Kurs ishning metodologik asosi. Bir qator tadqiqotchilar, pedagog va psixologlar dialektik-materialistik metodologiyaga tayangan holda o‘qitish jarayonini dunyoqarashning shakllanishi (E.I.Monaszon, N.A.Menchinskaya va b.q.), pedagogik jarayonda tarixiy mantiqiy bog‘liqlikning ahamiyati (F.F.Korolev, Z.I.Ravkin va b.q.), asosiy didaktik tushunchalarning har tomonlama metodologik tahlili (E.I.Monaszon, V.E.Gmurman va b.q.) nuqtai nazaridan qarab chiqdilar. Didaktikaning nazariy tadqiqiga L.V.Zaikov (so‘z va ko‘rgazmalilikning bog‘liqligi, ta’limning rivojlantiruvchi tahsirini kuchaytirish), S.G.Sha’ovalenko (o‘qitish metodlariga turlicha yondashuv), K.P.Yagodovskiy (tadqiqot metodlari) va b.q.lar o‘zlarining samarali hissalarini qo‘shdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |