Mavzu: Turk xoqonligi reja


Download 106.55 Kb.
Sana06.04.2023
Hajmi106.55 Kb.
#1335790
Bog'liq
Mavzu Turk xoqonligi-fayllar.org


Mavzu: Turk xoqonligi

Mavzu: Turk xoqonligi

REJA:

Yevrosiyo kengliklari va unga qoʼshni oʼlkalardagi keng hududlarda hukm surgan Buyuk Turk xoqonligi (552–744) va uning tarkibiy bir qismi boʼlmish Gʼarbiy Turk xoqonligi (568–740) Markaziy Osiyo xalqlari, jumladan, oʼzbek xalqi davlatchiligi tarixida muhim oʼrin egallaydi.

Bu davrda Sirdaryoning oʼrta havzalari (Choch, Oʼtror/Tarband, Isfijob/Sayram)dan tortib to Yettisuv (Taroz, Suyab, Issiqkoʼlning gʼarbi)ga qadar hududlarda oʼnlab katta-kichik shaharlar qad rostlagan boʼlib, aholisini asosan turkiylar va sugʼdiylar tashkil etardi. Bunga oʼsha davrdagi xitoy va vizantiya manbalaridagi maʼlumotlar hamda ularning turkiy va sugʼdiy yoki turkiy-sugʼdiy asosli joy nomlari guvohlik beradi. Toʼgʼri, ushbu shahar va oʼtroq aholi maskanlarining katta bir qismi Turk xoqonligi davrida, yaʼni VI asr ikkinchi yarmi–VIII asrlar oraligʼida paydo boʼlgan boʼlsa ham, boshqa katta bir qismi xoqonlik tashkil topgunga qadar ham yirik aholi maskanlari oʼlaroq bilinardi.

VII asrning 30- yillarida Gʼarbiy Turk xoqonligining Yettisuv–Taroz–Isfijob–Choch yoʼnalishi boʼylab janubga yoʼl olgan xitoy rohibi Syuan Szan (629–645) va Sharqiy Turkistonning janubi orqali yoʼlga chiqqan sayyoh Xoy Chao (726) esdaliklaridan bu hududdagi aholi manzillarida turkiylar va sugʼdiylar koʼpchilikni tashkil etgani ayon boʼladi

Ushbu hududlarda yashovchi turkiy urugʼlar dashtlarda, togʼlarda yoki choʼl landshaftlarida shakllangan har xil xoʼjalik tiplariga koʼra ham bir-biridan oʼzaro farq qilardi. Jumladan, xoqonlik asoschisi Аshina xonadoni togʼ muhitiga moslashgan hunarmandchilik (yaʼni temirchilik) bilan shugʼullanuvchi uruqqa mansub boʼlsa, qarluqlar ham bir necha jihatlari bilan qadimdan togʼ xalqi boʼlib kelgan. Oʼnlab urugʼlardan tashkil topgan oʼgʼuzlar esa koʼproq choʼl sharoitida shakllangani uchun ham xoʼjalik sharoiti shunga moslashgan boʼlib, tipik koʼchmanchi xarakterga ega edi. Keyinchalik «qipchoq» nomini olgan boshqa bir yirik turkiy qabila/urugʼlar birlashmasi esa, koʼproq, dasht tegralarida istiqomat qilishardi


Download 106.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling