, barkamol, hazilkash. “ka” bo‘g‘ini so‘z oxirida: doka, taka, beka, o‘lka, o‘pka, yelka, erka, yakka, serka, sirka, mukka, doska, chekka, hakka, cho‘kka, tikka, bonka, to‘nka, chakka, botinka, matematika Qofiyali sof nutq mashqi: Ka-ka-ka- hovlimizda hakka Rak-rak-rak- dukullab urar yurak Ak-ak-ak- doira shaklida elak Ka-ka-ka- tog‘ cho‘qqisi tikka Ka-ka-ka- kichkina ukam erka Ik-ik-ik- teshikkulcha o‘rtasi teshik Ik-ik-ik- dikillab, sakrab yuradi kiyik Ik-ik-ik- tut daraxtidan yasalgan beshik Ki-ki-ki- mana bu uzum buvaki Ik-ik-ik- radioda tingladim yangilik Ik-ik-ik- beg‘ubor yoshlik Ki-ki-ki- kechasi ov qilar ukki Xitizmni tuzatish. X tovushini hosil qilishda bolaga sa-sa-sa bo‘g‘inini aytish taklif etiladi, shu vaqtning o‘zida maxsus zond yordamida tilning uchi bosilib, orqaga biroz itariladi. Bunda avvalo sya, so‘ngra til biroz ichkariroq itarilganda, xa bo‘g‘ini eshitiladi. X tovushining artikulatsiyasi aniq hosil bo‘lgandan so‘ng mexanik vositalar yordamisiz x tovushini talaffuz etish tavsiya qilinadi va u bo‘g‘in, so‘z, gaplarda va she’rlarda mustahkamlanadi. Paraxitizmda x tovushi t va k tovushlariga almashtirilishi nazarda tutilib, yuqorida bayon etilganlardan tashqari x va t, x va k tovushlarini bir-biridan farqlash bo‘yicha og‘zaki va yozma mashqlar o‘tkaziladi. Gammatsizmni tuzatish. G tovushini hosil qilishda bolaga da-da-da bo‘g‘inini aytish laklif etiladi, shu vaqtning o‘zida maxsus zond yordamida tilning uchi bosilib, orqaga biroz itariladi. G tovushi artikulatsiyasi aniq hosil bo‘lgandan so‘ng mexanik vositalar yordamisiz g tovushini talaffuz etish tavsiya qilinadi va u bo‘g‘inlarda, so‘zlarda, gaplarda, she’rlarda mustahkamlanadi. G tovushini hosil qilishda avval taqlid qilish usulidan foydalanish tavsiya etiladi. Bunda bola “tomoq chayish”, “mashinaning g‘irillashi” (g‘-g‘-g‘) va g‘ozlarning “g‘ag‘illashiga” taqlid qiladi. Bu jarayon avval logoped tomonidan ko‘rsatilib beriladi, so‘ng bola logopedga taqlid qilib, uni qaytaradi. Agarda taqlid qilish usuli orqali g‘ tovushi hosil bo‘lmasa, unda g‘ tovushi quyidagi usul bilan hosil qilish tavsiya etiladi. Logoped boladan x tovushini aniq talaffuz etishni so‘raydi (x tovushi bola nutqida bo‘lsa) va x tovushini talaffuz qilish vaqtida ovoz qo‘shib talaffuz qilish buyuriladi, bunda x tovushi o‘rniga g‘ tovushi hosil bo‘ladi. Hosil bo‘lgan g‘ tovushi bo‘g‘inlarda, so‘zlarda, gaplarda va she’rlarda mustahkamlanadi. Paragammatsizmda g tovushi d va t tovushlariga, g‘ tovushi q tovushlariga almashtirilishini nazarda tutib, yuqorida bayon etilganlardan tashqari g va d, g va t, g‘ va q tovushlarini bir-biridan farqlash bo‘yicha og‘zaki va yozma mashqlar o‘tkaziladi. Meyyordagi G tovushini so‘zlarda mustahkamlash “ga” bo‘g‘inida so‘z boshida: gap, gal, gaz, ganch, gala, gasht, gavda, garov, gadoy, gajak, gazak, garaj, gavjum, gavhar, gazmol, gapdon, gardish, gazeta, gazanda, gazlama, garimdori. “ga” bo‘g‘ini so‘z o‘rtasida: jigar, ergash, yagana, ilgak, dangal, zargar, kamgap, kengash, langar, sergap, so‘ngak, tirgak, changal, bargak, mergan, o‘zgacha, ilgari, jodugar, kimyogar. “ga” bo‘g‘inida so‘z oxitida: nega, poyga, enaga, tanga, alanga Qofiyali sof nutq mashqi: Ga-ga-ga – temirdan yasalgan tanga Gan-gan-gan- paxta gulli lagan Gap-gap-gap- Ergash judayam sergap Gash-gash-gash- tufli kiyish uchun engash Gar-gar-gar- kemaning tormozi langar Gan-gan-gan- sportchi kamonni otar, bexato mergan Gor-gor-gor- yog‘ochga ishlov berar duradgor Goh-goh-goh- atlas to‘qiydigan dastgoh Gor-gor-gor- kuzda haydalar shudgor “G” tovushi ishtirokida tez aytish Gulnora gul saralab, gul sanadi. Gulnoza gulzordan gul uzdi. Gulandon gulni guldonga soldi. Guldonga gulni Gulandon soldi. Gaz gugurt bilan yoqiladimi ? Gugurt bilan gaz yoqiladimi? Osmon gumbazining tagida moviy gumbaz. Moviy gumbaz ostida osmon gumbaz. YOTATSIZM Nutqda y tovushi talaffuz etilmasligi, noto‘g‘ri talaffuz etilishi yotatsizm deyiladi. Uni boshqa tovushlar bilan almashtirib talaffuz etish parayotatsizmdir. Y tovushi kamchiligi l tovushi bilan almashtirilishi mumkin.. Masalan, ya-lya, suyak-sulyak, yamoq-lyamoq, yangi-lyangi yoki yomg‘ir-lyomg‘ir, quyon-qulyon, ye-l-yelka, yer-ler; y tovushi umuman talaffuz etilmasligi hollari ham uchrab turadi. Shuningdek Y tovushi o‘rniga I tovushi talaffuz etiladigan hollari ham bo‘lishi mumkin. Masalan, loy-lo, boy-boi, boy-bol, loy-loi. Y tovushi to‘g‘ri talaffuz etilganida tilning oldingi qismi odatda pastki tishlarga tegib turadi, tilning o‘rta qismi qattiq egilgan bo‘lib, tanglay bilan havo uchun tor yo‘lak(oraliq) hosil qiladi. Y tovushi talaffuz etilayotgan paytda ovoz boylamlari jipslashib, tebranib turadi. Yumshoq tanglay havoni og‘iz bo‘shlig‘idan o‘tishga yo‘l ochib, ko‘tariladi.Havo oqimi til va tanglay o‘rtasidagi yo‘lakchadan o‘tib, y tovushini hosil qiladi. Y tovushini turli xil metodlar yordamida to‘g‘ri talaffuz etishga o‘rgatish mumkin. Tovush talaffuzini eshitib turib, keyin shunga taqlid qilish yo‘li bilan o‘rganish. Bunda bolaga oyna orkali tovushning to‘g‘ri artikulatsiyasi tushuntiriladi. Nutq kamchiliklari, ayrim tovushlar talaffuzidagi yetishmovchiliklar yuqorida keltirib o‘tilganlarning o‘zi bilan tugamaydi. Boshqa tovushlar, bo‘g‘inlar, hattoki so‘zlar talaffuzidagi odat bo‘lib qolgan boshqa kamchiliklar ham uchrab turadi.Biz shularning, nazarimizda muhim bo‘lib ko‘ringan xillari ustidagina qisqacha to‘xtalib o‘tdik. Asosiy vazifa nutq kamchiliklarini vaqtida payqab olib, shunday kamchiliklarni bog‘cha yoki quyi sinflar sharoitlarida bartaraf etish choralarini ko‘rish, ota-ona, tarbiyachilar va boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari o‘z imkoniyatlari bilan ularni bartaraf etolmaydigan hollarda esa logopad bolalarni tegishli muassasalarga – psixonevrolog va logopedlarga vaqtida yuborib, davolatishdir. Download 223.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling