Mavzu: Turizm shakllari va turlari. Turizmni zamonaviy turlari


Download 0.63 Mb.
Sana16.06.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1499429
Bog'liq
mavzu-2

Mavzu:Turizm shakllari va turlari.Turizmni zamonaviy turlari

Turizmning shakllari haqida tushunchalar

  • Turizm amaliy harakatlar va tadbirlar yig‘indisi sifatida jismoniy tarbiyaning muhim vositasi hisoblanadi. Uning ta’lim-tarbiya va sog‘lomlashtiruvchi xususiyatlari shaklan va mazmunan jamiyat taraqqiyotida muhim o‘ringa ega. Ya’ni u sayohatlar jarayonida bilim va amaliy malakalarni oshirish yo‘li bilan ishlab chiqarish sifatini yaxshilash hamda sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga bevosita xizmat qiladi. Ta’kidlaganimizdek, turizm o‘z shaklini sayr (ekskursiya) va sayohatlardan ifoda etadi.

Ichki turizmni rivjlantirish va sayohatlar qilish

Sayrlar (экскурция)ga qo‘yilgan maqsadlar asosida shug‘ullanuvchilarning yoshi, jinsi va salomatligiga qarab tadbirlar uyushtiriladi. Ularning eng asosiy yo‘nalishlari uyidagilardan iborat:

  • 1. Maktabgacha ta’lim muassasalaridagi sayrlar.
  • 2. Maktab o‘quvchilarining sayr-sayohatlari.
  • 3. Mehnat jamoalari xodimlarining sayr-sayohatlari.
  • 4. Aholi istiqomat joylaridagi kishilarning sayr-sayohatlari.
  • 5. Xorijiy mamlakatlardan kelgan mehmonlarning sayrlari.

Sayrlarni tashkil qilishning asosiy maqsad va vazifalarini quyidagicha ifodalash mumkin:

  • 1. Shug‘ullanuvchilarning (qatnashchilar) sihat-salomatligini yaxshilash uchun piyoda kezish, qulay joylarda mashqlar, o‘yinlar o‘tkazish.
  • 2. Atrof-muhit va tabiat manzaralari bilan tanishtirish, e’tiborga loyiq aholi yashaydigan joylarni o‘rganish.
  • 3. Tarixiy va madaniy obidalarni tomosha qilish va ularning tarixini o‘rganish.
  • 4. O‘zi yashab turgan joylarning (yosh bolalar uchun) tarixi, rivojlanishi va mehnatkashlarning xizmatlarini o‘rganish (bilish).
  • 5. Ilmiy izlanish ishlarini (mutaxassislar) olib borish va hokazo.

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling