Маvzu: turizmda topografik bilimlar berish (2с)


Download 50.35 Kb.
bet4/5
Sana02.01.2022
Hajmi50.35 Kb.
#186441
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-TURIZMDA TOPOGRAFIK BILIMLAR BERISh

Kapqotan. Bu g'or to'g'risida juda ko'p afsonalar to'qilgan. Bu afsonalarning biri ikkinchisidan qiziq. Shuning uchun speleologlar (g'or qidiruvchilar, tekshiruvchilar) 50-yillardayoq bu g'or bilan jiddiy ravishda shug'ullana boshladilar. Bu erdan marmar  toshlarning katta zahirasi topilgan. Ushanda bo'shliqning atigi 180 metrigina bosib o'tilgan edi, xolos. Tuproqli ulkan to'siq speleologlar yo'liga g'ov bo'lganligi uchun g'orning davomiga o'tib bo'lmagandi. Oradan o'n yild o'tgach, portlatish yo'li bilan bu g'ov bartaraf etildi. Shundan keyingina Kapqotan g'orining umumiy uzunligi 5 ming metr ekanligi ma'lum bo'ldi.

1977 yilda g'or ichidagi quduqdan o'tishga va bo'shliqning 2-qavatiga ko'tarilishga muvaffaq bo'lindi. Bu er dastlab qanday bo'lsa, shundayligicha qolgan. G'orning ayrim joylarida chog'roq ko'llar ko'zga tashlanadi. 1981 yil bahorida ko'l paydo bo'ladigan Go'rov g'orida qidiruv ishlari oilb borilgach, yoriq topildi. Havzadagi ortiqcha suv shu yoriqdan oqib o'tadi. Keyinchalik bu yoriq kengaytirildi va undan o'tib yana sakkizta kichik g'orlar topildi. G'orlarning o'ziga yarasha sirlari va tomosha qilish uchun qiziqarli tomonlari ko'p. Kapqotan g'ori dunyodagi g'orlar orasida kattaligi jihatdan 12-o'rinda turadi. Yangi yo'lning ochilgani esa uni 5-o'ringa chiqarib qo'ydi.




Download 50.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling