Mavzu: Ulug`bek davridagi O`rta Osiyo xalqlari madaniy hayotining tarixshunosligi


Download 340 Kb.
bet7/10
Sana09.01.2022
Hajmi340 Kb.
#264340
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Umumiy t arix

Jamshid asarlari:

«Suslam us-samo» («Osmon norvoni»)

«Risolat ul-atvor val-jayb» («Vatarlar va sinus

haqida risola»)



Ulug’bek akademiyasi olimlari ijodidan namunalar

Ali Qushchi asarlari:

«Risola dor ilmi hisob»

«Risolai qusur»

«Risola dar handasa»

«Risola dar falakiyot»

«Risola dar ilmi hay’yat»

«Risolai mantiq»

Bu davrning yana bir muhim yutug’i-bu ijtimoiy fanlar, xususan, tarixshunoslik

sohasida katta tadqiqotlarning yaratilganligidir. Bu xayrli ishlarning yuzaga chiqishida ham temuriy hukmdorlar tashabbusi va rahnamoligi beqiyos bo’lgan. Jumladan, Amir Temurning «Tuzuklari», Mirzo Ulug’bekning «To’rt ulus tarixi», Bobur Mirzoning «Boburnoma»si ijtimoiy fanlar rivojiga ayricha ta’sir ko’rsatganligi shubhasizdir.

Temuriylar davrida salmoqli iz qoldirgan alloma olimlardan Nizomiddin Shomiy va Sharafiddin Yazdiyning «Zafarnoma», Xofizu Abruning «Zubdat at-tavorix», Abdurazzoq Samarqandiyning «Matla ul-sa’dain» va «Majma’ ul-bahrayn» («Ikki saodatli yulduzning chiqish o’rni va ikki azim daryoning quyilish joyi»), Ibn Arabshohning «Amir Temur tarixi», Mirxondning etti jildli «Ravzat ul-safo» («Poklik bog’i»), Xondamirning «Makorimul axloq» («Yaxshi fazilatlar»), «Xabibus siyar fi axboru afodul bashar» («Xabarlar va bashariyat odamlaridan dilga yaqin siyratlari») asarlari o’sha zamon tarixshunoslik ilmining yuksaklik darajasini o’zida ifoda etadi1. Хulosa qilib aytadigan bo’lsak Eng muhimi, bu davr AmirTemurdek buyuk siymoni tarix maydoniga chiqardi. Bu zoti sharif va uning avlodlarining mislsiz sa’y-harakatlari, bunyodkorlik faoliyati tufayli Movarounnahr va Xuroson

o’lkalari ulkan o’zgarishlarga yuz tutdi. Mo’g’ullarning bir yarim asrlik bosqini va zulmasoratidan butunlay xalos bo’lgan ona yurtimiz qudratli saltanat darajasiga ko’tarildi. Ayni chog’da u ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’naviy jihatlardan yuksalib, jahonga dovrug’ taratdi. Ulug’ ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan moddiy va ma’naviy madaniyatning yuksak namunalari, duru javohirlari mana necha asrlardirki, jahon ahlini hayratga solib, minnatdor avlodlar ardog’ida e’zozlanib kelmoqda.


Download 340 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling