Java dasturlash tilida keltirilgan misol:
interface Calculator{
void add(int a, int b);
void subtract(int a, int b);
void multiply(int a, int b);
void divide(int a, int b);
}
Enkapsulyatsiya
Inkapsulyatsiya maʼlumotlarni bir butun sifatida yigʻish deb taʼriflanadi. Bu kod va u boshqaradigan maʼlumotlarni birlashtiradigan mexanizm. Inkapsulyatsiyada klassning oʻzgaruvchilari yoki maʼlumotlari har qanday boshqa klassdan yashiriladi va ularga faqat ular eʼlon qilingan klassning metodlari orqali kirish mumkin. Bunda klassdagi maʼlumotlar boshqa klasslardan yashiringani uchun, u maʼlumotlarni yashirish deb ham ataladi.
Meros olish
Meros olish — obyektga yoʻnaltirilgan dasturlash ning muhim ustunidir. Klassning boshqa klassdan xossa va xususiyatlarni olish qobiliyati meros olish deb ataladi. Biz klass yozganimizda, biz boshqa klasslardan xususiyatlarni meros qilib olamiz. Shunday qilib, biz sinf yaratganimizda, barcha xususiyatlar va funktsiyalarni qayta-qayta yozishimiz shart emas, chunki ular unga ega boʻlgan boshqa sinfdan meros boʻlishi mumkin. Meros foydalanuvchiga kodni iloji boricha qayta ishlatish va uning ortiqchaligini kamaytirish imkonini beradi.
Polimorfizm
Polimorfizm soʻzi koʻp shakllarga ega boʻlishni anglatadi. Oddiy soʻzlar bilan aytganda, klassning metodi turli vaziyatlarda turlicha amal bajaradi. Masalan, odam bir vaqtning oʻzida turli xil xususiyatlarga ega boʻlishi mumkin. Odam kabi bir vaqtning oʻzida ota, er, xodim. Shunday qilib, bir odam turli vaziyatlarda turli xil xatti-harakatlarga ega va bunga polimorfizm deyiladi. Polimorifzmni ikki turi bor, birinchisi, bir klassning ichida bir xil nomli va qabul qiluvchi qiymatlari soni va turi boʻyicha farq qiluvchi metodlardan foydalanish. Bu polimorfizm asosan bir xil vazifani bajaruvchi koʻplab turli nomdagi metodlar yaratilishini oldini olish uchun qoʻllaniladi. Yaʼni murakkablikdan qochish uchun. Ikkinchiu turdagi polimorfizmda esa, ota klassdagi metod bola klassda qayta yoziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |