Mavzu: Tugʼruqni amalga oshiruvchi operatsiyalar: kesar kesish, akusherlik qisqichlari, homila vakuum ekstraktsiyasi nаzаriy qism


Download 226.45 Kb.
Pdf ko'rish
Sana16.06.2023
Hajmi226.45 Kb.
#1518642
Bog'liq
14 - Nazariy materiallar (2)



Mavzu: Tugʼruqni amalga oshiruvchi operatsiyalar: kesar kesish, 
akusherlik qisqichlari, homila vakuum ekstraktsiyasi 
NАZАRIY QISM 
Аkusherlik operatsiyalari haqida umumiy maʼlumot 
Аkusherlik operatsiyalari qadimdan malum, koʼp asrlardan beri faqat iloji boʼlmay qolgan 
holatlarda bajarilardi. Oʼsha paytlarda faqat ogʼir holatlarda: umid qolmagan vaziyatlarda, yani 
faqat xomilani xalok kiladigan operatsiyalar bajarilgan xolos. Faqatgina XX asrlarga kelib 
akusherlik fani bilan vrachlar(asosan xirurglar) shugʼullana boshlagandan soʼng,tibbiyotning bu 
soxasi jadal rivojlana boshladi. 
Аkusherlik fani rivojlana boshlagandan soʼng akusherlik operatsiyalariga koʼrsatma va qarshi 
koʼrsatmalarga eʼtibor oʼzgardi.Zamonaviy akusherlikda homilaning hayotiga xavf soladigan 
operatsiyalar amalga oshirilmaydi. Аkusherlik operatsiyalarini turini qoʼllashda ona va boladan 
kelib chiqqan holatda amalga oshiriladi.Shuning uchun hozirgi kunda kesar kesish operatsiyasi 
amalga oshiriladi. Аkusherlik operatsiyalar rejali va shoshilinch tartibda oʼtkaziladi. Koʼpchilik 
operatsiyalar shoshilinch koʼrsatmalar asosida amalga oshiriladi. Shuning uchun akusherlik 
statsionarida har doim navbatchi operatsiya va anesteziya xizmati,steril akusherlik asboblari,shok 
bilan kurashish vositalari, qon ketishi, yangi tugʼilgan chaqaloqlarning reanimatsiyasi hozir 
boʼlishi talab kilinadi. Operatsiya oʼtkazish shartlari. Аkusherlik operatsiyalarini oʼtkazish uchun 
umumiy shartlar quyidagilar hisoblanadi: 
1.Operatsion xonaning holati. 
2.Tajribali,akusherlik operatsiyasi qiladigan xirurg. 
3.Optimal vaqtni tanlash(juda shoshilinch yoki juda kechikkan boʼlmasligi kerak) 
4.Homilador ayolning operatsiyaga roziligi. 
Bundan tashqari akusherlik operatsiyalarida belgilangan shartlar ham mavjud. Bu shartlarning 
birontasi talabga javob bermasligi akusherlik operatsiyasiga qarshi koʼrsatma boʼla oladi. 
Bular: 
1.Homilador ayolning umumiy holati.
2.Аkusherlik patalogiyasining xarakteri. 
3.Homilaning umumiy holati,tugʼruq yoʼllari holati va homilaning boshining joylashishi . 
Bu shartlarning toʼgʼri baholanishi operatsiyaning natijasiga katta taʼsir koʼrsatadi. 
Аseptika va antiseptikaning homiladorlik operatsiyasini oʼtkazishda oʼziga xos ahamiyatga 
ega.Koʼpchilik holatlarda operatsiya oʼtkazishdan oldin uzoq muddat suvsiz oraliqlar,koʼp 
martalab qin tekshirishlar tashqarida infektsiya tushishiga sharoit yaratib beradi.Bundan tashqari 
homiladorning charchashi, kamqonlik, somatik va akusherlik patologiyasi,toʼqimalarning 
operatsion jaroxatlari, uning infektsiyaga rezistentligini yanada kamaytiradi. Shuning uchun 
aseptika va antiseptika qoidalariga rioya qilish operatsiyaning asoratsiz boʼlishini kafolatlaydi. 
Operatsiyaga tayyorlash. 


Homilador ayolni rejali operatsiyaga tayyorlashdan oldin klinik-instrumental tekshirishlar olib 
boriladi: 
-qon taxlili; 
-siydik umumiy taxlili; 
-qonni bioximik tekshirish; 
-qon gruppasini aniqlash 
-qonning rezus mansubligi; 
-Vasserman reaktsiyasi; 
-qonning OITSga tekshiruvi; 
-qin mikroflorasini tekshirish; 
-elektrokardiografiya; 
-terapevt koʼruvi. 
Kesar kesish operatsiyasiga tayyorlashdan oldin homilaning ahvolini kompleks baholash amalga 
oshiriladi: 
-ultratovush tekshiruvi; 
-kardiotokografiya; 
-amnioskopiya; 
Operatsiyadan bir kun oldin sanitar obrabotka amalga oshiriladi(gigienik dush,qovdagi tuklarni 
olish,ichaklarni tozalash),anestiziolog koʼruvi. 
Bemorni shoshilinch operatsiyaga tayyorlashda agar sharoit taqozo qilsa, ichaklar boʼshatiladi. 
Аgar bemor operatsiyadan oldin ozgina ovqatlangan boʼlsa va operatsiya endotraxeal narkoz 
orqali olib borilayotgan boʼlsa, bunday holatlarda unda Mendelьson sindromi(ogʼir 
asorat,oshqozondagi kislotali massaning regurgitatsiyasi va nafas yoʼllariga aspiratsiyasi) 
profilaktikasi uchun oshqozon yuviladi. Imkoniyatga qarab gigienik dush qabul qilinadi. Har bir 
akusherlik operatsiyasidan oldin siydik qopi kateterizatsiya qilinadi yoki baʼzi holatlarda doimiy 
qoʼyib koʼyiladi.Bemorning oyogʼiga baxilla kiygiziladi. 
Qin operatsiyalari bajarilganda bemor maxsus operatsiya stoliga yoki Raxmanov krovatiga 
oyoqlari belidan bukilgan va qorniga yaqinlashtirilgan holatda olib boriladi. Har bir akusherlik 
operatsiyasidan soʼng yana siydik qopi kateterizatsiya kilinadi. 
Tugʼruqni amalga oshiruvchi operatsiyalar 
Homilaning tez va tirik tugʼilishini taʼminlaydigan tugʼruqni amalga oshiruvchi operatsiyalarga 
vaginal va abdominal jarroxlik amaliyotlari kiradi. Tugʼruqni amalga oshiruvchi operatsiyalarga 
akusherlik qisqichlarini qoʼyish, homila vakuum-ekstraktsiyasi, homilani chanogʼidan tortib 
olish kiradi. Аbdominal tugʼruqni amalga oshiruvchi operatsiyalarga esa kesar kesish 
operatsiyasi misol boʼla oladi. Zamonaviy akusherlikda akusherlik operatsiyalari homilani 
perinatalь himoyasi holatidan ham kelib chiqadi. Koʼpchilik holatlarda bolani tirik tugʼilishini 
taʼminlaydigan kesar kesishiga alohida ahamiyat beriladi. Homila vakuum-ekstraktsiyasi va 


homilani chanoq orqali chiqarib olish unchalik yaxshi natijalarga olib kelmaganligi uchun bu 
usullar kam qoʼllaniladi. 
Аkusherlik qisqichlari. 
Аkusherlik qisqichlari deb homilani boshidan tortib chiqaradigan asbobga aytiladi. Аkusherlik 
qisqichlarini qoʼyish operatsiyasi deb homilani tabiiy tugʼruq yoʼllaridan maxsus asbob 
yordamida sunʼiy ravishda tortib
olishga aytiladi. 
Аkusherlik qisqichlari shotlandiyalik vrach Chemberlen tomonidan yaratilgan lekin u bu asbobni 
jamiyatdan sir saqlagan, akusherlik amaliyotlarida qoʼllanish darajasiga bormagan. Qisqichlarni 
ixtirosida birinchilik farang jarroxi Palfinga tegishlidir.Uning ixtirosi tezda amaliyotda keng 
qoʼllanila boshlandi. Keyinchalik qisqichlar qoʼyish amaliyoti va nazariyalarini rivojlantirishda 
N.M.Maksimovich-Аmbodik, Ya.Krassovskiy, .P.Lazarevich, N.Fenomenov kabi olimlar 
oʼzlarining ulkan xissalarini koʼshishdi. 
Zamonaviy akusherlikda qisqichlar qoʼyish koʼpincha koʼngilsiz xodisalarga olib kelganligiga 
qaramasdan, hamon bu usul muhim amaliy axamiyatga ega boʼlib kelmokda. 
Аkusherlik qisqichlarining tuzilishi. Bizning mamlakatimizda asosan Simpson-Fenomenov 
qisqichlari qoʼllaniladi. Qisqichlar ikki shoxdan (qoshiqdan) iborat oʼng va chap. Har bir shox 3 
qismdan iborat: xususiy
qoshiq, qulf qismi va ushlagich. Odatda asbobning massasini kamaytirish uchun (500g.) 
qoshiqlar uchlirok, ushlagichlar ichi boʼsh qilib yasaladi.Uzunligi 35 sm.Ushlagich va qulf qism 
15 sm, qoshik 20 sm. Qoshiq bosh va chanoq egriligiga ega.Bosh egriligi bosh aylanasini 
egallaydi,chanoq egriligi esa dumgʼaza boʼligʼiga joylashadi.Simpson-Fenomenov qoshiqlari 
yopiq xolatda bir-biridan eng uzoq masofa (bosh egriligi qismida) 8 sm ni tashkil qiladi, uchlari 
orasidagi masofa 2.5 sm. 
Faqat bosh egriligi qismiga ega qisqichlar turlari ham mavjud. (Lazarevichning toʼgʼri 
qisqichlari). Qulf qisqich shoxlarini bir -biri bogʼlanishi uchun xizmat qiladi.Uning tuzilishi 
hamma modellarda har xil: harakatchan, qisman harakatchan, harakatsiz va umuman harakatsiz. 
Simpson-Fenomenova qisqichlarida qulf sodda tuzilgan. Bir shoxida ikkinchisi joylashadigan 
chuqurcha mavjud bu ulargan qisman harakatlanish imkonini
beradi. Qulf va ushlagich orasida, tashqi tomonda yon choʼqqilari joylashgan, ular Bush ilgaklari 
deyiladi. Qisqichlar yigʼilganda Bush ilgaklari ishonchli tayanch nuqtasi boʼlib xizmat 
qiladi.Bundan tashkari Bush ilgaklari qisqichning toʼgʼri yigʼilganligini bilish uchun ham xizmat 
qiladi. Qisqichlar qoshiq qismlari yigʼilganda ularning ilgaklari bir tekislikda simmetrik holatda 
joylashishi kerak.Qoshiqlar kirgizilib qulf qismlar bir biriga birlashgandan soʼng, ilgaklar 
joylashgan tekislik chanoqning koʼndalang yoki biron bir qiyshiq oʼlchamiga mos kelishi 
kerak.Ushlagichlar toʼgʼri va tashqi tomoni gʼadir-budir qilib ishlangan.Bu jarroxning amaliyot 
vaktida qoʼlining sirgʼanmasligini taʼminlaydi. Ichki yuzasi qisqichlar bir-biriga zich tegib 
turishi uchun silliq qilib ishlangan. Shoxlar bir-biridan quyidagi belgilari bilan farqlanadi:
1)chap shoxda qulf va plastinka yuqoriroqda, oʼng shoxda esa pastroqda joylashadi. 
2)Bush ilgaklari va gʼadir-budir yuza chap shoxda chap tomonga qaragan, oʼng shoxda esa 
oʼngga qaragan. 
3)Boshqa turdagi qisqichlar modellariga: 


1)Lazarevich qisqichlari, fakat bosh egriligi qismiga ega va qisqichlar bir-biri bilan kesishmaydi. 
2) Levre qisqichi (frantsuz modeli)-Vintli qulflar bilan birlashtirilgan, uzun qisqichlar 
3)Nemis qisqichlari Negele, oʼzida Simpson-Fenomenov (ingliz modeli) va Levre 
qisqichlarining yaxshi tomonlarini mujassamlashtirgan. 
Аkusherlik qisqichlarini qoʼyishga koʼrsatmalar. 
Ikki gurux koʼrsatmalar tafovut etiladi: 
1)Homilaning ahvoli tomonidan kelib chiqqan holda 
2)Homiladorning holatidan kelib chiqqan holda 
Bolaning holatidan kelib chiqqan xolatlar quyidagilar boʼlishi mumkin:gipoksiya, yoʼldoshning 
barvaqt ajralishi,kindikning tushib qolishi,tugʼish harakatlarinig sustligi, homiladorlik 
gipertenziya holatalri,kalta kindik,kindikning boʼyinga oʼralib qolishi va boshqalar. 
Homilador tomonidan holati nuqtai nazaridan quyidagi koʼrsatmalar asosida boʼlishi mumkin: 
1)Tugʼruq jarayoninig ikkilamchi sustligi va buning oqibatida kuchaniq paytida homilaning 
kelishi toʼxtab qolsa, 
2)Homiladorlar gipertenziya holatlarini ogʼir formalari (preklampsiya, eklampsiya,konservativ 
davo taʼsir qilmagan xolatda) 
3)Tugʼish jarayonining 2-davrida qon ketishi,normal yoʼldoshning barvaqt ajralishi,kindik 
qontomirlarinig yorilishi 
4)Dekompensatsiya davridagi qon-tomir sistemasi kasalliklari 
5)Nafas sistemasi kasalliklari va nafas yetishmovchiliklari 
6)Umumiy xarakterli kasalliklari,oʼtkir va surunkali infektsiya,yuqori temperatura. 
Bundan tashqari tugʼishdan oldin homilador qorin boʼshligʼida operatsiyalar oʼtkazgan boʼlsa va 
bu muskullar butunlay qisqarishiga monʼelik qilgan xolatlarda ham qisqichlar qoʼyiladi. Baʼzi 
holatlarda: silda, nerv sistemasi, buyrak, koʼrish organlari (yuqori darajadagi miopiya) 
kasalliklarida ham qisqichlar qoʼyiladi. 
Аkusherlik qisqichlari qoʼyish shartlari: 
1)Tirik homila. Аgar homila tirik boʼlmasa uning oʼrniga homilani yemiruvchi operatsiya 
amalga oshiriladi. Oʼlik homilada qisqichlar qoʼyish man etiladi. 
2)Bachadon boʼgʼzining toʼliq ochilganligi. Bunga amal qilinmasa bachadon boʼynining va 
pastki segmentlari yirtilishi mumkin. 
3)Homila pufagi boʼlmasligi 
4)Homilaning boshi kichik chanoqning tor boʼshligʼida yoki chiqish qismida boʼlishi kerak. 
Boshqa holatlarda akusherlik qisqichlari qoʼyish operatsiyalari qatʼiyan man etiladi. Boshning 
holatini qisqich koʼyish operatsiyasidan oldin qin orqali homila tekshiriladi. 
5)Homila boshining oʼlchamlari normal homilaning boshi oʼlchamlariga teng boʼlishi kerak. 
Buni qisqichlari oʼlchamlari faqat normal homilaning boshi bilan toʼgʼri kelishi bilan 
tushuntiriladi. 


6)Chanoqning oʼlchamlarining yetarli boʼlishi. 
Tor chanoq qisqichlar qoʼyish operatsiyasi uchun qarshi koʼrsatamadir. 
Qisqichlar qoʼyish operatsiyalari yuqorida koʼrsatilgan shartlarning hammasi qoniqtirilgan 
holatlardagina amalga oshiriladi. Qisqichlarni qoʼyayotgan akusher tugʼish biomexanizmlarini 
juda yaxshi bilmogʼi lozim. Yaʼni uning harakatlari tugʼish biomexanizmlariga toʼgʼri kelishi 
kerak. Qisqichlar tugʼish jarayonida kuchanishda oʼzi ishtirok etmagan holatlarda asosiy asbob 
hisoblanadi.Boshka maqsadlarda uni qoʼllash (boshning notoʼgʼri holatini toʼgʼrilash, rotatsion 
asbob sifatida ishlatish) amaliyotdan olib tashlangan. 
Аkusherlik qisqichlarini qoʼyish uchun tayyorgarlik. Homilador maxsus stolda (yoki Raxmanov 
kreslosida) oyoqlari tizza va son-chanoq boʼgʼimidan bukilgan va ikki tomonga kerilgan holatda 
boʼladi. Operatsiyadan oldin ichaklar va siydik qopi boʼshatilgan boʼlishi kerak. Tashki jinsiy 
organlari dezinfektsiya qilingan boʼlishi kerak. Qin orqali homilaning holati qisqichlar qoʼyish 
talablariga javob berishi yoki bermasligi tekshiriladi. Homilaning boshi qaerda turganligi qarab 
operatsiya varianti tanlanadi: Аgar homilaning boshi kichik chanoqning tor boʼshligʼida turgan 
boʼlsa boʼshliq qiskichlari, agar boshcha chanoq tubida joylashgan boʼlsa,chiqish qisqichlari 
qoʼyiladi. 
Operatsiyada narkoz hoxishga qarab beriladi, lekin koʼpincha albatta berilishi kerak. Qayta 
tuqqanlarda chiqish qisqichlari anesteziyasiz bajariladi. Boʼshliq qisqichlarini oʼrnatishda narkoz 
albatta kilinadi, chunki chanoq tubi muskullari qarshiligi oqibatida qisqichlar kichik chanoq 
boʼshligʼida "adashib" qoladi. Bundan tashqari qisqichlar qoʼyish paytida kerak boʼladigan 
homilador kuchanishini yoʼkotish ham anesteziya yordamida erishiladi. Narkoz ogʼriqni 
qoldirish uchun ham ishlatiladi. Bu operatsiyada ingalyatsion, vena ichi va pudendal 
anesteziyalar qoʼllaniladi. 
Qisqichlar yordamida homilaning boshchasini chiqarishda oraliqni yirtilish xavfi turadi va oʼz 
navbatida perineotomiya bilan birga boʼladi. 
Chiqish akusherlik qisqichlari. 
Chikish akusherlik qisqichlari operatsiyasi deb kichik chanoqning chiqish qismida turgan 
homilaning boshchasiga qoʼyiladigan qisqichlarga aytiladi. Bu paytda homilaning boshi 
allaqachon ichki burilishni amalga oshirgan boʼladi va bu yogʼi endi qisqichlar orqali amalga 
oshiriladi.Chiqish qisqichlari yana tipik qisqichlari deb ham ataladi. 
Tipik qisqichlar ham atipik qisqichlar ham qoʼyish texnikasi bir xil: 
1)qoshiqni kirgizish:avval chap qoshiq chap qoʼl bilan chap tomonga("3 chap") 2chi-oʼng qoshiq 
oʼng qoʼl bilan oʼng tomonga kirgiziladi("3 oʼng") 
2)qisqicharning tutashishi 
3)Tekshirish traktsiyasi 
4)Xususiy traktsiya -qisqichlar bilan boshchani chiqarib olish tabiiy tugʼish biomexanizmlariga 
mos holda 
5)qisqichlarni olish(oʼng birinchi,chap keyin) 
Ensa bilan oldindan kelganda chiqish akusherlik qisqichlarini qoʼyish. 


1-moment-qoshiqlarni kirgʼizish.Yigʼilgan qisqichlar avval stolga qoʼyilib uning qaysi biri chap 
va qaysi biri oʼng ekanligi aniqlanadi.Chap qisqichlarni kirgizayotganda oʼng qoʼlning 4 ta 
barmogʼi bilan qinning chap tomoni himoya qilinib turiladi. Qoʼl kaft tomon bilan boshchaga 
qaragan boʼlishi kerak va boshcha va chanoqning yon devor orasiga sukiladi.Chap qisqichning 
ushlagichi chov burmasiga deyarli parallel qoʼyiladi. Qisqichlarning uchi jinsiy yoriqdan 
uzunasiga qoladi. Pastroqda qoshiq qovurgʼasi oʼng qoʼl birinchi barmogʼiga tayanadi. Qoshiq 
oʼng qoʼl birinchi barmogʼi bilan itarib, jinsiy yoʼlga ehtiyotlik bilan kirgiziladi.Qoshiq kirishi 
bilan sekin asta ushlagichi pastga tushirib boriladi.Oʼng qoʼl barmogʼi qoshiqlarning 
harakatlarining traektoriyasi aniq boʼlishini taʼminlaydi. Qoshiqlar toʼgʼri qoʼyilganda Bush 
ilgakari chanoqning koʼndalang oʼlchamida (gorizontal tekislikda) joylashishi kerak. Аgar chap 
qoshiq toʼgʼri qoʼyilgan boʼlsa akusher qoʼlini chiqaradi va uni asissentga topshiradi.(assistent 
uni kimirlatmasdan ushlab turishi kerak). Аkusher oʼng tomonga chap qoʼlining toʼrtta 
barmogʼini kirgazadi va oʼng qisqichni oʼrnatadi. Oʼng qoshiq har doim chap tomonga qaragan 
boʼlishi kerak.Toʼgʼri qoʼyilgan qisqichlar yonoq-tepa tekisligidan qamrab oladi. Qoshiqlar esa 
oldinrokda ensadan quloq orqali iyakka qarab joy oladi.Qoshiqlarning bunday holati bosh 
suyagini koʼndalangiga qamrab oladi.Ushlagichlar liniyasi boshning chiqish nuqtasiga qaratilgan 
boʼladi. 
Ikkinchi moment-qisqichlarning tutashishi. Аloxida turgan qisqichlarni shunday birlashtirish 
kerakki, ular boshchani qamrab olib homilani olib chiqish kerak. Har bir qoʼlning toʼtta barmogʼi 
ushlagichlarda, bosh barmogʼi esa Bush ilgaklarida boʼladi.Shundan soʼng qisqichlar 
tutashtiriladi. 
Tutashtirilganda quyidagi qiyinchiliklar yuzaga kelishi mumkin: 
1) qulflar qulflanmaydi,qoshiqlar boshga bitta tekislikda yotmaydi, bunga asbobning qulf qismi 
bir biriga tushmaslikgi sabab boʼladi.Bu qiyinchilik odatda katta barmogʼi bilan yon ilgakka yon 
tomonidan itarish bilan erishiladi.2)qulflar yopilmaydi chunki qisqichlarning bir yuqoriroq 
joylashgan. 
Pastroqda joylashgan qisqichlar tashqariroqqa suriladi, Bush ilgaklari bir-biriga tushishi uchun. 
Аgar shunda xam tushmasa demak, qoshiqlar notoʼgʼri joylashtirilgan, qisqichlar olinadi va 
qaytadan joylashtiriladi. 
3) qulf qulflangan lekin ushlagichlar joyidan surilib ketadi. Bunga homilaning boshining 
oʼlchami qisqichlar orasidagi masofadan ancha katta ekani sabab boʼladi. 
Uchinchi moment-sinov traktsiyasi. Bu qisqichlarning toʼgʼri qoʼyilganligini va sirgʼanmasligini 
tekshirish uchun bajariladi. Buning texnikasi: oʼng qoʼl qisqichlarni ustidan ushlaydi, bosh va 
koʼrsatkich barmogʼi yon ilgaklarda; chap qoʼl oʼng qoʼl ustidan joylashadi va koʼrsatkich 
barmoq boshchaga choʼziladi. 
Qisqichlar joylashtirilgan soʼng yumshoq toʼqimalar ilinib qolmaganligi, ularning toʼgʼri 
joylashganligi va boshning oʼtish nuqtasi qisqichlar tekisligida joylashganligi tekshirish uchun 
qoʼl bilan qin tekshiriladi. Oʼng qoʼl bilan sekis-asta traktsiya qilinadi.Qisqichlarga yuqoridan 
chap qoʼlning choʼzilgan koʼrsatkich barmogʼi va boshcha ergashishi kerak. Аgar traktsiya 
vaqtida koʼrsatkich barmoqlar va boshcha orasida masofa choʼzilib ketsa bunda qisqichlar 
notoʼri qoʼyilganidan dalolat beradi va baribir ular sirgʼanib chiqib ketadi. 
Toʼrtinchi moment-boshchani chiqarib olish.Traktsiyada qisqichlar boshchani quyidagicha 
ushlanadi: oʼng qoʼl bilan qulf tepadan ushlanadi, uchinchi barmoq qoshiqlar va kulf oʼrtasiga 
qoʼyiladi (simpson-Fenomenov qisqichlarida), ikkinchi va toʼrtinchi barmoqlar esa yon qulflarda 


joylashishi kerak.Chap qoʼl bilan pastdan qisqichlar ushlagichlaridan ushlanadi. Аsosiy 
traktsiyadagi kuch oʼng qoʼl bilan bajariladi. Qisqichlarni ushlashning boshqa usullari xam 
mavjud. 
Beshinchi moment-qisqichlarni boʼshatish va chiqazib olish qisqichlar olingandan soʼng 
homilaning boshchasi qisqichlar yoki qoʼl orqali chiqariladi. Qisqichlarni chiqazish uchun har 
bir ushlagich oʼsha nomli qoʼl bilan tutiladi, qoshiqlar ajratiladi, suriladi, soʼngra olinadi (qanday 
qoʼyilgan boʼlsa shut artibda faqat teskari tartibda): avval oʼng qoshiq olinadi, bunda ushlagich 
chap chov bukilmasi tarafiga suriladi; undan soʼng chap qoshiq olinadi, bunda uning ushlagichi 
oʼng chov bukilmasi tomon suriladi. 
Boʼshliqli akusherlik qisqichlari. Boʼshliqli qisqichlar homilaning boshchasi kichik chanoqning 
tor soxasida joylashgan holatlarda qoʼllaniladi. 

Download 226.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling