Mavzu: Tog'ay Murodning "Otamdan qolgan dalalar" romani


Download 107 Kb.
Sana25.01.2023
Hajmi107 Kb.
#1118680
Bog'liq
101-guruh oligo otamdan qolgandala


101-guruh oligofrenopedagogika fakulteti Xabibullayeva Moxinur
Mavzu:Tog'ay Murodning "Otamdan qolgan dalalar" romani
Otamdan qolgan dalalar“ — Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Togʻay Murod qalamiga mansub 1986—1991-yillarda yozilgan ramziy roman. Ilk marotaba „Yoshlik“ jurnalining 1993-yildagi sonida qisman elon qilingan. Toʻliq tarzda 1994-yilda Sharq nashriyot-matbaa konsernining bosh tahiriryati tominidan 272 betli qattiq muqovada 75000 nusxada nashr etilgan. Soʻnggi marta 2018-yilda Oʻzbekiston nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan 360 betli 5000 nusxali qattiq muqovada nashr etildi.
Roman haqida
Oʻzbek adabiyotshunoslarining tahlilicha Togʻay Murodning ilk romani „Otamdan qolgan dalalar“ oʻzbek milliy adabiyoti tarixida muhim hodisa boʻlgan. Asarni yozishga kirishar ekan, yozuvchi oʻzini, oʻzining hayot haqidagi bilim, tasavvurlarini qayta tanqidiy taftishdan oʻtkazadi. Shu paytga qadar amal qilgan ijodiy aqidalariga sodiq qolgan holda qishloq hayoti, oddiy odamlar turmushini oʻzgacha nigoh bilan anglash yoʻlini tutadi.
Dehqonqul obrazi — oʻzbek adabiyotida badiiy kashfiyot hisoblanadi. Dehqonqul sovet davri adabiyotida zavq-shavq bilan qalamga olingan mehnat qahramonlariga parodiya tariqasida yaratilgan. U totalitar tuzum, qizil imperiya siyosati tarbiyalab yetishtirgan „mehnat kishisi“, „yangi inson“ timsoli, mustabid hokimiyat munofiqona mafkurasining tirik qurboni. Dehqonqul shoʻrolar hukumatining deyarli tengdoshi. Yozuvchi qahramon taqdiri orqali davrni, „sotsialistik jamiyat tarixini ifodalash“ni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻymaydi.
Download 107 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling