Mavzu: Turkiston general-gubernatorligini tashkil etilishi va uning boshqaruv tizimi Reja


Turkiston General-gubernatorligini boshqarganlar rahbarlar


Download 0.96 Mb.
bet2/8
Sana09.04.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1347624
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Туркистон генерал губернаторлигини ташкил топиши

Turkiston General-gubernatorligini boshqarganlar rahbarlar


Boshqargan yillari

General-gubernator

1867-1882

Kaufman Konstantin Petrovich

1882-1884

Chernyayev Mixail Grigoryevich

1884-1889

Rozenbax Nikolay Ottonovich

1889-1898

Vrevskiy Aleksandr Borisovich

1898-1901

Duxovskoy Sergey Mixaylovich

1901-1904

Ivanov Nikolay Aleksandrovich

1904-1905

Tevyashev Nikolay Nikolayevich

1905-1906

Subbotich Dean Ivanovich

1906-1908

Grodekov Nikolay Ivanovich

1908-1909

Mishyenko Pavel Ivanovich

1909-1914

Samsonov Aleksandr Vasilyevich

1914-1916

Martson Fyodor Vladimirovich

1916-1917

Kuropatkin Aleksey Nikolayevich

TURKISTON GENERAL-GUBERNATORLIGI – ma’muriy-hududiy birlik. Turkiston chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishi jarayonida6, 1867 yil 11 iyulda tashkil qilingan. General-gubernatorlikni asosan harbiylar boshqargan. Bosib olingan Turkiston o’lkasining birinchi general-gubernatori lavozimiga general Kaufman tayinlangan. Unga Turkistonni «Rossiya qo’lida mahkam saqlash, davlat xarajatlarini kamaytirish va daromadlarni ko’paytirish» vazifasi yuklatilgan. Tukiston general-gubernatorligi Rossiyaning boshqa general-gubernatorliklaridan farqli, harbiy vazirlikka bo’ysundirildi. General Kaufmanga shu darajada katta huquqlar berilgan ediki, tub aholi uni «yarim podshoh» deb ta’riflardi. Tukiston general-gubernatorligi tarkibida hozirgi Qoraqalpog’istonni o’z ichiga olgan Amudaryo bo’limi bor edi. Shuningdek, Tukiston general-gubernatorligi Buxoro va Xiva xonliklari ustidan nazorat o’rnatgan. General-gubernatorlik chor hukumatining mustamlakachilik va milliy zulmini izchillik bilan amalga oshirib bordi7.
19-asr 90-yillarida Tukiston general-gubernatorligi hududi, 1,66 mln. km2 bo’lib, 5 oblast (viloyat) (Ettisuv, Sirdaryo, Farg’ona, Samarqand, Zakaspiy)ga bo’lingan, 1897 yilgi aholi ro’yxatiga ko’ra, 5,3 mln.ga yaqin kishi yashagan. Milliy tarkibi: o’zbeklar (35,77%), qozoq va qirg’izlar (44,36%), turkmanlar (4,98%), tojiklar (6,73%), qoraqalpoqlar (2,26%), ruslar (3,75%) va boshqa xalqlar (2,15%). Tukiston general-gubernatorligi ma’muriy jihatdan oblast (viloyat)lardan tashqari uezdlar, uchastkalar, volostlarga, volostlar esa qishloq jamoasi – oqsoqolliklarga bo’lingan. Uezdlardagi ko’chmanchi aholisi bo’lgan volostlar ovul jamoasiga bo’lingan. General-gubernator o’lkaning bosh idora etuvchisi, Turkiston harbiy okrugi ko’mondoni hisoblangan.
Tukiston general-gubernatorligi tuzilgan vaqtidan boshlab uning siyosiy-ma’muriy markazi Toshkent bo’lgan, shaharda Tukiston general-gubernatorligi va Sirdaryo oblast harbiy gubernatorlarining qarorgohlari joylashgan. Shaharni shtab ofitserlaridan bo’lgan shahar boshlig’i boshqargan. 1870 yil Rossiya imperiyasida ta’sis qilingan «Shahar nizomi» Toshkent uchun ham 1877 dan joriy qilingan. Unga ko’ra Toshkentda shahar dumasi va shahar hokimi saylangan. Shahar saylov yig’inlari duma a’zolarini, ular esa shahar boshqarmasi a’zolarini saylagan. Oktyabr to’ntarishidan so’ng Tukiston general-gubernatorligi tugatilib, uning hududida Turk­ASSR tashkil qilingan.



Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling