Mavzu: tishli tasmali uzatmalar


Download 0.57 Mb.
Sana03.12.2019
Hajmi0.57 Mb.



MAVZU: TISHLI TASMALI UZATMALAR

Tishli tasmalar ichki yuzalarida ko‘ndalang tishlarga ega boiib, bu tishlar shkivdagi tishlar bilan ilashishga kiradi. Shuning evaziga bu uzatma tasmali uzatmalar kabi ishqalanish asosida emas, balki ilashish asosida tishli uzatmalar yoki zanjirli uzatmalar singari ishlaydi. Tishli- tasmali uzatmalarda uzatishlar nisbatining o‘zgarmasligi tasmaning dastlabki taranglik kuchining zarurligini man etadi, yuklanuvchanlik qobiliyatini oshiradi va uzatmaning tashqi o‘lchamlarini kamaytiradi





Tishli tasmali uzatma tarhi

Tishli tasmali uzatmalar yuqori yuklangan yuritmalarda (temirchilik- presslash dastgohlarida), aniq siljitish lozim bo‘lgan yuritmalarda (kse- roks, printer, kinoga olish apparatlari) va boshqalarda keng tarqalgan. Tishli tasma uzata oladigan quwat 200 kVt gacha, tasma tezligi 60 m/s, uzatishlar soni 12 gachadir. FIK r = 0.94 ...0,98, val va tayanchlarga tushadigan kuchlar nisbatan kichik.



Tishli tasmali uzatmalarni hisoblash uslubiyoti. Uzatmaning asosiy parametri uning moduli m dir. Ilashish moduli tasma tishining toliqish mustahkamligi asosida quyidagi formula orqali taxminan aniqlanadi:

(1)

bu yerda, T – yetaklovchi shkivdagi burovchi moment, N*m. Aniqlangan qiymat standart qiymatga yaxlitlanadi.



Yetakchi shkiv tishlari soni jadval bo’yicha yetakchi shkiv



aylanishlar takroriyligi va uzatma moduli m ga bog’liq ravishda aniqlanadi.

Yetaklanuvchi shkiv tishlari soni =u. Shkivlarning bo’luvchi aylanalari diametrlari:



=m =m* (2) Haqiqiy uzatishlar soni:

=/ (3)
O’qlararo masofa dastlabki hisob orqali topiladi:
a = 0.5*(+)+3m (4)

Tasmaning uzunligi:

L = 2a+ 0.5*(+)+ /4a (5)

Tasmaning tishlar soni:



=L/πm (6)

Aniqlangan qiymat standart qatorgacha yaxlitlanadi: 45; 48; 50; 56; 60; 63; 67; 71; 75; 80; 85; 90; 100; 105; 112; 115; 125; 130; 140; 150; 160; 170; 180; 190; 200; 210; 220; 235.

So‘ng tasma uzunligi va o‘qlararo masofaning qiymati aniqlashtiriladi:

L = *π*m (7)



a = [L-0.5π(+)+((L--2) ]/8 (8)

Yetakchi shkivning qamrov burchagi:



=180°-57.3°* (9)

Tasmaning yetakchi tasma bilan ilashishidagi tishlari soni:



= /360° (10)

Tasmaning eni uzatmani tortish qobiliyati bo‘yicha hisoblashdan tanlanadi:

b = (11)

bu yerda, – 1 mm enga ega bo’lgan tasmaning pogon massasi; q – solishtirma joiz kuch, uning qiymati quyidagi formula bilan aniqlanadi:

q = ** (12)

bu yerda, q0 - tasma uzatadigan keltirilgan solishtirma aylana kuch (15.3-jadval); Cz - ilashishdagi tasma tishlari sonini hisobga oluvchi koeffitsiyent (zpl > 6 da Cz = 1; zpl = 5 da Cz = 0,8 va zpl = 4 da Cz = 0,6.); Cp - ish maromi koeffitsiyenti:



= - 0.1(-1) (13)

bu yerda, nc - uzatmaning kechl-kunduz davomida ish navbatidagi soni; CH -y u k la n is h koeffitsiyenti: o ‘zgarmas yuklamada - 1; o‘zgaruvchan yuklamada = 0,85; zarbli yuklamalarda = 0,7.

Tasma enining aniqlangan qiymati ushbu ishdagi birinchi jadvalga tayangan holda standart qatordagi qiymatlarga moslashtiriladi: 8; 10; 12,5; 16; 20; 25; 32; 40; 50; 63; 80; 100; 125; 160; 200.

Tasmaning dastlabki tarangligi



=1.2*b** (14)

Vallarga ta’sir etadigan kuch:



=1.1* (15)

Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling