b) qisqa muddatli davr. Bu davr mobaynida alohida ishlab chiqaruvchilar va umuman butun tarmoqning quvvati o’zgarmaydi. Lekin, korxona o’z quvvatini intensiv tarzda ishga solishi uchun etarli vaqtga ega. Misolimizdagi fermer intensiv uslublardan foydalanib, erga qo’shimcha o’g’it-pestitsid, mehnat sarflab, suv quyib pomidor hosildorligini oshi-rib, evaziga taklifni ko’paytirishi mumkin. Natijada nihoyatda qisqa muddatli davrga qaraganda taklif ortadi. Lekin narx nihoyatda qisqa muddatli davrga qaraganda pastroq bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |