Mavzu: tunlamlar reja: Tur – misr g‘O‘za tunlami


Download 0.99 Mb.
bet4/5
Sana16.01.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1094743
1   2   3   4   5
Bog'liq
TUNLAMI

Karantin tadbirlari.
Keltirilayotgan pomidorlarni, baqlajon, dukkaklilar, kungaboqar savatchalarini g‘o‘za ko‘saklarini, atirgul, xrizantema va boshqalarni tekshirish. Zararlangan mahsulotlarni zararsizlantirish topshirish punktlarida qaytadan tekshirish. Dalalarda ishlab chiqarishda foydalaniladigan uslublardan foydalanib tekshirishlar olib borish. Uzbekistonda yuqorida qayd etilgan zararkunandalar yo‘q va ular tashqi karantin osti ob’ektlari toifasiga kiradi. SHunday ekan ushbu xavfli zararkunandalarni o‘zimizni hududimizga kiritmasligimiz kerak.
Ularni aniqlash uchun jinsiy a’zolarni sinchkovlik bilan ko‘rish kerak.
Yana bir harakterli belgi, teshilgan don topilsa, demak tuxumi ham donning satxida bo‘lishi mumkin. Don yaxshilab ko‘rilishi kerak. Vaholanki urug‘xo‘rlarning tuxumlari o‘ziga xos belgi bilan ajralib turadi (tomchisimon rangsiz, tiniq tuxum).
Lekin urug‘xo‘rlarning tuxumlari boshqacha bo‘lishi ham mumkin. Masalan: Braziliya tuxumxurlarning tuxumi don satxida yopishib turadi, ammo shakli bilan ok rangdagi dumaloq salgina yassilangan bo‘ladi.
Agar dukkakli donida teshik topilsayu tuxum topilmasa unda don lupa yoki binoqulyar yordamida yaxshilab ko‘rilishi kerak. Chunki ayrim urug‘xurlar masalan loviya tuxumxo‘rining urgochilari o‘zlaring tuxumlarini don satxiga yopishtirmaydi. Ularning lichinkalari 0,5 mm dagi teshikcha kilib donning ichiga kiradi.
Gorox urug‘xo‘ri zararlashni dalada boshlaydi va uning lichinkasini donga juda mayda xuddi ignaning uchi bilan qilingan teshikdan kiradi.
Ularni aniqlashda flotatsiya usuli qo‘llanishi maqsadga muvofikdir. Bu juda oson lekin shu bilan birga juda samarali usul. Uni utkarish uchun asbob aslaxalar talab qilinmaydi.
Barcha yuzaga chikkan donlarni karantin inspektori o‘zi bilan laboratoriya analizni o‘tkazish uchun olib ketadi. Flotatsiya usuli ayniqsa satxi sillik bo‘lmagan dukakli donlarni tekshirishda juda qo‘l keladi.
Laboratoriya analizi vaqtida eng avvlo urug‘xo‘rning turi aniqlanishi kerak, so‘ngra o‘rtacha namunadan hamma shubxali, yaxshi rivojlanmagan urug‘lar ajratiladi va sinchkovlik bilan tekshiriladi. Agar imkoniyat bo‘lsa rentgenografiya usuli qo‘llanilishi ishni ancha engillashtiradi. Ayniqsa bu usul import qilingan dukkakli o‘simliklarni donlarini tekshirishda samaralidir.
Mabodo agar analiz uchun olingan namunalar miqdori ko‘p bo‘lsa unda makrolyuminsent usuli qo‘llanilishi kerak.
Gorox loviya va boshqa dukkakli o‘simliklarni urug‘larni analiz qilishda ularning teshilganlarni ajratish uchun ayrim hollarda bo‘yash usuli ishlatiladi. Buning uchun tukli yoki mayda kuzli setkada o‘rtacha namunadan olingan 500 gr don 1-1,5 dakika lyugol eritmasiga botiriladi. Undan keyin donlar 0,5 % KON eritmasiga botiriladi o‘sha zahoti sovuk suvga chayqatiladi. Donga uro‘g‘xurlarning lichinkalari kirgan joylarida korayadi va yaqqol kurinadi. Bu usul koramtir rangdagi dukkakli donlarni analiz qilishda ishlatilmaydi.
Dukkak donlarni analiz qilishda oson loviya uro‘g‘xuri va ayrim boshqa dukkakli donlarni zararlaydi. Lekin tuxum xo‘rlarni donining sathiga yopishtirmaydi. Urug‘xurlarni aniqlashda ishlatiladi. YAna bu usul donlarning ichida derazacha hosil kilmaydigan yoki hosil qiladigan lekin donning notekis bo‘lgan uchun ko‘rinmaydigan urug‘larni aniqlashda qo‘llaniladi. Agar namunalarda faqat tirik tuxum va lichinkalar donning ichida aniqlansa unda bu donlar ommaga aylanguncha qattiq yo‘g‘onlashib kolaveradi. Jadal rivojlanishi davridan tur va oilasini aniqlash juda kiyin, yana bu usul laboratoriya analizida donlar orasida yoki ichida butun qo‘ng‘iz topilmasa unda uning ayrim a’zolari topilgan vaziyatd harakter belgilardan qaysi tur va oilaga mansubligini anklash usuli ham bor. Chunki qo‘ng‘izlar bir biriga o‘xshasada baribir o‘ziga xos belgilardan xulosa qilsa bo‘ladi.
Urug‘larni turgacha faqat lichinkalarni oxirgi davrdagi po‘stidan ham aniqlash mumkin. Og‘iz a’zolari va boshqa lichinka belgilardan turlariga mansub zararkunandani aniqlash mumkin.
Yuqorida qayd etilgan usullarni qo‘llashda ko‘rik to‘g‘ri o‘tkazilishi kerak. Birinchi navbatda brezentga tushgan qoldiqlar analiz uchun to‘liq olinishi shart.
Agar donning ichida o‘lik qo‘ng‘izlarni buzmasdan olish kerak bo‘lsa unda donning ochib ko‘rishdan oldin donlar bir ikki soatga xona haroratdagi suvga yoki kaynok suvga bir ikki dakika botirish kerak. Suvda pishgan donlardan ayrimi olinib tanalari osonlik bilan dukkakli o‘simliklarning urug‘larini ko‘rik va ekspertiza vaqtida aniqlab bo‘lmaydigan zararkunandalar. Yuqorida qayd qilingan, qo‘yidagi karantin osti ob’ektidir. Dukkakli don mahsulotlarida topilishi mumkin xitoy urug‘xuri va turt nuqtali urug‘xo‘r, bulardan tashqari hududimizga uchraydigan xavfli shu turkumga mansub qo‘yidagi zararkunandalar mahsulotlarda aniqlanishi mumkin.


Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling