Optik usullar o‘rganilayotgan hamma usul va uslublar asosida infraqizil, ko‘rinadigan ultrabinafsha va rentgen nurlarining analiz qilinayotgan modda tomonidan yutilishi hamda tarqalishiga asoslangan. Quyida bayon qilinadigan analiz turlarining hammasi optik usullarga kiradi. Birinchi o‘rinda optik usullar turadi. - Optik usullar o‘rganilayotgan hamma usul va uslublar asosida infraqizil, ko‘rinadigan ultrabinafsha va rentgen nurlarining analiz qilinayotgan modda tomonidan yutilishi hamda tarqalishiga asoslangan. Quyida bayon qilinadigan analiz turlarining hammasi optik usullarga kiradi. Birinchi o‘rinda optik usullar turadi.
- Optik nurlanishga monoxromatik to‘lqin uzunligi 100 mm - 1 mm bo‘lgan nurlanishlar kiradi. Optik nurlanishning - ultrabinafsha, ko‘zga ko‘rinadigan va infraqizil kabi spektral turlari farqlanadi.
- Ultrabinafsha nurlarning to‘lqin uzunligi 280-400 mm atrofida. Ko‘zga ko‘rinadigan nurlarning quyi chegarasi 380-400 im, yuqori chegarasi esa 760-780 im ni tashkil qiladi.
- Infraqizil nurlanishga esa monoxromatik to‘lqin uzunligi ko‘zga ko‘rinadigan nurlar uzunligidan katta va yuqori chegarasi 1 mm dan kichik bo‘lgan nurlar kiradi
Fotokolorometrik - Fotometriya — fizik optikaning manbalardan chiqib, turli muhitda tarqaydigan va jismlar bilan o‘zaro ta’sirlashadigan optik nurlanishning energetik ko‘rsatkichlarini o‘rganadigan bo‘limi. Fotometriyaning asosiy energetik tushunchasi nurlanish oqimi-F bo‘lib, uning fizik maʼnosi elektromagnit nurlanish tashiydigan o‘rtacha quvvatdir. Tor maʼnoda fotometriya deganda yorug‘lik kattaliklari tizimiga tegishli (yoritilganlik, yorug‘lik kuchi, ravshanlik va hokazo) kattaliklarni o‘lchash va hisoblash tushuniladi.
- Fotoelektr kolorimetr (FEK) larda nurni qabul qilishda asosiy vosita fotoelement hisoblanadi. U nur energiyasini elektr energiyaga aylantiradi. Fotoelement sifatida ishlatiladigan moddaga yorug‘lik tushganda uning atomidan elektronlarning siqib chiqarilishiga fotoeffekt deyiladi. 1888-yilda rus olimi A.G.Stoletov fotoeffektning asosiy qonunini eksperimental tarzda yaratgan. Fotometriyada fotoelementlarning emission va yarim o‘tkazgichli tiplari ishlatiladi.
- Kolorimetriyadan foydalanib, turli biologik materiallar yoki metallardan qo‘shimcha tarzda bo‘ladigan juda oz miqdordagi elementlarni aniqlash mumkin. Elementlarni bu qadar oz miqdorlarini tortma va hajmiy analizning odatdagi usullari bilan amalda aniqlash mumkin emas, chunki ularni eritmadagi konsentratsiyalari yetarli darajada bo‘lishi uchun tegishli moddalardan analizga juda ko‘p miqdorda tortib olish kerak bo‘ladi. Bunday hollarda kolorimetrik usuldan foydalanib juda tez va aniq natijalar olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |