Mavzu: Turli xil va katta hayvonlar guruhi. Tuproq hosil bo‘lishida o‘lik hayvonlar va o‘simliklarning parchalanishida umurtqasiz hayvonlarning o‘rni
Download 0.76 Mb.
|
Faunani muhofaza qilish. Ozodova Z. Mustaqil
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
Mavzu: Turli xil va katta hayvonlar guruhi. Tuproq hosil bo‘lishida o‘lik hayvonlar va o‘simliklarning parchalanishida umurtqasiz hayvonlarning o‘rni Hayvonot ( fauna ) biomassasi bo‘yicha yerdagi tirik organizmlarning bor - yo‘g‘i 2% ini tashkil etishiga qaramay ularning biosfera va inson hayotida tutgan o‘rni beqiyosdir. Bu ularda modda va energiya almashinish jarayoni o‘ta tez kechishi. ularning yuqori harakatchanligi va turlarining favqulodda ko‘pligi bilan izohlanadi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, sayyoramizda ularning 1 ,5 -2 mln. turi mavjud. Qariyb barcha ekotizimlarda hayvonlar turlari soni bo‘yicha o'simliklardan ustunlik qiladilar. Hayvonlar biosferadagi biologik (kichik ) modda ay lanishida ishtirok etuvchi muhim komponentlardan biri hisoblanadilar. Har bir hayvon turi 0‘sim liklar tomonidan fotosin tez jarayonida sintez qilingan organik moddalaming bir qismini yoki muayyan bir xilini parchalashga moslashgan bolmaydi.
Hayvonlar biologik resurslarning ajralmas bir qismi bo‘lib, tabiatda moddalar va energiya almashinuvida ular muhim rol o‘ynaydi. Hayvonlar o’simliklar bilan uzviy aloqada bo‘lib turadi. O‘simliklarning quyoshdan olayotgan energiyasini 100% desak, shuning 50% ni o’zlashtirib organik moddalar hosil qiladi. Ana shu organik moddalar o‘txor va bir-biri bilan ovqatlanadigan goshtxo‘r hayvonlar tomonidan iste‘mol qilinadi. Ba‘zi hayvonlar, chunonchi, yirtqich qushlar zararkunanda kemiruvchilarni qirib, o’simliklarning hosildorligini oshiradi, ba‘zi foydali hasharotlar esa o‘simliklarni ayrim zararli hasharot va kasalliklardan saqlaydi. Hayvonlar insonlar hayotida avvalo oziq-ovqat resurslari sifatida katta ahamiyatga ega; qolaversa mo‘yna tayyorlashda va ko‘pgina boshqa sohalarda muhim rol o‘ynaydi. Inson o’zining xo‘jalik faoliyatida hayvonlarga bevosita va bilvosi ta ta‘sir korsatadi. Bunday ta‘sir ba‘zan salbiy, ba‘zan esa ijobiy bo‘lishi mumkin. Salbiy ta‘sir etganda hayvonlarning soni kamayib ketishi, ularning holati yomonlashishi mumkin. Insonlarning salbiy ta‘siri natijasida respublikamizda mavjud bolgan sut emizuvchi yovvoyi hayvonlarning 99 turidan 32 tasi, parrandalarning 410 turidan 31 tasi, baliqlarning 79 turidan 5 tasi «Qizil kitob»ga kiritilganligi bizga ma‘lum. Tuproq hosil bolishi va unumdorligida mikroorganizmlarning roli katta. 1g soglom va unumdor tuproq tarkibida 3 mlrd. ga yaqin mikroorganizm bolib, ular plazmasining massasi yarim metrli tuproq qatlamida 8–12 m/ga ni tashkil etadi. Ular ekinlarning vegetatsiya davrida 18–27 marta urchiydi. 1 ga maydonda 5–6 mln. dona yomgir chuvalchangi uchraydi. Tuproqdagi tirik organizmlar turli-tuman vazifalarni bajaradi: ona jins va organik moddalarni o’z tanalaridan otkazadi, tuproqni yumshatadi va donadorlashtiradi, atmosferadagi molekular azotni fiksatsiyalaydi, fiziologik faol moddalarni sintezlaydi.Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:1. Baratov P. Tabiatni muhofaza qilish T.O‘qitubchi 1991.2. Biologik xilma-xillikni saqlash milliy strategiya va harakat rejasi. T.19913. Tilovov. T Ekologiyaning dolzarb muammolari Qarshi. Nasaf 20034. To‘xtayev A, Hamidov A . Ekologiya asoslari va tabiatni muhofaza qilish . T.O‘qituvchi. 1997E‘tiboringiz uchun rahmat! Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling