Mavzu. Tovar-pul munosabatlari rivojlanishi bozor iqtisodiyoti shakllanishi va amal qilishining asosidir


tovar - bu biron-bir naflilikka va qiymatga ega bwlgan ayirboshlash uchun yaratilgan mehnat mahsuli. Yoki, boshqacha aytganda, tovar


Download 21.42 Kb.
bet3/3
Sana08.01.2022
Hajmi21.42 Kb.
#248039
1   2   3
Bog'liq
nazorat savollari 4

tovar - bu biron-bir naflilikka va qiymatga ega bwlgan ayirboshlash uchun yaratilgan mehnat mahsuli. Yoki, boshqacha aytgandatovar biron-bir naflilikka (iste`mol qiymatga) va almashuv qiymatiga ega bwlgan, bozor uchun ishlab chiqariladigan mahsulot yoki xizmatlardir. Demak, tovarning ikki xususiyati bor: birinchidan, u kishilarning qandaydir ehtiyojini qondiradi: ikkinchidan, u wzida ijtimoiy mehnat sarflarini mujassamlashtiradi. Tovar boshqa buyumga ayirboshlana oladigan buyum bwlib, u iste`mol qiymatga va almashuv qiymatlariga ega. Buyumning iste`mol qiymati shundan iboratki, u kishilar uchun foydali, naflidir. U shaxsiy iste`mol buyumi yoki ishlab chiqarish vositalari sifatida kishilarning biron–bir ehtiyojini qondiradi. Naflilikni aniqlashda ham turlicha yondoshuvlar mavjud. Masalan, marjinalizm maktabi asoschilari ham, ularning keyingi davomchilari ham tovarlar nafliligini aniqlashda alohida olingan individning hayolidagi psixologik yondoshuv bilan, ya`ni hech kim bilan aloqasi bwlmagan wrmondagi cholning yoki kimsasiz orolda bir wzi qolib ketgan Robinzonning hayoli bilan aniqlash usulini qwllaydilar. Xolbuki, tovar ayirboshlash jamiyat a`zolari wrtasida, gavjum bozor qatnashchilari wrtasida sodir bwladi. Ular naflilikning negizida ob`ektiv iqtisodiy jarayon borligini, naflilik tabiat ashyosi bilan jonli mehnatning birikishi natijasida, twg`rirog`i naflilik aniq mehnat bilan tabiat ashyosining xususiyatlari wzgartirilishi natijasida vujudga kelishini wylab ham wtirmaydilar. Albatta, tabiatda mavjud bwlgan yoki inson mehnati bilan yaratilgan har qanday narsa ham naflilikka ega bwlavermaydi. Masalan, jamiyatga 100 dona soat zarur bwlgani holda, 120 dona soatning ishlab chiqarilishi uning 20 donasining nafsiz bwlishiga olib keladi. Ya`ni, jamiyat uchun zarur bwlgan 100 dona soatgina naflilikka ega bo’ladi.

4. Pul uzoq zamonlardan beri odamlarga ma’lum. Pulning kelib chiqishi turli nazariyotchilar tomonidan tovar ayirboshlash jarayonining rivojlanishi bilan bog‘liq holda tushuntiriladi. Pulning vujudga kelishi va mohiyatining turli ilmiy konsepsiyalari mavjud bo‘lib, ular orasida ratsionalistik va evolyutsion konsepsiyalar muhim o‘rin tutadi. Ratsionalistik konsepsiya pulning kelib chiqishini kishilar o‘rtasidagi bitim, kelishuv natijasi sifatida izohlaydi. Bu holat ularning tovarlarni ayirboshlash chog‘ida qiymatlarning harakatlanishi uchun maxsus vositalar zarurligiga amin bo‘lishiga asoslanadi. Pulning o‘zaro kelishuv sifatida amal qilishi to‘g‘risidagi mazkur g‘oya XVIII asrning oxirlarigacha hukm surdi. Pulning kelib chiqishiga sub’ektiv psixologik yondashuv ko‘plab hozirgi zamon xorijiy iqtisodchilarning qarashlarida ham uchrab turadi. Ularning fikricha, pul kategoriyasi ob’ektiv iqtisodiy kategoriya bo‘lmay, kishilar kelishuviga yoki davlatning xohishiga bog‘liq bo‘lgan yuzaki, sub’ektiv kategoriyadir. Pul kelib chiqishining evolyutsion konsepsiyasiga ko‘ra ular ijtimoiy mehnat taqsimoti, ayirboshlash, tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi natijasida vujudga kelgan. Qiymat shakllari va ayirboshlash rivojlanishining tarixiy jarayonini tadqiq qilish orqali tovarlar umumiy olami ichidan pul rolini bajaruvchi alohida tovarning ajralib chiqishini tushunish mumkin. Bir tovarning qiymati uni boshqa bir tovarga ayirboshlash orqali aniqlanadi (T-T). Bir qarashda ayirboshlash bitimida har ikkala tovar ham bir xil rol o‘ynaydigandek ko‘rinadi. Aslida esa ularning roli turlichadir. Bir tovar o‘z qiymatini boshqa tovarga nisbatan ifodalaydi. Ikkinchi tovar esa birinchi tovarning qiymatini o‘zida ifodalab, ekvivalent rolini bajaradi, ya’ni qiymatning ekvivalent shaklini tashkil etadi. Xuddi mana shu yerda pulning dastlabki kurtagi paydo bo‘ladi. Pulning paydo bo‘lishi va rivojlanishida qiymat shakllarining rivojlanish bosqichlari muhim o‘rin tutadi. Umuman olganda qiymatning oddiy yoki tasodifiy, kengaytirilgan, umumiy va pul shakllari mavjud.

5. Pulning mohiyati uning funksiyalarida yanayam yaqqolroq namoyon bo'ladi. Pul iqtisodiy kategoriya sifatida nechta funksiyani bajarishi iqtisodchi olirnlar, nazariyachilar va iqtisodchitar o'rtasidajuda uzoq davrdan buy on tortishuvlarga sabab bo'lib kelmoqda. Iqtisodiyotni markazdan boshqarish sharoitida nashr etilgan adabiyotlarda, pul beshta, ya'ni qiymat o'lchovi, muomala vositasi, to'lov vositasi, jamg'arma vositasi va jaholl puli fullks;yalarilli bajarishi ta'kidlanadi. Iqtisodiyotni boshqarishning bozor munosabatlari joriy etilgan mamlakatlar iqtisodiy adabiyotlarida, pul uchta, ya'ni qiymat o'lchovi, muomala vositasi va jamg'arma vositasi funksiyalarni bajarishi bayon etiladi. P.Samuelson Aristotelning ta'limotIariga tayangan holda pul faqat ikkita, ya'ni ayirboshlash vositasi, baho masshtabi birligi yoki o'lchov hisobi funksiyalarini bajarishini ta'kidlaydi 11. Angliya - amerika iqtisodchi olimlari pulning uchta funksiyasi (muomala vositasi, qiymat o'lchovi vajamg'arma vositasi) mavjudligini e'tirof etishadi 12. Jumladan, Edvin OJ. Dolan, Kolin D. Kempbell, Rozmari OJ. Kempbelllar pul muomala vositasi, qiymat o'lchovi va jamg'arma vositasi funksiyalarini ba,jarishini ta'kidlaydi 13 . Nemis iqtisodchi olimi K Knis (1821 - 1898) pulning to'rttaya'ni, qiymat o'lchovi, muomala vositasi, to'lo" vositasi vajamg'arma vositasi funksiyalarini e'tirof etadi. S. Fisher, R. Dornbush, R. Shmalenzilar ham pulning to'rtta funksiyalarini bajarishlarini e'tirof etib, ularni quyidagi ketma - ketlikda amal qilishini ta'kidlaydi: birinchisi - muomala vositasi va to'lov vositasi, ikkinchisi - o'lchov hisobi, uchinchisi - qiymatni saqlash vositasi, to'rtinchisi - kechiktirilgan to'lovlami 0'lchoviI4. K.Marks pulning funksiyalari konsepsiyasida uni uchta funksiyasi mavjudligini ta'kidlaydi. U pulning funksiyalarini quyidagi ketma - ketlikda ifodalaydi. Birinchisi - qiymat o'lchovi, ikkinchisi - muomala vositasi, uchinchisi - moliyaviy pul. K.Marksning pulning uchinchi funksiyasi ayrim iqtisodchilar tomonidan jamg'arma vositasi, to'iov vositasi va jahon puli kabi vazifalarini ba,iarishi mumkinligini ilgari suriladi 15. Rossiyalik i~tisodchi olim, professor 0.1. Lavrushinl6, professor V.A. Shegorsova1 , professor V.V. Ivanov va professor 8.1 Sokolovlar18 tahrirlari ostida chop etilgan Pul, kredit, banklar darsliklaming barchasida pul beshta funksiyani bajarishi e'tirof etiladi. O'zbekistonlik iqtisodchi, professor Sh.Z. Abdullayeva pul to'rtta funksiyani bajarishini, ular qiymat o'lchovi, muomala vositasi, to'lov vositasi vajamg'arma vositasi funksiyalari ekanligini ta'kidlaydiI9. Professor O.Yu. Rashidov tahriri ostida chop etilgan Pul, kredit va banklar darsligida pul beshta, ya'ni qiymat o'lchovi, muomala vositasi, to'lov vositasi, jamg'arma vositasi va jahon puli vazifalarini bajarishini ta'kidlanadi 2(J. Ko'rinib turibdiki, pulning funksiyalari haqida xorijiy va mahalliy iqtisodchi olimlarning fikrlari turlicha bo'lib, birinchi guruh olimlar pulni beshta funksiyasi mavjudligini ta'kidlashsa. ikkinchi guruh }qtisodchi oJimlar uning to'rtta funksiyani bajarishini e'tirof etadi. Uchinchi guruh iqtisodchi olimlar, asosan anglo - amerikaliklar uni uch'ta funksiyani bajarishini bayon etadi. Hatto ayrim iqtisodiy adab.iyotlarda pulni oltita funksiyani bajarishi qayd etilib, oltinchi funksiya sifatida baho masshtabi ekanligini isobtlashga urinishadi21 . Iqt':tsodchi olimlar pulning funksiyalari haqida turlicha talqin etishiga q:IJyidagilar sabab bo'ladi. Bir guruh iqtisodchi olimlar, pulning funksiyasin'i zamonaviy sharoitda uning xossalaridan kelib chiqib bayon etadi, boshqa guruh olimlar esa turli mamlakat ohmlatining pulni funksiyalan xususidagi fikrlariga tayangan holda unga talqin beradi. Yana boshqa guruh iqtisodchi olimlar esa pulning funksiyalarini ta'riflashda uning tarixan vujudga kelishi bilan bog'liq voqelik va nazariyalarga tayanadi. Pulning funksiyalari xususida fikr yuritganda uning asl (haqiqiy pul) qiymatiga ega bo'igan va asl qiymatiga ega bo'lmaganligi (o'rinbosar pulJar) ga e'tibor qaratish lozim. Chunki muomalada asl qiymatga ega bo'lgan pullar to'lov vositasini bajarganda ularda pulning barcha funksiyalari namoyon bo'ladi va aksincha Asl qiymatga ega bo'lgan pullar sifatida qimmatbaho metallar oltin va kumushni, kredit pullami va 100 foiz oitin bilan ta'minlangan pullarni qayd etish mumkin. Asl qiymatga ega bo'lmagan pullarga qog'oz pullar, oltin asosiga ega bo'lmagan kredit pullar kiradi. Haqiqatda ham qimmatbaho metallar to'lov vositasini bajargan paytda ular pulning barcha funksiyalarini bajargan. Qimmatbaho metallar o'rnini qog'oz pullar egallagandan so'ng, qog'oz pullarning inflatsiyaga uchrashi natijasida ular pulning barcha funksiyalarini bajarmay qo'ydi. Shuning uchun bo'lsa kerak, yuqorida ko'rib chiqilganidek, vaqt o'tishi bilan pulning funksiyalari haqida turli qarashlar vujudga kela boshladi. Pulning funksiyalari xususidagi fikrlarga tayanib, pul to'rtta, ya'ni qiymat o'khovi, muomala vositasi, to'iov vositasi va jamg'arma vositasi funksiyalarini bajaradi degan fikrga keldik. Pulning qiymat o'ichovi funksiyasi asosan tovarlar qiymatini baho shaklida aks ettirish orqali namoyon bo'ladi. Pulning qiymat o'lchovi barcha tovariar uchun umumekvivalent vositasi sifatida ularning qiymatini o'lchaydi. Barcha tovarlaming qiymati pul o'lchovi vositasi, ya'ni baho masshtabi, dastlabki bosqichda hukumat tomonidan o'matiladi. Masalan, metr o'lchovi bilan uzunlikni, kilogramm o'lchovi bilan og'irlikni o'lchagan kabi, pulning qiymat o'lchovi funksiyasi bilan barcha tovarlarning qiymati o'lchanadi. O'zbekistonda qiymat o'lchovi bevosita milliy val uta «so'm», AQSHda dollar, Yevropa ittifoqiga a'zo mamlakatlarda yevro, Buyuk Britaniyada funt sterling, Yaponiyada iyena qiymat o'lchovi vositasi hisoblanadi. Pulning inflatsiya darajasi yuqori bo'lgan paytda uning qiymat o'lchovi funksiyasining amal qilishi bir qadar chegaralanadi. Masalan, 1939-yildan 1949-yilgacha Yaponiya iyenasining inflatsiya darajasi yuqori bo'lg:m1igi uchtm ko'pchitik yapon savoogarlari tovarlaming bahosini belgilashda, ayrim hollarda savdo-sotiqni ham AQSH dollarida amalga oshirganlar. Chunki AQSH dollarining qiymat o'lchovi iyenaga nisbatan bir necha barobar mustahkam va barqaror bo'lgan. ShWling uchun Yaponiyada 1939-1949-yillarda barcha tovarlar bahosi ikkita narxda, dollar va iyenada yuritilar edi. Ayni paytda, iyenada belgilangan tovarlar bahosi oshib borish tendensiyasiga ega edi, dollarda esa baholar dastlabki holatidan 0' zgarmasdan qolgan. Hukumat marnlakatda pul islohotini amalga oshirish orqali pulning qiymat o'lchovini o'zgartirishi mumkin. Pul islohoti - muomaladagi pul massasini kamaytirish orqali, uning joriy qiymat 0' lchovidan boshqasiga o'tishdir. 1944 - 1952-yillarda Yevropa marnlakatlarida 24 martadan ortiq put islohotlari amalga oshirilgan. Sobiq ittifoq davrida rubl kuchli inflatsiyaga uchramagan va iqtisodiyot nisbatan barqaror darajaga ega bo'lgan bo'lsada, 1961-yilda mamlakatda pul islohoti amalga oshirilgan. Hukumat muomalada mavjud bo'lgan rubllarni yangi chiqarilgan rubllarga 1/10 nisbatda pul islohotini amalga oshirgan. O'sha davrda o"tkazilgan pul islohotining asosiy maqsadi mamlakatdagi xufyona iqtisodiyotning ulushini kamaytirish va baho masshtabini pasaytirishga qaratilgan bo'lib, xufyona iqtisodiyot ishtirokchilari eski rubllarni to'lig'icha yangi banknotalarga almashtira olmaganligi natijasida iqtisodiy jihatdan zarar ko'rgan va baho masshtabi 10 martaga kamaygan. Pulning muomaJa vositasi bozor ishtirokchilari o'rtasida tovarlarni oldi - sotdisi va xizmatlarni ko'rsatish jarayonida namoYQn bo'ladi. Ushbujarayonda pul vositachi rolini bajaradi. Pulning muomala vositasi funksiyasini bajarishining bir sharti mavjudki, u ham bo'lsa, tovarlami sotib olish va xizmatIami ko'rsatish uchun to'lov bir vaqtda amalga oshiriladi. Pulning ushbu funksiyasini bajarishda bevosita naqd pullar ishtirok etishi talab etiladi. Ayirboshlash jarayonida tovarlar bir marta qatnashib muomala maydonini tark etsa, pul muomala vositasi funksiyasi yordarnida ushbu jarayonga qayta - qayta kelaveradi. Iqtisodiyotda pulning banldar orqali aylanish tezligi qancha yuqori bo'lsa, tovarlarni sotib olish uchun muomalaga zarur bo'lgan pul massasiga talab shuncha pasayadi. Pulning muomala vositasi funksiyasi o'zaro iqtisodiy munosabatIarda ishtirok etayotgan tomonlarning faoliyati ustidan nazorat vositasi sifatida maydonga chiqadi. Markazdan rejalashtirish davrida pulning muomala vositasi bir muncha chegaralangan edi. Natijada, odamlaming qo'lida naqd pullar bo'lishiga qaramasdan o'zJari istagan tovarJarni sotib oJoJmasdi yoki sotib oJishga imkoniyat bo'lmagan. Bozor mWlosabatalarining takornilJashuvi va rivojlangan mamlakatlarda fan - texnika taraqqiyotining to bora jadalJashih borishi pulning muomala vositasi fimksiyasining ahamiyatini bir qadar pasayishiga sabab bo'lmoqda. Chunki, rnamlakat pul oboroti tarkibida naqd pul bilan amalga oshirilayotgan hisob-kitoblaming ulushi kamayib bormoqda. Naqd pullar asosan aholi tomonidan foydalanishi, keyingi yillarda plastik kartochkalaming kO'plab turlari joriy etilishi, hisobkitoblarda naqd pulsiz to'lovlar hajrnining ortib borishi kabi holatlar pulning muomala vositasi funksiyasining ahamiyatini pasayishiga olib kelmoqda. Masalan, 1994-1997-yillarda Angliya va Fransiyada 10%, Kanada va Germaniyada 7%, AQSHda 2% ishchi xodirnJargina ish haqlarini naqd pulda olishgan. Tovarlar sotilganda va xizmatlar ko'rsatilganda., ular uchun to'lov kechiktirib amalga oshirilgan barcha holatlarda pul to'lov vositasi funksiyasini bajaradi. Dernak, sotilgan tovar va ko'rsatilgan xizmatlar to'lov jarayonida uzilish bo'lrnasa, pul muornala vositasini bajaradi, agar ushbu jarayon rna'lum davrga uzilishi, ya'ni to'lov kechikkan holatlarning barchasida, pul avtornatik tarzda., o'zining to'lov vositasi funksiyasini bajaradi. Pulning to'lov vositasi funksiyasi asosan quyidagi holatlarda namoyon bo'ladi; - jami ijtimoiy mahsulotni yaratish, taqsimJash va qayta taqsimlashd~ - davlat budjeti xarajatlarini shakllantirish va qayta taqsirnlashda; - xo'jalik subyektlari o'rtasida amalga oshirilayotgan naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirishda; - kredit muassasalari ssuda va investitsiya operatsiyalarini bajarganda hamda pul o'tkazmalarini arnalga oshirganda; - korxona va tashkilotlar o'z xodimlariga ish haqi va unga tenglashtirilgan rnablag'larni to'lashda; - va boshqa holatlarda. PuIning to'lov vositasi funksiyasi yuridik shaxslar o'rtasida amalga oshirilayotgan naqd pulsiz hisob-kitoblarda juda keng foydalaniladi.
Download 21.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling