Mavzu: To’g’irlovchi diodlarni o’rganish Stabilitronlar Stabilitron


Download 18.68 Kb.
bet2/3
Sana03.12.2023
Hajmi18.68 Kb.
#1806012
1   2   3
Bog'liq
Stabilitronlar

2. To’g’irlovchi diodlar
Diod—elektr tokini bir tomonlama o'tkazish xususiyati­ga ega bo'lgan elektron asbobdir. Diodlar ikki xil: vakuumli (shisha ballonga joylashtirilgan ikki elektrodli elektron lampa) va yarim o'tkazgichli (asosi — germaniy va kremniy kristallari) bo'ladi. Diodning ko’rinishi rasmdagidek bo’ladi.
Quyida yarim o'tkazgichli diodni tavsiflovchi eng muhim parametrlarni (muhit temperaturasi 20°C bo'lgan holat uchun) keltiramiz: teskari kuchlanishning eng katta qiymati 400 V, eng katta teskari kuchlanishda teskari tok (o'rtacha qiymati) 0,3 mA, eng katta to'g'rilangan tok (to'g'ri tokning o'rtacha qiymati) 300 mA, eng katta to'g'ri tokda diodda kuchlanishning tushishi 0,5 V.
Diod deb odatda bir yoki bir necha elektr o‘tishlar va tashqi zanjirga ulanish uchun ikkita chiqishga ega bo‘lgan elektr o‘zgartirgich asbobga aytiladi. Yarim o‘tkazgichli diodlar ma’lumotnomalarda radioelektron apparaturalarda qo‘llanilish sohalari yoki vazifasiga ko‘ra sinflanadilar.To‘g‘rilovchi diodlar kuchlanish manbai o‘zgaruvchan kuchlanishini o‘zgarmasga o‘girishda qo‘llaniladi. To‘g‘rilovchi diodlarning asosiy xossasi– bir tomonlama o‘tkazuvchanlik bo‘lib, uning mavjudligi to‘g‘rilash effekti bilan aniqlanadi.To‘g‘rilovchi diodlarning ishlatilish chastota diapazoni juda keng. Shu sababli ular ishchi chastota diapazoni bo‘yicha sinflanadilar.

Past chastotali to‘g‘rilovchi diodlar (PCh diodlar) sanoat chastotasidagi (50 Gs) o‘zgaruvchan tokni o‘zgarmasga o‘girishda qo‘llaniladi. PCh diodlariga qo‘yiladigan asosiy talab – bu katta qiymatga ega bo‘lgan to‘g‘rilangan toklar olish. To‘g‘rilovchi diodlar odatda 0,3 A gacha, 0,3 A dan 10 A gacha va 10 A dan yuqori bo‘lgan to‘g‘rilangan toklarga mo‘ljallangan kichik, o‘rta va katta quvvatli diodlarga bo‘linadi. PCh diodlari katta r-n o‘tish bilan xarakterlanadilar.
Yuqori chastotali to‘g‘rilovchi diodlar (YuCh diodlar) o‘n va yuz megagers chastotagacha bo‘lgan signallarni nochiziqli elektr o‘zgartirishga mo‘ljallangan. YuCh diodlari yuqori chastota signallari detektorlari, aralashtirgichlar, chastota o‘zgartirgich sxemalar va boshqalarda qo‘llaniladi. Yuqori chastota diodlari kichik inersiyaga ega, chunki kichik yuzaga ega bo‘lgan nuqtaviy r-n o‘tishga ega va shu sababli ularning to‘siq sig‘imi pikofaradning bir qismini tashkil etadi.


Download 18.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling