Mavzu: Tilshunoslik metodlari


STRUKTURAL TAHLIL METODLARI


Download 15.48 Kb.
bet5/6
Sana07.04.2023
Hajmi15.48 Kb.
#1337262
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mavzu Tilshunoslik metodlari-fayllar.org

STRUKTURAL TAHLIL METODLARI
Strukturalizm (ingl. structural so‘zidan olingan) bo‘lib, tilni o‘zaro bog‘langan va nisbatlangan til birliklaridan iborat butun bir tahlil metodi hisoblanadi. Ushbu metod til va nutq birliklari, ushbu birliklarning o‘xshash va noo‘xshash jihatlari, joylashish tartibi va boshqa nisbiy aloqalarni aniqlash bilan shug‘ullanadi.
Struktual tilshunoslik uchun tilning ichki qurilishi, til tarkibini tashkil etuvchi tarkibiy qismlar orasidagi munosabatlar, oppozitsiyalar, ya’ni tilning struktural tomonlari tilning asosiy aspekti hisoblanadi. XX asrning 30-yillarida Amerika tilshunosligida yuzaga kelgan struktural yo‘nalish juda ko‘p yangi metodlarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Distributiv tahlil, bevosita ishtirokchilarga ajratish va transformatsion tahlil metodlari hozirgi kunda butun jahon tilshunosligida ham keng qo‘llanib kelayotgan metodlar hisoblanadi.
TRANSFORMATSION TAHLIL METODI
Transformatsion tahlil metodida sintaktik qurilmalar - konstruksiyalarning muayyan qoidalar asosida boshqa shaklga, ko‘rinishga ega bo‘lishi – ya’ni transformatsiyalanishi tushuniladi. Transformatsiya – qayta tuzish, o‘zgartirish ma’nosini bildirib, “transformatsion tahlil” va “transformatsion metod” tushunchalarini sinonim sifatida ishlatish mumkin.
Ushbu metod yordamida transformatsiyaga uchragan har bir sintaktik qurilmaning tarkibi, bunda namoyon bo‘lgan o‘ziga xos semantik jihatlari ham chuqur o‘rganiladi. Demak, transformatsion tahlil metodi til sistemasining ichki mikrosistemalarni – yadro gaplar va ulardan hosil bo‘lgan transformalarni, to‘g‘rirog‘i, yadro gaplardan transformalarning hosil bo‘lish jarayonini o‘rganadi.
Transformatsion tahlil metodining asosiy vazifasi muayyan tilda mavjud bo‘lgan yadro gaplarni aniqlash, uning sintaktik mohiyati va maqsadga ko‘ra turlicha namoyon bo‘lish imkoniyatlarini ochishdir. Bu metod lingvistik eksperimentlarning bir turi bo‘lib, hozirgi zamon tilshunosligida, xususan, sintaktik va stilistik izlanishlarda qo‘llanilayotgan muhim metodlardan biri hisoblanadi va hozirgi kunda mashina tarjimasi, injener va matematik lingvistikasi sohalarida keng qo‘llanadi.

Download 15.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling