Mavzu: Transport ishlarini tashkil etish ko’rsatgichlarini aniqlash
Tashishni tashkil etish tamoyillari
Download 46.68 Kb.
|
Transport ishlarini tashkil etish ko’rsatgichlarini aniqlash.
5. Tashishni tashkil etish tamoyillari.
Tashishni tashkil etishda uning bir maromdaligi va o‘z vaqtida bajarilishiga hamda yuklarning miqdori va sifatli saqlanishiga, texnika, materiallar va pul harajatlari eng kam bo‘lishiga, yuqori darajali tejamkorlik va tannarxi eng arzon bo‘lishiga e’tiborni jalb etish lozim. Belgilangan miqdordagi tashish hajmini bajarish uchun zarur bo‘lgan transport vositalari va boshqa har xil qurilmalar soni minimal miqdorda va ular unumdorligi maksimal bo‘lishini ta’minlash kerak. Yuk tashishni oqilona tashkil etish uchun o‘z vaqtida ishlab chiqilgan va vaqti belgilangan reja zarur. Bunday rejani ishlab chiqishga aloqador mijozlar keng jalb etilishi zarur. Bunda transport vositalarining liniyadagi ishi meyorli bo‘lishiga hamda ortish-tushirish operatsiyalari o‘z vaqtida bajarilishiga erishish lozim. Avtotransport saroyi va mijozlarlarning o‘zaro munosabatlari belgilangan topshiriqni bajarishda o‘zaro manfaatdorlik asosida bo‘lishini ta’minlash, uni amalga oshirishda esa muayyan shartnoma va ayrim kelishuvlarga tayanish kerak. Tashishlarning o‘z vaqtida bajarilishi uchun mijozlar va avtotransport saroylari barobar javobgardirlar. Avtotransport korxonasi va mijozlarning o‘zaro munosabatlarini shartnoma orqali tartibga solinadi. Shartnomada ular aloqalari, tashish qatnashchilari, moliyaviy tartibni mustahkamlash kabilar belgilanadi. Tashishga taalluqli shartnoma ish hujjatlarining asosi sifatida joriy (yillik), chorak va tezkor (smena-sutkali) rejalar tuzishni ko‘rsatish mumkin. Shartnoma yozma tarzda umumiy shaklda yoki bir marotabali talabnoma (buyurtma) shaklida bo‘lishi mumkin. Talabnoma rejada belgilanmagan mijozga xizmat qilishda ishlailadi va uning kuchi shartnomaga tenglashtiriladi. Shartnomada quyidagilar ko‘rsatiladi: a) shartnoma tuzishda vakolatli tashkilot va uning mas’ul shaxsi; Adabiyotlar 1. Xo‘jayev B.A. Avtomobillarda yuk va passajirlar tashish asoslari.T.:«O‘zbekiston», 2002. -240 b. 2. Xodjayev B.A. Avtomobilniye perevozki. T.: « O‘qituvchi », 1991. -400s. 3. Xodjayev B.A. Gruzoviye avtomobilniye perevozki. T.: « O‘qituvchi », 1984. 4. Xo‘jayev B.A. Avtomobil transporti iqtisodiyoti. T.: «O‘qituvchi», 1992. 5. Xodosh M.S. Gruzoviye avtomobilniye perevozki. M.:«Transport»,1986-208s. L. L. Afanasev, N. B. Ostrovskiy, S. M. Sukerberg “Yedinaya transportnaya sistema i avtomobilniye perevozki”. M. “Transport”, 1984 g. E. Karimov “Avtomobillarda yuk tashish va uni tashkil qilish” T.: Sharq, 2002 y. A. I. Paliy, Z. V. Polovinshikova “Avtomobilniye perevozki” (zadachnik), M. “Transport” 1982 y. N. Arifjanova, M. Yoqubov “Avtomobillarda yuk va passajirlar tashish asoslari” fanidan masalalar to‘plami, TAYI 2006 y. Download 46.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling