Mavzu: Topshirdi: Qabul qildi


Borliqqa yondashuvning asosiy konsepsiyalari


Download 113.02 Kb.
bet5/10
Sana08.01.2022
Hajmi113.02 Kb.
#237384
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
falsafa]

Borliqqa yondashuvning asosiy konsepsiyalari Monizm (yunon. monos - bitta) konsepsiyasi vakillari dunyoning asosida bitta manba (bitta substansiya) yotadi deb hisoblashadi. Materialistik monizm tarafdorlari bu manba moddiy manbadir deb aytishsa, idealistik monizm tarafdorlari dunyoning asosida bitta g‘oyaviy negiz, g‘oyaviy, ma'naviy, ilohiy substansiya yotadi deyishadi.

Dualizm (lot.dualis - ikkilangan) vakillarining fikricha, dunyoning asosida ikkita mustaqil negiz: ham moddiy, ham g‘oyaviy (ma'naviy, ilohiy) negiz yotadi, deb hisoblashadi. Arastu dualist bo‘lgan, uning fikricha, dunyoning asosida materiya va shakl yotadi, materiya passiv va inert negiz bo‘lsa, shakl esa faol, aktiv, yaratuvchan negizdir.
Plyuralizm (lot. pluralis - ko‘pchilik) vakillarining aytishicha, borliqning asosida ko‘plab, bir-biridan mustaqil moddiy va g‘oyaviy negizlar yotadi. Ayrim plyuralistlar moddiy negizlarga urg‘u berishadi. Ularni materialistik plyuralizm vakillari deyish mumkin. Masalan, qadimgi xitoy, qadimgi hind, qadimgi yunon materialistlari borliq olov, suv, havo va tuproqdan tashkil topgan deyishgan. Boshqa yo‘nalishdagi plyuralistlar esa ma'naviy, g‘oyaviy substansiyalarga ustuvorlik berishgan (ularni idealistik plyuralizm vakillari deyishadi). Masalan, Max va Avenarius dunyoning asosida yotuvchi elementlar turli shakldagi sezgilardan iboratdir, deb hisoblaydi. Shuningdek, dunyoning asosida ko‘plab ham moddiy, ham ma'naviy (bir xil darajada) elementlar yotadi (Demokritda bu elementlar atomlar, Leybnitsda g‘oyaviy monadalar) deb hisoblovchi plyuralistlar ham bor.

Suqrotning shogirdi Aflotun (asli — Platon) jahon falsafasi tarixida o’chmas iz qoldirgan buyuk allomadir. U nafaqat faylasuf olim, balki san’atkor, shoir va dramaturg bo’lgan, o’z g’oyalarini dialoglar tarzida bayon qilgan. Aflotun 428 yil 21 mayda Delos orolida tug’ilgan. O’zidan keyin 35 dan ziyod dialog shaklidagi asarlar yozib qoldirgan. Arastuning u haqdagi ma’lumotlarini birdan-bir to’g’ri dalil deb qarash mumkin. Chunki Arastu Aflotunning eng yaqin do’sti va shogirdi bo’lgan. Aflotun «G’oyalar dunyosi va soyalar dunyosi» ta’limotining asoschisidir. Uningcha, g’oya haqiqiy borliq, biz biladigan va yashaydigan dunyo esa uning soyasidir. Haqiqiy o’zgarish va taraqqiyot g’oyalar dunyosiga xos, soyalar dunyosidagi harakat esa uning aksidir. G’oyalar dunyosining qonuniyatlarini hamma ham bilolmaydi. Ularni biladigan zotlar nihoyatda kam uchraydi, ular ulkan aql egasi bo’ladi va tarixda chuqur nom qoldiradi. Aksariyat kishilar esa, soyalar dunyosi bilan kifoyalanadi. Aflotunning jamiyat va davlat to’g’risidagi ta’limoti uning dunyoqarashida markaziy o’rinlardan birini tashkil etadi. U faqat antik davr falsafasi — ontologiya va gnoseologiyaning klassigi bo’lib qolmay, mumtoz antik siyosiy nazariya va pedagogikaning bilimdoni ham bo’lgan. Aflotun ijtimoiysiyosiy masalalarga doir «Davlat», «Qonunlar», «Siyosat» va «Kritiy» nomli asarlar yozib qoldirgan. «Davlat» asarida jamiyat haqida, uning ideal siyosiy tuzumi to’g’risidagi qarashlarini markaziy ta’limoti — g’oyalar nazariyasi bilan uzviy bog’liq holda ilgari surgan. Uning fikricha, davlatning to’rtta shakli mavjud: teokratiya; oligarxiya; demokratiya; tiraniya. Aflotunning ideal davlat to’g’risidagi orzulari negizida adolat g’oyasi yotadi. Aflotun aytganidek, jamiyat barcha a’zolarining odil jamiyatdagi qonunlarga bo’ysunishi ijtimoiy taraqqiyotning asosiy garovidir.

Download 113.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling