Mavzu. Tipik qism va detallarni ta’mirlash va montaj qilish


Download 0.54 Mb.
Sana06.05.2020
Hajmi0.54 Mb.
#103649
Bog'liq
5-Maruza

MAVZU. TIPIK QISM VA DETALLARNI TA’MIRLASH VA MONTAJ QILISH.

  • REJA
  • Tosh quymalar.
  • Kо‘mir-grafitli materiallar.
  • Donali materiallarda qurilmalarni qoplamalash.
  • Antikorrozion sement qoplamalar.
  • Monolit beton qoplamalari,
  • Emallash.

Tabiiy kislota bardoshlardan (andezit, beshtaunit, granit) lar – tog‘ jinslaridir. Bu materiallarni о‘ta agressiv muxitlarda (azot, sulfat va xlorid kislotalari, yod, brom, va h.) ishlaydigan kimyoviy uskunalarni tayyorlashda yoki qoplamalashda qо‘llaniladi.

  • Tabiiy kislota bardoshlardan (andezit, beshtaunit, granit) lar – tog‘ jinslaridir. Bu materiallarni о‘ta agressiv muxitlarda (azot, sulfat va xlorid kislotalari, yod, brom, va h.) ishlaydigan kimyoviy uskunalarni tayyorlashda yoki qoplamalashda qо‘llaniladi.
  • Andezit va beshtaunit 800С gacha temperaturada foydalaniladi, granit – 250С gacha. Tabiiy kislotabardoshlar sanoatda katta (1000x600x300mm) va kichik (300x300x150mm) kattalikda parallelepipedlar kо‘rinishida keltiriladi, shuningdek, buyurtmachi buyurtmalariga kо‘ra tayyorlanadi. Maydalangan tabiiy kislotabardoshlar, betonlar, sementlar va surtma pastalar tayyorlash uchun qо‘llaniladi. Anderet surtma pastalar, masalan, qovushqoq modda sifatida ishlatilayotgani – maydalanilgan elakdan о‘tkazilgan andesitdan, kremniy ftor vodorodli natriy va suyuq shishadan iborat.

Keramik kislotabardoshlar (kislotabardosh g‘isht va chinni) barcha mineral va organik kislotalarda yuqori chidamliligi bilan xarakterlanadi (kremniy ftor vodorodlidan tashqari) va kimyoviy faol moddalarni saqlash uchun sig‘imlar va kimyoviy uskunalarni qoplamalash uchun qо‘llaniladi. Bundan tashqari, chinni anchagina yuqori temperaturalarda (160o gacha) yaxshi qarshilikka ega.

  • Keramik kislotabardoshlar (kislotabardosh g‘isht va chinni) barcha mineral va organik kislotalarda yuqori chidamliligi bilan xarakterlanadi (kremniy ftor vodorodlidan tashqari) va kimyoviy faol moddalarni saqlash uchun sig‘imlar va kimyoviy uskunalarni qoplamalash uchun qо‘llaniladi. Bundan tashqari, chinni anchagina yuqori temperaturalarda (160o gacha) yaxshi qarshilikka ega.
  • Kislotalardan tuproq, shamot, qum va dala shpati qidirib birikkuncha kuydirilgan kislotabardoshlarni tо‘g‘ri yoki panalangan g‘isht plita yoki shakldor buyum shuningdek, truba va ularga qilingan shakldor qism kо‘rinishida keltiriladi. Silikat surtma moylar deb ataluvchi kislotalar bardosh keramikadan ishlangan plitalarni qoplamalash qovushqoq materiallar kislotabardosh sement va suyuq shisha asosida tarkib topadi. Ularni tayyorlash texnologiyasi va qurilmalar va plitalar yuzalariga surtilish texnologiyasiga qat’iy rioya qilish kerak. Shuningdek, ish bajarilayotgandagi temperaturaga ham (odatda 15-25oС atrofida) rioya qilinadi.

Tosh quymalar.

  • Mineral kislotalar muhitida ishlab kо‘pgina avtoklavlar, reaktorlar, tindirgichlar va ba’zi boshqa kimyoviy qurilmalarni bazalt va eritilgan diabazdan qilingan plitalar bilan qoplanadi. Plitalar, ushbu jinslarni shaxta о‘txonalarida eritib, qoliplarga quyib, sо‘ngra kuydirish yо‘li bilan olinadi. Tosh quyma bilan olingan plitalarning ajralib turadigan xususiyatlari - qattiqligi, issiqlikka chidamliligi va temperaturalar о‘zgarishiga sezgirligi kichik.
  • Tosh quymalarni qoplamalash uchun diabez kukuni, kremniy ftorvodorod natriy va suyuq shishadan tarkib topgan aralashma surtma moy xizmat qiladi. Qurilmalar yuzasiga surkalgan bunday surtma moylar, о‘z-о‘zidan turg‘un kislotabardosh qatlam hosil qiladi, ammo sifati bо‘yicha plitalar qoplamasidan keyingi о‘rinda turadi.

Arzamit surtma moylari, silikat surtma moylariga qaraganda turli agressiv muhitlarga nisbatan kichik g‘ovaklikka va katta mustahkamlikka ega, katalizatorlar ishtirokida sovuqda yaxshi qotadi. Bu surtma moy о‘zining universalligi bilan ajralib turganligidan, quyida uning tо‘liq xarakteristikasi berilgan.

  • Arzamit surtma moylari, silikat surtma moylariga qaraganda turli agressiv muhitlarga nisbatan kichik g‘ovaklikka va katta mustahkamlikka ega, katalizatorlar ishtirokida sovuqda yaxshi qotadi. Bu surtma moy о‘zining universalligi bilan ajralib turganligidan, quyida uning tо‘liq xarakteristikasi berilgan.
  • Arzamit surtma moyini fenol-formaldegid smolasi asosida olingan erituvchini kvars kukuni, bariy sulfati, kremnezem (tо‘ldiruvchi) va n-boluosulfoxlorid (qotishni tezlashtiruvchi) kukuni bilan aralashtirib olinadi. Oxirgi vaqtda arzomitni qurilmalarni qoplamalashda va qoplamadagi choklarni yamashda, shuningdek, himoyalovchi pardoz yuzalari sifatida kо‘pgina plastik massalarni yopishtirishda foydalaniladi.

Arzamit yuqori korrozion mustahkamlikka ega; bundan tashqari, u mexanik mustahkam va 0,3-0,5 MPa gacha bosimda suyuqliklar uchun suv о‘tkazmaslik xususiyatiga ega. Arzamitning ba’zi bir markalari (masalan, arzamit-4 va arzamit-5) issiqlik о‘tkazuvchanligi bilan xarakterlanadi va issiqlik о‘tkazadi. Bu esa devor orqali issiqlik almashinish amalga oshiradigan (reaktor) va g‘ilofli aralashtirgich yoki tashqi zmeyevikli va h.) qurilmalar uchun juda muhimdir.

  • Arzamit yuqori korrozion mustahkamlikka ega; bundan tashqari, u mexanik mustahkam va 0,3-0,5 MPa gacha bosimda suyuqliklar uchun suv о‘tkazmaslik xususiyatiga ega. Arzamitning ba’zi bir markalari (masalan, arzamit-4 va arzamit-5) issiqlik о‘tkazuvchanligi bilan xarakterlanadi va issiqlik о‘tkazadi. Bu esa devor orqali issiqlik almashinish amalga oshiradigan (reaktor) va g‘ilofli aralashtirgich yoki tashqi zmeyevikli va h.) qurilmalar uchun juda muhimdir.
  • Arzamit tez qotadi, shuning uchun uni bevosita ishlatilishidan oldin, tayyorlangan massaning hamma miqdori 30 min ichida sarflanadigan qilib tayyorlanadi.

Kо‘mir-grafitli materiallar.

  • Qoplamalangan yuza, qurilma devori orqali issiqlik о‘tkazishni yomonlashtirmasligi zarur bо‘lgan hollarda, korrozion chidamli material sifatida fenol-formaldegid smolasi chо‘kdirilgan grafit va kо‘mir ishlatiladi. Kо‘pgina 180x120x15 va 180x120x10mm о‘lchamdagi ATM-1 qoplamalash plitalari qо‘llaniladi. 180 oС gacha temperaturalarda chidamli bо‘lgan arzolit-4, arzolit-5 markali arzolit surtma moylar asosidagi kо‘mir-grafitli materiallar bilan issiqlik almashinish qurilmalari, sig‘imli idishlar, aralashtirgichlar, reaktorlar issiqlik qoplama bilan о‘raladi.

Donali materiallarda qurilmalarni qoplamalash.

  • Donali materiallar bilan qurilmalarni qoplamalash texnologiyasi turlicha va murakkab, ular qoplama qilinayotgan materiallar va ularga surtiladigan moylarning о‘ziga xos xususiyatlariga mos ravishda ishning ishlab chiqarish rejimiga qat’iy rioya qilishni talab qiladi. Shuningdek, ekspluatasiya qilish sharoitlariga ham qat’iy rioya qilishni talab qiladi. Qoplamalash ishlari odatda maxsus tashkilotlar yoki uchastkalarda amalga oshiriladi. Sex mexanigi uskunalari qoplamaga tо‘g‘ri tayyorlashi, о‘tkaziladigan operasiyalar sifati va ketma-ketligini tekshirishi va uskunalarning lozim bо‘lgan ekspluatasiyasini ta’minlashi zarur.
  • 1-rasm. Uch qatlamli qoplama sxemasi.
  • 1-qurilma qobig‘i; 2-elastik korroziyaga chidamli material; 3-donador material birinchi qatlami. 4-donador material ikkinchi qatlami.

Antikorrozion sement qoplamalar.

  • Korrozion aktiv neftni qayta ishlovchi zavodlarda, ba’zi bir qurilmalarni korroziyadan saqlash uchun sement qoplamalar ishlatiladi va ular yuqori issiqlik-bardoshliligi bilan (500 s gacha) xarakterlanadi. Bunday qoplamalarni qurilmaga butun yuzasi bо‘yicha yoki faqat alohida uchatskalariga surkaladi. Shuning bilan birgalikda ular, tarkibida erkin oltingugurt bо‘lgan sulfat kislotasi va neft mahsulotlariga chidamli emas.
  • Quyidagi ikki tarkibli sement qoplamalar qо‘llanib kelinmokda: 1-400 va 500 markali glinozem sementi, yupqa maydalangan qо‘shimcha (diabaz upasi, kvars qumi, bazalt kukuni) va о‘rtacha yiriklikdagi daryo qumi; 2-400 markali pussolan portlandsementi.
  • Qoplanayotgan yuzani avvaldan qumpurkagich qurilma yordamida yaltiraguncha tozalanadi. Bunda hosil bо‘lgan yuzaning g‘adir-budirligi u bilan himoyalovchi qoplamaning yaxshi ishlashishiga yordam beradi. Qoplanayotgan yuzani, shuningdek, metall shchyotka yordamida tozalash mumkin, yoki suyultirilgan sulfat yoki xlorid kislotalarda ingibitorlar ishtirokida ishlov berilib, keyin 5% li soda eritmasida obdon yuvib va quritilishi mumkin.

Sement qoplama mustahkam bо‘lishi uchun qurilma metali bilan yaxshi yopishishi uchun armatura-yacheykalari kattaligi 100x100 gacha bо‘lgan diametri 3mm li pо‘lat simdan tayyorlangan metal setka о‘rnatiladi. Setkani izolyasiyalanayotgan yuzaga yoziladi va oxiridan 15-20mm masofada ilgakchalar yordamida mahkamlanadi, ilgakchalarni yuzaga shaxmat tartibida 350mm gacha qadamda payvandlanadi. Yuqorigi tezlikning ichki yuzasi, shuningdek, bir yuzadan ikkinchi yuzaga о‘tadigan joylarda ilgaklar bir-biriga yaqin о‘rnatiladi. 2-rasmda qurilmalarning turli uchastkalaridagi sement qoplamalar konstruksiyalari keltirilgan. Joydagi qoplamalarni qurilmaga burchak shaklli polka kо‘rinishida payvandlash bilan chegaralanadi.

  • Sement qoplama mustahkam bо‘lishi uchun qurilma metali bilan yaxshi yopishishi uchun armatura-yacheykalari kattaligi 100x100 gacha bо‘lgan diametri 3mm li pо‘lat simdan tayyorlangan metal setka о‘rnatiladi. Setkani izolyasiyalanayotgan yuzaga yoziladi va oxiridan 15-20mm masofada ilgakchalar yordamida mahkamlanadi, ilgakchalarni yuzaga shaxmat tartibida 350mm gacha qadamda payvandlanadi. Yuqorigi tezlikning ichki yuzasi, shuningdek, bir yuzadan ikkinchi yuzaga о‘tadigan joylarda ilgaklar bir-biriga yaqin о‘rnatiladi. 2-rasmda qurilmalarning turli uchastkalaridagi sement qoplamalar konstruksiyalari keltirilgan. Joydagi qoplamalarni qurilmaga burchak shaklli polka kо‘rinishida payvandlash bilan chegaralanadi.
  • 2-rasm. Qurilma ichki yuzasi sementli qoplamasining sxemasi.
  • a-silindrning yuqorigi taglik bilan tutashuvi; b-silindrik devor; v-yassi taglik bilan tutashuv; 1-qurilma korpusi; 2-tokcha; 3-armaturalangan setka; 4-mahkamlovchi ilgakchalar; 5-sement qoplama; 6-mahkamlovchi burchak; 7-taglik; 8-tayanch burchagi.

Monolit beton qoplamalari

  • Uglerodli pо‘latdan tayyorlangan ba’zi bir qurilmalar (masalan, reaktor va regeneratorlar kо‘pgina katalitik jarayonlari uchun), yuqori temperaturalar va kuchli eroziya sharoitida ishlaydi, eroziyalarni bug‘ tо‘plamlari va suyuqlik tо‘plamlari yuzaga keltirib, ularning tarkibida qattiq qо‘shimchalar bor (katalizator, nasos va h.). Bu sharoitlarda issiqlikkabardoshli g‘ishtdan yasalgan qoplamaning о‘rniga issiqlikka chidamli torkret-betondan monolit qoplama о‘zini yaxshi kо‘rsatdi. Qoplama sifatida qо‘llaniladigan betonlar issiqlikkabardoshliligi bilan shamot g‘ishtlarga yaqindir. Ular errozion yemirilishga bardosh, issiqlik о‘tkazuvchanligi va mexanik mustahkamligi kichikligi bilan xarakterlanadi.
  • 3-rasm. Torkret-betonli monolit qoplama.
  • 1-qurilma qobig‘i; 2-qoplamaning asosiy qatlami; 3- qoplamaning ekranlashgan
  • qatlami; 4-armaturalangan setka; 5-halqali tо‘siqlar; 6-gaykali shpilkalar.
  • Neftni qayta ishlovchi qurilmalar uchun ikki qatlamli qoplama ishlatiladi, (3-rasm); 175mm qalinlikdagi asosiy qatlam va 25mm li ekranlashgan qatlam. Konstruktiv jihatdan ular monolit, olovbardosh beton qoplamalardan pо‘lat tunukadan yasalgan halqali tokchalarning borligi, shuningdek, diametri 12mm bо‘lgan shpilkalarning mavjudligidir. Bu shpilkalarga betonning asosiy qatlamini qoplagandan sо‘ng, shaybalarga ekranlashgan setka payvandlanadi. Uning yacheyka о‘lchamlari armaturalangan setka (300mm ) nikidan bir muncha katta. Ekran qatlami konsir setka bilan bir tekisda qilib surkaladi.

Plastik massalar bilan qoplash.

  • Kо‘pgina kimyoviy, turg‘un plastik massalar, fenolformaldegid, vinil va asfaltopek smolalarni qayta ishlash mahsulotlari hisoblanadi. Isitish jarayonidagi holati bо‘yicha ular termoplastik va termoaktiv turlarga bо‘linadi. Termoplastik turdagilar sezilarli kimyoviy о‘zgarishlarni kо‘tara olmaydi, yumshab qoladi va sovigandan sо‘ng yana avvalgi fizik-mexanik xossalariga ega bо‘ladi. Termoaktiv turlari esa, issiqlik ta’siri natijasida kimyoviy о‘zgarishlarga duch keladi, bu esa ularning fizik-mexanik xossalarini о‘zgarishi qayta tiklanmasligiga olib keladi.
  • Kimyoviy qurilmalar tayyorlashda termoplastik plastmassalardan- vinilplast, ftoroplast, polietilen, shuningdek, polistirol va poliizobutilenlar keng qо‘llaniladi, termoaktivlardan – faolit, tekstolit va asbovinil ishlatiladi.

Viniplast

  • Pо‘latdan yasalgan qurilmalar uchun korrozion faol qoplama sifatida qо‘llaniladi. Kо‘p hollarda uni mustaqil ravishda, past bosim ostida, -10 dan +60°S gacha temperaturalarda ishlaydigan kichik qurilmalarni tayyorlash uchun konstruksion material sifatida qо‘llaniladi.
  • Vinilplastning qalinligi 2 dan 20mm gacha list kо‘rinishida, 0,3 mm plyonka kо‘rinishida, truba, sterjen va chiviqlar va boshqalar kо‘rinishlarida ishlab chiqariladi. Undan yasalgan mahsulotlarni payvandlab yoki yelimlab tayyorlanadi. Payvandlash uchun payvand pistoletlaridan foydalanib, uning yordamida biriktirilayotgan detallar va viniplastning qо‘shilma chivig‘i payvand chokida issiq havo oqimida 200-300єS gacha qizdiriladi. Qurilmalarni qoplamalash texnologiyasi viniplast materiali qalinligiga bog‘liq.

Metallga 0,3mm gacha qalinlikdagi yupqa qatlamni qoplashdan avval material yuzasi qum-havo oqimida ishlov beriladi, «kalish» benzini bilan yog‘sizlantiriladi, uch qatlam perxlorvinil yelimi surtilib (har bir qavat albatta quritiladi) yopishtirilayotgan yuzani 140-150єS gacha qizdiriladi. Viniplast yupqa qatlami yelimlanadi va uni qurilma yuzasiga havo pufakchalari qolmasligi uchun siqiladi. Vinilplastning qalin listlaridan foydalanilganda, avval qurilma shakliga qarab vkladish tayyorlanadi. Qurilma qobig‘i va vkladish orasidagi tirqishni kislotabardosh sement yoki portland - sement eritmasi bilan tо‘ldiriladi.

  • Metallga 0,3mm gacha qalinlikdagi yupqa qatlamni qoplashdan avval material yuzasi qum-havo oqimida ishlov beriladi, «kalish» benzini bilan yog‘sizlantiriladi, uch qatlam perxlorvinil yelimi surtilib (har bir qavat albatta quritiladi) yopishtirilayotgan yuzani 140-150єS gacha qizdiriladi. Viniplast yupqa qatlami yelimlanadi va uni qurilma yuzasiga havo pufakchalari qolmasligi uchun siqiladi. Vinilplastning qalin listlaridan foydalanilganda, avval qurilma shakliga qarab vkladish tayyorlanadi. Qurilma qobig‘i va vkladish orasidagi tirqishni kislotabardosh sement yoki portland - sement eritmasi bilan tо‘ldiriladi.

Ftoroplastlar

  • О‘ta yuqori kimyoviy turg‘unligi bilan xarakterlanadi. Sanoatda ftoroplast-3 va ftoroplast-4 (teflon) qо‘llaniladi. Ftoroplast-4 250S gacha temperaturada qо‘llaniladi. Undan flanesli birikmalar uchun qistirmalar va salnikli zichlama uchun tiqinlar tayyorlanadi. Ftoroplast uzoq muddatga chidamliligi bilan ajralib turadi.

Faolit.

  • Kimyo sanoatida faolitning A va T markalari iо‘latiladi. U agressiv muhitda 120C gacha qizdirilganda yetarli darajada turg‘un.
  • A faolit asbest tо‘ldiruvchidan tarkib topgan; unga mexanik ishlov berish juda oson. Undan absorbsion va rektifikasion kolonnalar va ba’zi agressiv muhit bilan tо‘ldirilgan boshqa kimyoviy qurilmalar tayyorlanadi.
  • Tо‘ldiruvchi sifatida maydalangan grafitdan va xrizotil asbestdan tarkib topgan va kо‘proq issiqlik о‘tkazuvchanlikka ega bо‘lgan faolit T ni issiqlik almashinish qurilmalari tayyorlash uchun, xususan yuvilib turuvchi sovutkichlar tayyorlashda qо‘llaniladi.

Faolitni 8-20 mm qalinlikdagi xom listlar, presslangan massa va surtma moy kо‘rinishida ishlab chiqariladi. Odatda faolit bilan kichik о‘lchamlardagi qobiqlar va detallar qoplama qilinadi. Yirik о‘lchamli detallarni qoplamalashning qiyinligi faolitning va metallarning chiziqli kengayish koeffisiyentlar orasidagi katta farq bilan tushuntirilishi mumkin.

  • Faolitni 8-20 mm qalinlikdagi xom listlar, presslangan massa va surtma moy kо‘rinishida ishlab chiqariladi. Odatda faolit bilan kichik о‘lchamlardagi qobiqlar va detallar qoplama qilinadi. Yirik о‘lchamli detallarni qoplamalashning qiyinligi faolitning va metallarning chiziqli kengayish koeffisiyentlar orasidagi katta farq bilan tushuntirilishi mumkin.
  • Faolit bilan qoplamalash texnologiyasi turlicha bо‘lib, har bir holatda ekspluatasiyaning aniq sharoitlariga bog‘liq holda ishlab chiqiladi.

Gummirlash.

  • Gummirlash deganda qurilma, detal va trubalar devorlarini agressiv muhit ta’sirida buzilishidan himoyalash maqsadida rezina yoki ebonit bilan qoplash tushuniladi. Bu qoplamalarni 80S gacha ekspluatasiya qilish mumkin. Gummirlash uchun tabiiy va ingrediyentlar qо‘shilgan (oltingugurt, vulkanizasiya tezlashtiruvchilari, aktivatorlar, yumshatuvchilar) sintetik kauchuk qо‘llaniladi.
  • Gummirlangan yuzalar qum-purkash qurilmasi yordamida tozalangan va «kalish» benzini yordamida yog‘sizlantirilgan bо‘lishi kerak. Xom rezina qurilmaning metall yuzasiga maxsus rezina yelimi yordamida yopishtiriladi (masalan, termopren yelimi №2572, №194, №61) va 140-14S da va 0,25-0,3 MPa bosimda о‘tkir bug‘ bilan vulkanizasiyaga beriladi.

Lak-bо‘yoq qoplamalar.

  • Pо‘lat va chо‘yandan yasalgan uskunalarni atrof-muhit korroziyasidan ma’lum ketma-ketlikda surkaladigan bir necha qatlamdan iborat bо‘lgan lak-bо‘yoq material bilan qoplanishi orqali muhofazalanadi.
  • Bо‘yash yuzasi yaxshilab tozalanadi va yog‘sizlantiriladi, undan sо‘ng, metallga yaxshi yopishadigan gruntovka qatlam qilib surkaladi. Gruntovka qatlami alohida mas’uliyat bilan bajarilishi zarur: u korrozion turg‘unlikka ega bо‘lishi kerak, elastik va namni о‘tkazmaydigan bо‘lishi kerak. Gruntovka qatlami bо‘ylab yuzani tekislash uchun shpaklevka surkaladi. Odatda lak-moy shpaklevkalar va nitroshpaklevkalar qо‘llaniladi. Qurigandan sо‘ng, shpaklevkalangan yuzaning g‘adir-budirligini silliqlash uchun shlifovka qilinadi va sо‘ng bо‘yaladi. Bо‘yoq qatlamlari elastik bо‘lishi va bir-biri bilan va shpaklevka bilan ilashishi yaxshi bо‘lishi kerak. Ba’zan, bо‘yalgan yuzaning muhofazalovchi xususiyatlarini yaxshilash maqsadida lak bilan qoplanadi.

Kimyo sanoatida asfalttopek, fenol-formaldegid, epoksid va xlorvinilli laklar qо‘llaniladi. 30% aseton, 30% ksilol va 40% etilsellyulozadan tarkib topgan erituvchida 30%-li E-41 epoksid smolasidan tayyorlangan epoksid laki yaxshi korrozion turg‘unlikka ega.

  • Kimyo sanoatida asfalttopek, fenol-formaldegid, epoksid va xlorvinilli laklar qо‘llaniladi. 30% aseton, 30% ksilol va 40% etilsellyulozadan tarkib topgan erituvchida 30%-li E-41 epoksid smolasidan tayyorlangan epoksid laki yaxshi korrozion turg‘unlikka ega.

Emallash.

  • О‘ta kuchli korrozion muhit sharoitida ishlovchi kо‘pgina qurilmalar, emallab ishlanadi, ya’ni, emal bilan qoplangan yuzalar hosil qilinadi. Emallar shisha hosil qiluvchi silikat aralashmasi, boratlar va ftorli birikmalardan iborat bо‘lib, ularni muhofaza qatlamlarga eritilgan holda surkaladi. Bu qatlamda ular ma’lum temperaturada qotadi.

Kimyoviy turg‘un emallar tiniq emas. Emalni surkash texnologiyaning siri, uning tarkibi va emallanayotgan uskuna о‘lchamlariga bog‘liq holda mо‘ljallanadi. Shunday usulda uskunaning boshqa alohida detallari ham emal bilan qoplanadi.

  • Kimyoviy turg‘un emallar tiniq emas. Emalni surkash texnologiyaning siri, uning tarkibi va emallanayotgan uskuna о‘lchamlariga bog‘liq holda mо‘ljallanadi. Shunday usulda uskunaning boshqa alohida detallari ham emal bilan qoplanadi.

Zavodlarda antikorrozion ishlarni olib borish uchun alohida sex yoki uchastkalar bor bо‘lib, ular mahsus uskunalar bilan jihozlangan. Har bir ishdan oldin texnik sharoitlar va normalar ishlab chiqiladi, hamda texnika xavfsizligi bо‘yicha yо‘riqnomalar tuziladi.

  • Zavodlarda antikorrozion ishlarni olib borish uchun alohida sex yoki uchastkalar bor bо‘lib, ular mahsus uskunalar bilan jihozlangan. Har bir ishdan oldin texnik sharoitlar va normalar ishlab chiqiladi, hamda texnika xavfsizligi bо‘yicha yо‘riqnomalar tuziladi.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling