Mavzu: Tilshunoslikning tadqiqot metodlari


Download 4.4 Kb.
Sana23.01.2023
Hajmi4.4 Kb.
#1112857
Bog'liq
Reja Tilni o‘rganish metodlari va metodologiyasi-fayllar.org


Reja: Tilni o‘rganish metodlari va metodologiyasi

Mavzu: Tilshunoslikning tadqiqot metodlari


Reja:

1. Tilni o‘rganish metodlari va metodologiyasi


2. Tavsifiy metod
3. Qiyosiy-tarixiy metod
4. Chog‘ishtirish va tipologik metod
5. Struktur metod va uning yo‘nalishlari
TILNI O‘RGANISH METODLARI VA METODOLOGIYASI
Metod grekcha methodos so‘zidan olingan bo‘lib, “tadqiqot”, “o‘rganish” degan ma’noni anglatadi. U ob’ektiv borliqdagi predmet, hodisalarni, ya’ni tadqiqot manbaini ilmiy tahlil qilish, o‘rganish orqali uning mohiyatini, tabiati, tarkibiy qismlarini, muayyan o‘ziga xos xususiyatlarini topish, ochish, ular haqida ilmiy xulosalar, umumlashmalar chiqarish usuli bo‘lib, muayyan fanga xizmat qiladi va uning taraqqiyotini ta’minlaydi.
Metod – bu bilish usuli bo‘lsa, metodika – bilish usulida qo‘llanadigan yo‘l-yo‘riqdir. Ya’ni: tadqiqot ob’ektini tekshirish usuli, individual ish olib borish metodlari, faktlarni yig‘ish, tahlil qilishni umumlashtirish jarayonidir. Shundan kelib chiqib, tilshunoslikda ona tili metodikasi, chet tili metodikasi, til sathlari, til va nutq, til va tafakkur masalalariga, kommunikativ tilshunoslik yoki tilga kompetensiyaviy yondashuv metodlarini qo‘llashga o‘rgatuvchi metodikalar mavjud.
TAVSIFIY METOD
Bu metod jahon tilshunosligining eng qadimiy va dastlabki yetakchi metodi
hisoblanib, qadimgi arab, yunon, hind, xitoy, rim tillariga oid yaratilgan asarlar – grammatikalar mazkur metod asosida yaratilgan. Tavsifiy metod sinxron analiz metodi bo‘lib, ob’ektni (matnni) turgan holatida berilgan ma’lumotlar asosida o‘rganadi.
QIYOSIY-TARIXIY METOD
XIX asrning 1-choragida yuzaga kelgan mazkur metod lingvistik metodlar ichida eng faoli hisoblanib, unda o‘zaro qarindoshlik munosabatidagi tillarning birliklari (tovush, qo‘shimcha va so‘zlar) tarixiy jihatdan qiyoslanadi, ular orasidagi o‘xshashliklar aniqlanib, ularning dastlabki tarixiy shakllarini tiklashga harakat qilinadiUshbu metod XIX asrning boshlarida paydo bo‘lgan deyilishiga qaramay, bu yo‘nalish bilan olimlar oldinroq shug‘ullanishga kirishganlar. Unda qiyoslash
uchun dalillar faqat qarindosh tillardan - genetik tenglikka ega bo‘lgan tillargina olinadi
CHOG‘ISHTIRISH VA TIPOLOGIK METOD
Ikki yoki undan ortiq qarindosh yoki qarindosh bo‘lmagan tillarni qiyoslash
chog‘ishtirish yoki qiyosiy-chog‘ishtirish metodi deb nomlanadi. Ushbu
metodda lingvistik hodisalarning tillararo o‘xshashliklari, umumiy va farqli jihatlari tavsiflanadi, biroq bunda ularning tarixiga, kelib chiqishi, ya’ni genetik jihatlariga, taraqqiyotiga asoslanilmaydi. Chog‘ishtirish metodi ayniqsa chet
tillarini o‘rganishda keng qo‘llaniladi va nafaqat nazariy, balki amaliy maqsadlar uchun ham xizmat qiladi.
STRUKTURAL TAHLIL METODLARI
XX asrning 30- yillarida Amerika tilshunosligida yuzaga kelgan struktural yo‘nalish juda ko‘p yangi metodlarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Distributiv tahlil, bevosita ishtirokchilarga ajratish va transformatsion tahlil metodlari hozirgi kunda butun jahon tilshunosligida ham keng qo‘llanib kelayotgan metodlar hisoblanadi.
BEVOSITA ISHTIROKChILAR METODI
Ushbu metodda nutq birliklari (so‘z birikmasi va gaplar) tuzilishi, qanday qismlardan tashkil topishi, ular orasidagi munosabat, aloqalarni o‘rganadi. Bevosita ishtirokchilar – BI metodiga muvofiq avval gapdagi tayanch nuqta –
konstruksiya, so‘ngra mazkur konstruksiya tarkibidan ishtirokchilar va bevosita ishtirokchilar ajratiladi.
TRANSFORMATSION TAHLIL METODI
Transformatsion tahlil metodida sintaktik qurilmalar - konstruksiyalarning

muayyan qoidalar asosida boshqa shaklga, ko‘rinishga ega bo‘lishi – ya’ni



transformatsiyalanishi tushuniladi. Transformatsiya – qayta tuzish, o‘zgartirish ma’nosini bildirib, “transformatsion tahlil” va “transformatsion metod” tushunchalarini sinonim sifatida ishlatish mumkin.
http://fayllar.org
Download 4.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling