Mavzu. Transport tizimlari asoslari


Download 436.8 Kb.
bet1/4
Sana02.04.2023
Hajmi436.8 Kb.
#1319546
  1   2   3   4
Bog'liq
MAVZU- 1


MA’RUZA № 1.
MAVZU. TRANSPORT TIZIMLARI ASOSLARI.
Reja:
1.Tadqiqotning maqsad va masalalari.
2.Tashishlar va transport vositalarining harakatini marshrutlashtirish.
3.Modellar va modellashtirish. Transport xizmatiga bo‘lgan talablarni modellashtirish.
4.Transport tizimlarini imitatsion modellashtirish.

Ma’lumki transport iqtisodiyotimizda va ijtimoiy hayotimizning barcha sohalarida uning barqaror hamda rivojlanishida muhim o‘ringa ega. Transport tizimlarining bir maromda va samarali ishlashi iqtisodiyotimizning yuksalishida, aholining turmush tarzini yaxshilashda katta ahamiyat kasb etadi.Biroq transport tizimlarining samarali ishlashini ta’minlash uchun bir-biriga bog‘liq bo‘lgan bir qancha masalalarni bir butun yaxlit holda ko‘rish va tahlil qilish talab etiladi.


Tashishlarni tashkil etish va optimal boshqarish masalalarini faqat transport jarayonlari va tizimlarini tahlil qilish orqali uning nazariyasiga asoslanib hal etish mumkin. Transport tizimlar faoliyatini optimal boshqarish, samarali ishalashini ta’minlash avtotransport tizimlarini tashkil etish, transport tizimlari jarayonlari, ularni boshqarish va optimallashtirish usullari, qabul qilinadigan tadbirlarning eng samaraligini tanlash masalalarini o‘rganishni talab etadi.
Bu masalalarni hal qilish uchun, transport tizimlari va uning bir maromda va uzluksiz faoliyat olib borishi uchun moddiy resurslar ,moddiy oqimlar,ortish va tushirishdagi texnologik jarayonlar, transport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlari umuman olganda transport tizimlarini yaxlit bir butunlikda o‘rganib, ularning bog‘likligi ular o‘rtasidagi mutanosiblik, tashkiliy jihatlari, tizimning samarali ishlash qonuniyatlarini tahlil qilish zarur bo‘ladi.Bunday masalalarni hal qilish uchun esa, transport tizimi faoliyatidagi jarayonlarni iqtisodiy jihatdan yoki matematik hisob-kitoblar orqali solishtirgan holda olib borish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Masalan: Transport tizimlarining faoliyatini baholashning miqdor ko‘rsatkichlarini iqtisodiy ko‘rsatkichlariga bog‘likligi yoki vaqt me’yorlariga bog‘liqligi. Biroq transport tizimlari faoliyatini tahlil qilishda bu jarayonni bir butun yaxlit ko‘rinishda o‘rganib, uning matematik modelini ishlab chiqish juda qiyin masala hisoblanadi. Buning uchun tizim faoliyati jarayonidagi barcha bo‘g‘inlarda o‘zaro bog‘likliklarning tuzulishi(strukturasi)ni texnik va texnologik parametr (ko‘rsatkich,o‘lcham,me’yor)larini to‘g‘ri aniqlab olish zarur bo‘ladi.So‘ngra tahlillar davomida transport tizimlari faoliyat ko‘rsatishiga ta’sir etuvchi tashqi va ichki omillar hamda ularga mos ravishda faoliyat yurituvchi boshqa omillar va inson faktorlarini hisobga olish zarur bo‘ladi.
Masalan :Biz tashish jarayonini tashkil etishda ob-havoning qanday bo‘lishini oldindan bilmaymiz, yo‘llarda bo‘ladigan tirbandliklarni,yoki ortish va tushirish joylariga keluvchi boshqa tashuvchilarning transport vositalari sonini va h.k. Bundan ko‘rinib turibdiki transport tizimlarini faoliyatini rejalashtirish optimal variantlarini topishda tashish jarayonidagi uzviy bog‘liqliklarning matematik modellarini yaratish orqali tizim faoliyatidagi mavjud bulgan informatsion noaniqliklar, hamkorlar o‘rtasidagi ziddiyatli holatlar, tizim faoliyatiga turlicha ta’sir ko‘satuvchi faktorlar va h.k. ga barham beriladi.Transport tizimlari faoliyatini optimallashtirish bir nechta matematik modellashtirish yo‘nalishi orqali amalga oshiriladi.

Download 436.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling