Mavzu: To‘liq va to‘liqsiz gaplar. Undalma va kirish qurilmalar


Download 19.55 Kb.
Sana25.04.2023
Hajmi19.55 Kb.
#1396807
Bog'liq
Shohsanam Yoqubova


Mavzu: To‘liq va to‘liqsiz gaplar.
Undalma va kirish qurilmalar.
Uyushiq bo‘laklar haqidagi ta’limotning ta’lim bosqichlarida o‘rganish.

  1. To‘liq va to‘liqsiz gaplar.

Fikirni ifodalash uchun zarur bo‘lgan gap bo‘laklarining barchasi qatnashgan gaplar to‘liq gaplar deyiladi: Islom Karimov O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidentidir. Nutq vaziyatidan ma’lum bo‘lgan ayrim bo‘laklari tushirilgan gaplar to‘liqsiz gaplar deyiladi:
-Sen o‘qishga borasanmi?
-Ha boraman. Mazkur gapda ega (men), hol (o‘qishga) tushirilgan bo‘laklar. To‘liqsiz gaplarda qaysi bo‘lakning tushirilishi nutq vaziyatiga qarab amalga oshiriladi. To‘liqsiz gaplar suhbatda, so‘zlashuv nutqida va badiiy asarlarda ko‘proq qo‘llanadi.
Ikkinchi darajali bo‘laklar.
Gapning kesimi yoki egasiga tobelanib, ularga ergashib keladigan bo‘laklar ikkinchi darajali bo‘laklardir. Ikkinchi darajali bo‘laklar: aniqlovchi, to‘ldiruvchi va hol hisoblanadi.
To‘ldiruvchi va uning ifodalanishi.
Gapning biror bo‘lagiga (ko‘pincha kesimga) boshqaruv yo‘li bilan bog‘lanib, predmetlik ma’nosini ifodalovchi va kimni? nimani? Kim (bilan, orqali, uchun), nima (bilan, orqali, uchun,) so‘roqlariga javob bo‘lib, uni to‘ldirib kelgan ikkinchi darajali bo‘lak to‘ldiruvchi deyiladi. To‘ldiruvchi hokim bo‘lakka kelishik qo‘shimchalari yoki ko‘makchilar yordamida bog‘lanadi. b, uni to‘ldirib kelgan ikkinchi darajali bo‘lak to‘ldiruvchi deyiladi. Masalan: Til shirinligi ko‘ngilga yoqimlidir (Navoiy). Onam menga qaradi, men unga qaradim (G‘. G‘.). Vodiylarni, tog‘larni oshib, Dalalarda yolg‘iz adashib, kelib qoldi yurtingga Omon. (H. O.)
To‘ldiruvchilar, boshqa gap bo‘laklari kabi, birikmali holda ham qo‘llanadi:
-Men uning go‘zal siymosida qalbim ko‘zgusini, visol orzusini, umidim gulshanini ko‘rardim.
-O‘qituvchining pedagokik mahorati u tarbiyalagan shogirdlarining bilimdonligi bilan o‘lchanadi.
- O‘qituvchida zilol chashmadek tugamas mehir va bilim bo‘lmog‘i kerakligini unutmang.
- Bola bir guruh jangchilarni botqoqlikdan xatarsiz o‘tkazib qo‘yganini aytdi (O.).
To‘ldiruvchilar yordamida aytilmoqchi bo‘lgan fikir ravshanlashadi: Oyni (etak bilan) yopib bo‘lmas. (Maqol) Odam (mehnatda) sinaladi. Bu gaplardagi etak bilan, mehnatda bo‘laklari yordamida so‘zlovchining niyati to‘la ochilgan.
To‘ldiruvchi doimo gapning kesimi bilan bog‘lanadi. Agar u bog‘langan so‘z kesim bo‘lib shakllana olmagan bo‘lsa, ana shu so‘z bilan birgalikda kesimga nisbatan bitta gap bo‘lagi vazifasida keladi. Bunday vaqtda u gapning emas, bo‘lakning bo‘lagi bo‘ladi. Masalan, Onamdan eshitgan gaplarni ayttim. Bu yerda onamdan eshitgan gaplarni birikmasi nimalarni? so‘rog‘iga javob bo‘lib, kesimga bir butun holda bog‘lanadi. Bu birikmali to‘ldiruvchi o‘z ichida qismlarga bo‘linadi: onamdan eshitgan (qanday) gap. Qanday? so‘rog‘iga javob bo‘luvchi onamdan eshitgan birikmali aniqlovchi o‘z ichida yana tarkibiy qismlarga bo‘linadi: onamdan (kimdan?) eshitgan.
To‘ldiruvchilar kesimga to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘lanish bog‘lanmasligiga ko‘ra ikki guruhga bo‘linadi:

  1. Mustaqil to‘ldiruvchilar;

  2. Nomustaqil to‘ldiruvchilar.

To‘g‘ridan to‘g‘ri kesimga tobe bog‘lanib kelgan to‘ldiruvchilar mustaqil to‘ldiruvchilar sanaladi. Masalan, seni sog‘indim gapida kimni? so‘rog‘iga javob bo‘luvchi seni so‘zi kesim vazifasida keluvchi sog‘indim bo‘lagiga bog‘lanib, mustaqil to‘ldiruvchi vazifasida keladi. Kesim vazifasida kelmagan, bunday to‘ldiruvchilar o‘zi bog‘langan fe’l bilan bog‘langan to‘ldiruvchilar nomustaqil to‘ldiruvchi hisoblanadi. Shuning uchun u biron bir ikkinchi darajali bo‘lakning tarkibiy qismi – bo‘lakning bo‘lagi vazifasini bajaradi. Masalan, Dangasaning non yeyishini ko‘r gapida dangasaning non yeyishini birikmasi nimani? so‘rog‘iga javob bo‘lib, birikmali to‘ldiruvchi vazifasida keladi. Birikmali gap bo‘lagi esa kimning? va nimani? so‘roqlariga javob bo‘luvchi aniqlovchi (dangasaning) va to‘ldiruvchi (non)larni o‘z ichiga oladi. Bu bo‘lak tarkibidagi non bo‘lagi nomustaqil to‘ldiruvchi, bo‘lakning bo‘lagidir.
To‘ldiruvchilar kesim bilan qanday bog‘lovchi vosita yordamida bog‘lanishiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi:

  1. kelishikli to‘ldiruvchilar;

  2. ko‘makchili to‘ldiruvchilar.

Masalan, sen bilan (kim bilan?) olam munavvar gapida sen bilan bo‘lagi ko‘makchili to‘ldiruvchi. Senga (kimga?) aytar gapim bor gapidagi senga bo‘lagi kelishikli to‘ldiruvchi sanaladi. Tushum kelishigi bilan shakllangan to‘ldiruvchilarda to‘ldiruvchi bilan u bog‘langan hokim bo‘lak yonma-yon turganda tushum kelishigi ifodalanmasligi mumkin, lekin uning borligi so‘rog‘idan va kesimning o‘timli fe’l ekanligidan bilinib turadi. Masalan, shoirlari g‘azal bitadi, gapida g‘azal so‘zi u bog‘langan kesim o‘timli fe’l bilan ifodalangan bo‘lib, nimani? so‘rog‘iga javob bo‘luvchi so‘zning bo‘lishini talab qiladi. Agar to‘ldiruvchini kesimdan uzoqlashtirsak, to‘ldiruvchi bilan kesim o‘rtasiga boshqa bir so‘zni kiritsak, tushum kelishigi tiklanadi. Masalan, g‘azalni shoirlari yozdi. Ko‘rinadiki, tushum kelishigi doimo tushib qola bermaydi.
Download 19.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling