Mavzu: Tranzistor teshilishi va uning barqaror ishlash sohasini kengaytirish usullari Reja: Bipolyar transistor haqida qisqacha ma’lumot Bipolyar tranzistorning


Tranzistor teshilishi va uning barqaror ishlash sohasini kengaytirish usullari


Download 1.72 Mb.
bet2/2
Sana17.06.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1521268
1   2
Bog'liq
Konchilik ishi fak. II kurs Tranzistor teshilishi va uning barqaror ishlash sohasini kengaytirish usullari

Tranzistor teshilishi va uning barqaror ishlash sohasini kengaytirish usullari
BT larda ikki turdagi elektr teshilishlar kuzatiladi: birlamchi va ikkilamchi. Birlamchi teshilish odatda tranzistor kuchaytirgich rejimida ishlaganda kuzatiladi va kollektor-baza yoki kollektor-emitter kuchlanish ma’lum bo‘sag‘aviy kuchlanishdan ortganda, kollektor (emitter) tokining keskin ortishi bilan belgilanadi.
Ikkilamchi teshilish tranzistorning impuls yoki kalit rejimida kuzatiladi va o‘zini kollektor-emitter kuchlanish bir vaqtda keskin pasayganda kollektor toki keskin oshishi bilan namoyon qiladi. Bunday teshilish natijasida tranzistor asosidagi elektron kalit boshqarilmaydigan bo'lib qoladi va uni bu holatdan chiqarib bo‘lmaydi.UE ulangan tranzistorning statik chiqish xarakteristikalarida birlamchi va ikkilamchi teshilish sohalari 4-rasmda ko‘rsatilgan. Birlamchi teshilish sodir bo‘lish mexanizmi va rivojlanishi yetarlicha sodda. U boshlanishining birinchi sababi, teskari siljitilgan KO‘ da zaryad tashuvchilarning ko‘chkili ko ‘payishi bilan bog‘liq. Zaryadlarning ko‘chkili ko‘payishi, kollektorga berilgan teskari kuchlanish qiymati, bo‘sag‘aviy kuchlanishdan katta bo‘lganda boshlanadi.
Teshilishning rivojlanishiga kollektoming xususiy toki bilan emitter toki orasida musbat teskari aloqa mavjudligi yordam beradi. KO‘ da kuchlanish (kollektor zanjiridagi qarshilikda kuchlanish tushishi natijasida) kam ayishiga qaram asdan kollektor toki (chiqish xarakteristikalarda manfiy differensial qarshilikli sohalar) ortib boradi.

4-rasm. Tranzistorning chiqish xarakteristikalarida birlamchi va ikkilamchi teshilish sohalari.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda, tranzistorlarda quvvat o ‘zgartirishning ba’zi tomonlari gidrodinamik energiyani o‘zgartirish jarayoniga o'xshab ketadi. Emitter va kollektor sohalami do‘nglik bilan ajratilgan ikkita suv havzasiga o‘xshatish mumkin. Tranzistor tuzilmaning muvozanat holatiga, gidrogeologlar tili bilan aytganda, yuqori va pastki tub sathlari bir xil va do'nglik sathidan pastda yotgan holat to‘g‘ri keladi. EO‘ dagi to‘g‘ri va KO‘ dagi teskari siljishga yuqori tub sathi do‘nglik sathiga nisbatan yuqori ko'tarilgan, tubning pastki sathi esa, aksincha, sezilarli pasaytirilgan holat to‘g‘ri keladi.
Bipolyar tranzistor ixtiro qilingandan buyon yarim o‘tkazgichlar elektronikasi deb ataluvchi soha tez sur’atlar bilan rivojlana boshladi. Issiqlik ta ’sirida yarim o‘tkazgichdagi valent elektronlarning ma’lum qismi erkin zaryad tashuvchilarni yuzaga keltirishi mumkin. Yarimo'tkazgichlarniing elektr o'tkazuvchanligi yorug'lik oqimi, zarralar oqimi, kiritmalar konsentratsiyasi gradiyenti, elektr m aydon va boshqalar ta ’sirida ham o‘zgarishi m um kin. Yarim o'tkazgichlarning bu xossasidan turli vazifalarni bajaruvchi diodlar, tranzistorlar, termistorlar, fotorezistorlar, varikap va boshqa yarimo'tkazgich asboblar tayyorlashda foydalaniladi.
Foydalanilgan adabiyotlar


  1. Х.К.Aripov, А.М.Abduliayev, N.B.Alimova. Elektronika darslik. Toshkent -2012

  2. “Yarim o`tkazgichlar va dielektriklar fizikasi” fanidan ma’ruzalar matni Toshkent -2016

  3. Stantsiya va podstantsiyalarning elektr qismi. O’quv qo’llanma. Q.R. Allaev, I.H. Siddikov va boshq. O’z.ROO’MTV – T.: Cho’lpon nomidagi NMIU, 2016. 304b.

  4. Aloqa qurilmalarining elektr ta’minoti (o’quv qo’llanma). M.S. Sapayev, F.M. Qodirov, U.T. Aliyev. O’z.ROO’MTV, O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi. – T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2012 – 264 b.

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling