4.-rasm. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining boshqa organ va tashkilotlar bilan munosabatlari.
Moliyaviy boshqaruvning umumiy boshqaruv organi sifatida Vazirlar Mahkamasi Davlat byudjetini ko’rib chiqadi, moliyaviy boshqaruvning yagona umumiy markazi sifatida maydonda gavdalanadi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining byudjet tizimini boshqarish sohasidagi vakolatlari quyidagicha belgilangan:
Davlat byudjetining ijrosini tashkil etadi;
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va davlat boshqaruvi boshqa organlarining Davlat byudjetini ijro etish borasidagi ishlarini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
davlat maqsadli jamg’armalari mablag’larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi;
Davlat byudjeti ijrosi to’g’risidagi hisobotni belgilangan tartibda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tasdig’iga kiritadi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yilning har choragida
Davlat byudjeti ijrosining O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi taqdim etadigan yakunlarini ko’rib chiqadi.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat byudjetining ijrosi to’g’risidagi hisobotni hisobot yilidan keyingi yilning birinchi apreligacha O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Davlat byudjetining ijrosi to’g’risidagi hisobotni O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasiga u tashqi audit va baholash o’tkazishi uchun hisobot yilidan keyingi yilning beshinchi apreligacha yuboradi.
O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasi Davlat byudjetining ijrosi to’g’risidagi hisobotga doir xulosasini hisobot yilidan keyingi yilning o’ninchi mayidan kechiktirmay O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Davlat byudjetining ijrosi to’g’risidagi hisobotni O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasining tegishli xulosasi bilan birga hisobot yilidan keyingi yilning o’n beshinchi mayidan kechiktirmay O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga taqdim etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |