Mavzu: Tilshunoslik metodlari


Download 15.48 Kb.
bet4/6
Sana07.04.2023
Hajmi15.48 Kb.
#1337262
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mavzu Tilshunoslik metodlari-fayllar.org

QIYOSIY-TARIXIY METOD
XIX asrning 1-choragida yuzaga kelgan mazkur metod lingvistik metodlar ichida eng faoli hisoblanib, unda o‘zaro qarindoshlik munosabatidagi tillarning birliklari (tovush, qo‘shimcha va so‘zlar) tarixiy jihatdan qiyoslanadi, ular orasidagi o‘xshashliklar aniqlanib, ularning dastlabki tarixiy shakllarini tiklashga harakat qilinadi. Bu vazifalar quyidagi usullar vositasida amalga oshiriladi:
qiyoslash uchun material to‘plash;
qiyoslanadigan birliklarni belgilash;
birliklar tarkibidagi o‘zgarishlar xronologiyasini aniqlash;
so‘z va morfemalarning qadimgi shakli va ma’nolarini tiklash.
tillarni qiyosiy o‘rganish va ularning bir-biriga qarindosh va qarindosh emasligini aniqlash;
qarindosh deb tanilgan tillarni bir-biri bilan qiyoslab, ularning bobo tilini tiklash.
CHOG‘ISHTIRISH VA TIPOLOGIK METOD
Ikki yoki undan ortiq qarindosh yoki qarindosh bo‘lmagan tillarni qiyoslash chog‘ishtirish yoki qiyosiy-chog‘ishtirish metodi deb nomlanadi. Ushbu metodda lingvistik hodisalarning tillararo o‘xshashliklari, umumiy va farqli jihatlari tavsiflanadi, biroq bunda ularning tarixiga, kelib chiqishi, ya’ni genetik jihatlariga, taraqqiyotiga asoslanilmaydi.
Chog‘ishtirish metodi ayniqsa chet tillarini o‘rganishda keng qo‘llaniladi va nafaqat nazariy, balki amaliy maqsadlar uchun ham xizmat qiladi. XVII-XVIII asrlardayoq yuzaga kelgan 2 tilli lug‘atlar, tillar uchun umumiy grammatikalar, bir tildan 2-tilga tarjima qilish texnikasi va nazariyasining yaratilishi ushbu metod asosida olib borilgan tadqiqotlar natijalaridir. Bu metod bir tilda oddiy tasvirlash metodidan foydalanilganda yuzaga chiqmagan xususiyatlarni ochib berishga yordam beradi.
Bu esa tillarning tarkibini chuqurroq o‘rganish va bilishga imkoniyat yaratadi. Ikkinchi tomondan, chog‘ishtirish metodi lug‘atlar, qo‘llanmalar yaratish kabi sof amaliy maqsadlarga xizmat qiladi. Ushbu metodni qo‘llash usullari quyidagilardir:
so‘z va qo‘shimchalarni farqlash, qo‘shimchalarning birikishini tavsiflash;
shevalar va tillar orasidagi tovush almashinuvi va mos kelishlikni aniqlash;
adabiy til me’yorlarini ishlab chiqish va ularga o‘rgatish metodikasini shakllantirish;
bir tilda ifodalangan ma’no yoki vazifa boshqa tilda qanday usul va vosita bilan berilishini aniqlash;
bir tilli (izohli) va ko‘p tilli tarjima lug‘atlari tuzish.

Download 15.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling