Mavzu: Turli materiallar bilan ishlash darslarini tashkil etish metodikasi


Download 21.74 Kb.
bet2/5
Sana21.09.2023
Hajmi21.74 Kb.
#1684149
1   2   3   4   5
Bog'liq
Turli va tabiiy materiallar bilan ishlash darslarini tashkil etish

Gerbariy ramkalarida quritish. Gerbariy ramkalarida quritilgan o’simliklarning ko’pchiligi o’zining tabiiy rangini saqlab qoladi. Bunda o’simlik yumshoq qog’oz yoki gazeta orasiga solib qo’yiladi. Har bir varaq qog’oz va o’simiik o’rtasiga yana bir necha qavat qog’oz yoki gazeta qo’yiladi, chunki quritilayotgan o’simlik o’zidan namlik chiqaradi. Shundan so’ng papka ikkita to’rsimon ramka o’rtasiga qo’yilib, ochiq havoga qo’yiladi. Agarda havo harorati kechqurun va kechasi juda pasayadigan bo’lsa, o’simlik issiq va quruq joyga olib quritiladi.

Pressda quritish. Orasiga o’simlik solingan qog’ozlar gerbariy papkasi o’rniga ikkita faner listlar o’rtasiga joylanib, og’ir narsa bostirib qo’yiladi. Og’rilik pressga qancha o’simlik joylashtirilganligiga bog’liq bo’ladi. Mayda nozik o’simliklar kam og’irlikni va quritish uchun kamroq vaqtni talab qiladi. 2-3 soatdan so’ng qog’oz almashtiriladi. Quritish shu usulda davom ettiriladi.

Issiq dazmol bilan quritish. Issiq dazmol bilan odatda barglar, poyalar, maysalar quritiladi. Qavat-qavat gazeta yoki yumshoq qog’oz orasiga o’simlikni qo’yib, ustidan dazmol yurgiziladi. So’ngra ustki qavatidagi gazetani olib, quritilayotgan o’simlik shamollatiladi va quruq joyga suriladi, so’ngra gazeta yopib yana dazmollandi. O’simlik 2-3 minutda quriydi va u o’zining tabiiy rangini yo’qotmaydi. Agarda quritilgan o’simlik ko’tarilganda o’zining tanasini ushlab tursa, u yaxshi quritilgan hisoblanadi. Agar u sinib maydalanib ketsa, demak, u ortiqcha quritib yuborilgan hisoblanadi.

Barglar. Barglar o’yinchoqlarni yasashda qiziqarli va kerakli qo’shimcha material hisobfenadi. Ular turli shakl va ranglarda bo’lishi mumkin. Eman daraxtlarning yirik barglarini bolalar kemalarga yelkan sifatida ishlatishadi. Barglardan kapalak qanoatlari, baliq suzgichlarini (bu o’yinchoqlar g’udda va bargdan yasaladi) yasashda qo’llash mumkin. Barglarni kuzda, ular chiroyli bo’lganida terish yaxshi.
Darsda foydalaniladigan tabiiy materiallar o’qituvchi rahbarligida ekskursiya jarayonida to’planadi. Ekskursiyani uyushtirishdan oldin bolalarga bo’lajak ish namunasi ko’rsatiladi. Bolalar uni diqqat bilan ko’rib, mashg’ulot jarayonida foydalaniladigan tabiiy materiallar, ya’ni bargning shaklini, daraxt navlarini aniqlaydilar. Shundan so’ng uyushtiriladigan ekskursiya rejasi tuziladi. Ekskursiya yo’nalishi, tabiiy materiallarni to’plash uchun mo’ljallangan joylar aniqlanadi.
O’quvchilar e’tiborini va aqliy faoliyatlarini kuzatilayotgan obyektdan mehnat darslarida ishlarni bajarish uchun zarur bo’lgan asosiy muhim belgilari, elementlari va xususiyatlarini ajratishga, to’planayotgan materialni to’g’ri baholashga yo’llaydigan savollar ro’yxati tuziladi.
Daraxtzorga kelganda bolalar kayfiyati ko’tarilib, ular har narsaga qiziqish bilan qaraydilar, barglar, ularning ranglari, shakllari bolalarni ajablantiradi. Ular tabiatning butun go’zalligini, uning ranglarini, to’kilgan barglar hidi va ular o’zining elastiklik xususiyatini yo’qotganligini, qattiqlashib, sinuvchan bo’lib qolganligini ko’radilar.
Bolalarning atrof-tabiat bilan zavqlanishlari kamayib borishiga qarab, ularning e’tibori barglarning shakli, daraxtlar navlariga qaratiladi. Ana shu vaqtda o’simliklarda sodir bo’layotgan ichki jarayonlar qisqa va tushunarli bayon etib beriladi: o’simlik yangi sharoitlarga moslashib, qish fasliga tayyorgarlik ko’rayotganligi bilan tanishadilar.
Bolalarning e’tibori atrofda uchib yurgan qushlar, kapalak, nim chilarga, ularning asosiy belgilariga jalb qilinadi, Uchib yuigan qusi lar, ularning tuzilish formalari haqida, mehnat darslarida qushlar ai plikatsiyasini tayyorlash uchun to’plangan barglar material xizmatii, o’tashi to’g’risida suhbat o’tkaziladi.
O’quvchilar barglai to’plar ekanlar, ularning ranglarini, shaklla rini qiyoslashni o’rganadilar, bu ularning kuzatuvchanligi va diqqa qilish qobiliyatlarini o’stirishga yordam beradi. To’plangan bargla oldindan tayyorlab qo’yilgan daftar varaqlari orasiga qo’yiladi. Shundan keyin bolalarga barglarning mehnat mashg’ulotlarigacha rangini yo’qotmasligi, buralib ketmasligi uchun qanday ishlov berish kerakligi tushuntiriladi. Har bir ekskursiyada bolalarning e’tiborini insonning yaratuvchilik mehnatiga albatta jalb etish kerak. Ekskursiya oxirida suhbatga yakun yasaladi, ekskursiyada egallangan biiimlar umumlashtiriladi. Bundan tashqari, bolalarga uylarida qushlar tasviri tushirilgan rasmlarni, suratlarni ko’rish, ularning tanasi va qanotlarining shakliga, rangiga alohida e’tibor berish topshiriladi.
Bunday uyushtirilgan ekskursiyadan keyingi mashg’ulotda bolalar quritilgan barglardan qush applikatsiyasini zo’r ishtiyoq bilan bajaradilar, agar applikatsiyalar o’z istaklariga ko’ra, o’zlari to’plagan materiallardan mustaqil yasash topshirilsa, qiziqishlari yanada ortadi. Bunday dars, mashg’ulot quyidagi sxemaga ega bo’ladi.

Download 21.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling