Mavzu: Turkiy tillarning fonetik-fonologik, morfem-morfologik, leksik-semantik tuzilishi Reja
Turkiy tillarning so‘z tarkibi haqida ayrim mulohazalar
Download 50.84 Kb.
|
Jumagul turkiy tillar
Turkiy tillarning so‘z tarkibi haqida ayrim mulohazalar
Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, VII–XIII asrlardagi O‘rxun-Yenisey yodgorliklariga nisbatan X–XII asrlardagi uyg‘ur-turk yozuvidagi turkiy tillar leksik qatlami boy ekani ma’lum bo‘ladi. Bunga sabab, bir tomondan, qadimgi turkiy tilning qo‘llanish hududi kengaydi, ikkinchidan, adabiy tilning grammatik qurilishida kitobiylik ustun bo‘la bordi, so‘z yasalish imkoniyatlari kengaydi, stilistik vositalar tizimida turli-tuman xususiyatlar paydo bo‘ldi. VII–IX asrdagi qadimgi turkiy til leksik qatlami so‘zlashuv nutqiga asoslanib, unda o‘g‘uz dialekti yetakchilik qilgan bo‘lsa, IX–X asrlardagi qadimgi turkiy adabiy til leksik qatlamida, chet so‘zlardan tashqari, turli dialektlardan – o‘g‘uz, qipchoq va boshqa qator dialektlardankirgan so‘zlar ham asosiy qatlamni tashkil qiladigan bo‘ldi, ya’ni o‘g‘uz qabilasi tilidan boshqa qabilalar tili ham adabiy til shakllanishiga asos bo‘ldi. Shuning uchun bu davr adabiy tili keng hududdagi turkiy qavmlar tili sifatida faoliyat ko‘rsata boshladi. 3Yuqorida aytganimizday, sanskrit, xitoy tillaridan qilingan tarjimalar natijasida bu tillarning tasviriy ifoda vositalariga xos xususiyatlar ta’sir etdi. VII–IX asrdagi qadimgi turkiy til leksik qatlamida mavhum tushunchalami ifodalash yorqin ko‘zga tashlanmagan bo‘lsa, IX–X asrlardagi qadimgi turkiy adabiy tilda ifoda vositalari kengaydi. Qadimgi turkiy tilga kirib kelgan bir qator sanskritcha, xitoycha, so‘g‘dcha, tibetcha so‘zlar turli diniy-axloqiy tushunchalami4, aqidalarni ifodalash vositalari sifatida muhim ahamiyat kasb etdi: buyan (sanskr. – ezgu ish), bodi (sanskr. – mukammallikka erishish), bushi (xit. – sadaqa), in (xit. – haqiqat), inzu (xit. – mutlaq mavjudotlar), yang (xit. – tarz, xil), kshanti (sanskr. – tavba), nirvani (so‘g‘d. – hayajon, kuchli hissiyot), nom (so‘g‘d. – diniy qonun, diniy ta’limot) va h. Chetdan kirgan so‘zlardan so‘z yasalish hodisasi bu davr adabiy tilida uchraydi. Shunisi diqqatga sazovorki, so‘z yasalganda, yasama so‘z alohida holatda ham, sinonimlar qatorida ham qo‘llangan. Otni tagin togha fighay bushigi man tip tidi – Shunda shahzoda: “Men nochorman, qashshoqman”, deb javob berdi; Kishi azuninta toghduqta joq ighay arinyarligh bushigi qoltghuipi bolmishlar – Insoniyat olamida tug‘ilganlarida (ular) qashshoq, baxtiqaro kambag‘al bo‘lganlar. Bunday so‘z yasalishining qadimgi turkiy tilda mavjudligini shu bilan izohlash mumkinki, bushigi yasama so‘zi hali qadimgi turkiy adabiy tilga singmagani uchun, bu so‘zning sinonimi bo‘lgan mavjud turkiycha qoltghugini qo‘llashga ehtiyoj bo‘lgan. Bunday so‘z qo‘llash usuli asosan “Oltin yorug‘”da uchraydi. Bunday so‘z yasalish usuli, shubhasiz, adabiy tilning leksik qatlami boyishiga xizmat qilgan. Umuman, jamiyat hayotidagi o‘zgarishlar, birinchi navbatda, leksik qatlamda aks etadi. XULOSA Har bir til oilasining boshqa til oilalaridan ajratib turuvchi xusu- siyatlari mavjud. Turkiy tillar oilasi uchun xos bo‘lgan singarmonizm, so'z boshida undoshlarning ketma-ket kela olmasligi. bir bo'g'inda undoshlarning qator kelmasligi, gap bo'laklarining joylashish tartibi kabi xususiyatlar bu tillami boshqa til oilalaridan farqlab turadi. Muayyan tilga xos xususiyatlar shu til oilasining til qurilishi. grammatik tizimini tashkil etadi. Til oilasining o' ziga xos xususiyatlari muayyan davr nuqtayi nazaridan o'rganiladi. Tilga xos fonetik-fonologik, leksik-semantik, morfem-morfologik xususiyatlar o'zgaruvchan bo'lib. turli tillardagi o'xshash jihatlar genetik asos til belgilari bilan izohlanadi. Shu bilan bir qatorda tashqi omillar ham nazarda tutiladi. Mahmud Koshg'ariy turkiy tillar fonetik qonuniyatini birinchi- lardan bo'lib yoritgan olimdir. U “Devonu lug'otit turk”da fonetik qommiyatlarning tovush almashuvi, tovush tushishi, tovush ortishi kabi ko'rinishlarini batafsil izohlagan. Hozirgi o‘zbek adabiy tili janubi-sharqiy (qarluq) guruhi negizida yuzaga keldi. Qipchoq dialektlari eng qadimiy bo‘lib, ularda singar- monizm, 8 fonemali unlilar tizimi saqlanib qolgan. Aksincha, qarluq dialektlari asosida shakllangan o‘zbek adabiy tili tovush tizimi eroniy tillar ta'sirida muayyan o‘zgarishlarga uchradi, unli fonemalar soni qisqarib, 6 taga tushib qoldi. Keyingi davrlarga kelib mo‘g‘ul guruhidagi turkiy tillar - uyrot, qalmiq, buryat tillari shakllandi. Amur bo‘ylarida tungus-manchjur guruhiga mansub nanay, ulch, udegey tillari yuzaga keldi. Ohangdoshlik unli tovushlarning moslashuvi, ohangdoshligi, uyg'unligi demakdir. Bu hodisa faqat turkiy tillarda uchraydi. Yozuvchilar, shoirlar, umuman yakka shaxslar tomonidan yaratilgan, ijod qilingan yangi so‘zlar shaxsiy (individual) nutq nеologizmlari dеb yuritiladi. Masalan, G‘.G‘ulom asarlarida nursiramoq, kurashdosh, hamrang, yalovkash, sеzim, damkash, uvadaband, daryodil, sharofobod, safarbasta, hijronzoda; M.Shayxzoda asarlarida mеhnatdosh, oydosh, kalitlamoq, fazoshumul, tundalik, nuriston, salomobod, bеmorxona, mеhnatnoma nеologizmlari uchraydi. Bu tip so‘zlar tilshunoslikda okkazional (muvaqqat) so‘zlar dеb ham yuritiladi. Okkazional so‘zlarning ko‘pchiligi umumtil faktiga aylanmaydi. Bular ma'lum bir asar tilining o‘ziga xos mulki hisoblanadi. Nеologizmlar uch usul asosida tilda paydo bo‘ladi: 1) boshqa tillardan so‘zlar qabul qilish natijasida (birja, rеyting, bakalavr, fеrmеr); 2) ichki imkoniyatlar asosida so‘zlar yasash natijasida (yilnoma, haftanoma, kitobsеvar, oltintopar, navoiyxonlik, ayyubg‘ulomxonlik); 3) mavjud so‘zlarni yangi ma'noda qo‘llash natijasida (yo‘ldosh – еr yo‘ldoshi, payvandchi – mеtallni ulovchi ma'nolarida) yuzaga kеladi. Turkiy tillar – agglyutinativ tillar guruhiga kiradi. Turkiy tillardagi affikslar bir ma’nolidir – so‘z tarkibida ishtirok etayotgan har bir qo‘shimcha faqat bir ma’noni anglatgan holda birin – ketin yopishib ketaveradi. Masalan, o‘zbek tilida o‘qituvchilarga so‘zida o‘qi - o‘zak, t-orttirma nisbat qoshimchasi, uv-harakat nomi qo‘shimchasi, chi-shaxs oti yasovchi affiks, lar-ko‘plik, ga-jo‘nalish ma’nosoni ifodalaydi; vengr tilida haz-uy, hazfa-uyda, hazak-uylar, hazakba-uylarda. Ko‘rinadiki, turkiy tillardagi qo‘shimchalar o‘zakka mexanik ravishda qo‘shilaveradi, lekin o‘zak bilan birikib, singib ketmaydi, o‘zakdan ajralib turadi. Shuningdek, turkiy tillarda prefiks yo‘q (fors-tojik tillaridan kirib kelgan ayrim old qo‘shimchalardan tashqari), ya’ni qo‘shimchalarining ketma- ket qo‘shilishi natijasida so‘zning kengayishi faqat bir tomonga, ya’ni o‘ng tomonga yo‘nalgan bo‘ladi: maktablarga. Turkiy tillardagi ko‘makchilar otdan yoki ot vazifasidagi so‘zdan keyin kelib, uni boshqa so‘zga – boshqaruvchiga bog‘laydi va ular orasidagi sintaktik munosabatni ifodalaydi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Sayfullaeva R., Mengliev B., Boqieva., Qurbonova M., Yunisova Z., Abdullaeva M. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. –T.: 2009. 2. Jamolxonov H. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. –T.: Talqin. 2005. 3. Mengliyev B.R. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Fonetika-fonologiya. Grafika. Imlo. Leksikologiya-semasiologiya. Leksikografiya. I qism Qarshi. 2004. 4. . E. Qilichev. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Buxoro. 1999. 5. Sherbak A. M. Sravnitelnaya fonetika tyukskix yazïkov. L., 1976. Serebrennikov B. A., Gadjiyeva N. Z. Sravnitelno-istoricheskaya grammatika tyurkskix yazïkov. M., “Nauka”, 1986. Nurmaxonova A. Türki tilderiniñ salїst їrmalї grammatikasї.“Mektep” baspasї, Almatï, 1971. 8. Mahmudov Q. O‘zbek tilining tarixiy fonetikasi. Toshkent, 2004. 9. Rafiyev A. Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi. Toshkent, 2004. 1 Abdurahmonov F., Rustamov A. Qadimgi turkiy til. - Toshkent:O‘qituvchi, 1982. 2 Kononov A. Grammatika yazыka tyurkskix runicheskix pamyatnikov VII-IX vv..-L ., 1980. 3 Грамматика тюркских языков. М.; Наука, 1986. 4 Щербак A.M.Грамматический очерк языка тюркских текстов X— XIII вв. Из Восточного Туркестана. M.—Л., 1961. Download 50.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling