Mavzu: Tuzlar gidrolizi va sanoatdagi ahamyati
Kuchsiz kislota va kuchli asosdan hosil bo‘lgan tuz. Misol sifatida natriy sianidning gidrolizlanishini ko‘rib chiqamiz
Download 103,03 Kb.
|
Mavzu
2. Kuchsiz kislota va kuchli asosdan hosil bo‘lgan tuz. Misol sifatida natriy sianidning gidrolizlanishini ko‘rib chiqamiz:
NaCN + H2O = HCN + NaOH yoki ionli shaklda NaCN— + H2O =HCN + OH— Gidroliz natijasida eritmada kam dissotsilanuvchi kislota HCN hosil bo‘ladi va OH— ionlari to‘planadi. Demak, kuchsiz kislota va kuchli asosdan hosil bo‘lgan tuzning gidrolizlanishi natijasida eritmada OH— ionlarining konsentratsiyasi ortadi. Bunday tuzning eritmasi ishqor xossasiga ega bo‘ladi: pH > 7. Masalan, KCN 0,1M eritmasining pHi 11,1 ga teng. Kuchli asos hamda ikki yoki ko‘p negizli kislotadan hosil bo‘lgan tuz ham bosqich bilan gidrolizlanadi, masalan, Na2CO3 odatdagi konsentratsiyali eritmalarda amalda faqat birinchi bosqich bilan gidrolizlanib, nordon tuz hosil qiladi: Na2CO3 + H2O = NaHCO3 + NaOH yoki ionli shaklda CO3 2- + H2O =HCO3 — + OH Na2CO3 juda suyultirilgan eritmalarda qisman ikkinchi bosqich bilan gidrolizlanib, karbonat kislota hosil qiladi. NaHCO3 + H2O = H2CO3 + NaOH yoki ionli shaklda HCO3— + H2O = H2CO3 + OH— Bunda ham xuddi NaCN ning gidrolizlanishi kabi gidroksil ionlarining konsentratsiyasi ortadi va eritma ishqoriy xossaga ega bo‘ladi.
Download 103,03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling