- Shakl va mazmunni tadqiq etish jarayonida shakl va mazmun birliklari о‘rtasidagi mutanosiblik (simmetriya) va nomutanosiblik (asimmetriya), tagbilim va tagma’no, mazmuniy sinkritizm, sintaktik omonimiya va sinonomiya, kommunikativ bо‘linish va ular о‘rtasidagi munosabatlar atroflicha yoritib berildi.
Shakl-vazifaviy tomonni tadqiq etish - Shakl-vazifaviy tomonni tadqiq etish natijasida gaplarning minimal va maksimal qoliplarini belgilash imkoni tug‘ildi. Maksimal qoliplarni tashkil etgan minimal birliklar о‘rtasidagi munosabat va minimal birliklarning kesimlik shakli asosida qо‘shma gaplarning yangicha tasnifi vujudga keldi. Kesimning atov (leksik) va grammatik (kesimlik shakllari) qismlarga ajratilishi va bu qismlarning valentligi asosida minimal qoliplarning kengayishini о‘rganish gapni tashkil etgan sintaktik uzvlarni bir necha darajalarga ajratish imkonini berdi. Natijada sintaktik bо‘laklarni rus tilshunosligi andazalari asosida faqat bosh va ikkinchi darajali bо‘laklarga ajratish an’anasidan tashqariga chiqish imkoniyati yaratildi.
- Mustaqillik davridan boshlab о‘zbek tilining qо‘llanish doirasi g‘oyat kengaydi. Ijtimoiy munosabatlarda davlat tili imkoniyatlarining oshib borayotganligini ochib beruvchi N. Mahmudovning “Til va jamiyat”, “Til”, “Sо‘zimiz va о‘zimiz”, “Ma’rifat manzillarida” kabi qator kitoblarining nashr etilishi о‘zbek sotsiolingvistikasini yangi pog‘onaga kо‘tardi.
Lingvistik jurnalistika - Tilshunoslik yutuqlarini keng ommaga singdirish, jamoatchilik о‘rtasida nutqiy savodxonlik kо‘nikmasini shakllantirish, kishilarimizni tilshunoslikning sirli olami bilan tanishtirishda tilshunoslikka doir ilmiy- ommabop kitoblarning xizmati kattadir. Bunday risolalar о‘zbek tilshunosligida faqat mustaqillik davriga kelib paydo bо‘ldi. Demak mustaqillik sharofati bilan lingvistik jurnalistika deb nomlanuvchi alohida yо‘nalish vujudga keldi va bu yо‘nalishga professor N. Mahmudov asos soldi. Shuningdek, A. Rustamovning “Salomlashish san’ati” singari risolalari bu yо‘nalishni yanada boyitdi.
O‘zbek tilini ham rasmiy ish yuritish uslubi - Sobiq shо‘rolar davrida davlat tili rus tili bо‘lganligi uchun barcha respublikalarning rasmiy ish qog‘ozlari rus tilida yuritilar, shuning uchun boshqa tillarning, jumladan, о‘zbek tilini ham rasmiy ish yuritish uslubi rivojlanmadi. Shu bois istiqlol qо‘lga kiritilishi bilan mazkur uslubning shakllanishi va rivojlanishiga alohida e’tibor qaratildi. N. Mahmudov, N. Mahkamov, A. Madvaliyevlar tomonidan “О‘zbek tilida ish yuritish” kitobining nashr etilishi bu masalaning ijobiy hal etilishida katta ahamiyatga ega bо‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |