Mavzu: Umumgeografik kartalarning mazmuni va kartalarning tavsifi Reja
Download 8.96 Kb.
|
1 2
Bog'liqReja Umumgeografik kartalarning mazmuni va mohiyati-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Umumgeografik kartalar tasnifi.
Reja: Umumgeografik kartalarning mazmuni va mohiyati Mavzu: Umumgeografik kartalarning mazmuni va kartalarning tavsifi Reja: Umumgeografik kartalarning mazmuni va mohiyati. Umumgeografik kartalar tasnifi. Kartografik asarlarga yirik masshtabli topografik kartalardan tortib, butun Yer yuzasini o'z ichiga olgan mayda masshtabli umumgeografik kartalar, har xil mazmundagi mavzuli kartalar hamda Yer shari yuzasining hammasini o'zida aks ettirgan dunyo atlaslari, ayrim mamlakatlar va ularning regionlarini aks ettiruvchi atlaslargacha kiradi. Yer shari bo'yicha barcha materik va mamlakatlar topografik kartalar bilan bir xilda ta‘minlangan emas. Hududlarning topografik kartalar bilan ta‘minlanish darajasini aniqlashda, asosan yirik masshtabli kartalarga etibor qaratiladi. BMT ma‘lumotlariga qaraganda, hududlarning topografik jihatdan o'rganilganligi 4 xil masshtabdagi topografik kartalar bilan ta‘minlanganligiga qaraladi, ya‘ni 1:25 000 va undan maydalari - 1:50 000, 1:100 000 va 1:200 000 masshtabdan maydalarga qarab aniqlanadi. Hozirgi vaqtda dunyo bo'yicha barcha mamlakatlarda bir xil standartda topografik kartalar yaratilmoqda. Bular 1:10 000, 1:25 000, 1:50 000, 1:100 000, 1:200 000 masshtabli kartalardir. BMT ma‘lumotlariga ko'ra dunyo bo'yicha topografik kartaga olingan maydon (quruqlik qismi) Yer shari yuzasining 70 % ni tashkil qiladi. Hozirgi vaqtda dunyo bo'yicha kartalar tuzishda 16 xil Yer ellipsoididan foydanilmoqda, shundan 5 tasi eng ko'p qo'llaniladi. 1940 yilda qabul qilingan Krasovskiy ellipsoidi sobiq Ittifoq va Yevropadagi mamlakatlarda, Xitoyda Klark ellipsoidi (1866 y.), Shimoliy Amerikada, Frantsiyada va ko'plab Afrika mamlakatlarida Xeyford ellipsoidi (1909 y.), Everest ellipsoidi,G'arbiy Yevropa, Janubiy Amerika va Osiyoning ba‘zi mamlakatlarida (1830 y.), Hindiston va Janubiy Osiyo mamlakatlarida qo'llanilmoqda. Shu bilan bir qatorda karta tuzishda qo'llaniladigan kartografik proyeksiyalarda ham birlik yo'q. Masalan, Gaussning ko'ndalang silindrik proyeksiyasidan juda ko'p mamlakatlarda foydalanilsa, AQShda ko'p konusli proyeksiya, Hindiston, Frantsiyada Lambertning teng konusli proyeksiyasidan foydalanilmoqda. Yevropa mamlakatlari (Avstriya, Norvegiya, Gretsiya va Irlandiyadan tashqari) topografik (1:25 000 masshtabli) kartalar bilan to'liq ta‘minlangan. Ba‘zi mamlakatlarda faqat foydalanishda bo'lgan yerlargina 1:1250 masshtabli kartalar bilan ta‘minlangan. Masalan, Angliya shular jumlasidandir. Topografik kartalar bilan ta‘minlanishda Yevropadan so'ng Shimoliy Amerika, Osiyo, Janubiy Amerika, Afrika, Avstraliya va Okeaniya turadi. Lekin dunyo bo'yicha kartalarni yangilash darajasi juda past ko'rsatkichga ega. BMTning ma‘lumotlariga ko'ra, dunyo mamlakatlari kartalarining 14%, ya‘ni yiliga 3% yangilanadi. Dunyo bo'yicha nashr qilingan kartalarning mazmuni, masshtabi, proyeksiyasi, shartli belgilari har xil bo'lgani uchun ulardan foydalanish qiyinchilik tug'diradi. Shuning uchun prof. A.Penk taklifiga asosan 1891 yilda Bern shahrida bo'lib o'tgan. Xalqaro geografik kongressda bir xil masshtabda, bir xil shartli belgida va bir xil proyeksiyada Xalqaro 1:1 000 000 masshtabli karta yaratishga kelishildi. Bu karta xalqaro million masshtabli karta deyilib, uning dasturi maxsus chaqirilgan konferentsiyada (1909—1913 y.y.) tasdiqlanib, uni Birinchi Jahon urushidan so'ng tuzishga kirishildi. Unda parallellar orasi 4°, meridianlar orasi 6° bo'lib, xalqaro nomenklatura bo'yicha lotin alifbosining bosh harflari bilan belgilangan. Ikkinchi Jahon urushidan so'ng Yer shari quruqlik qismining 3/4 bo'lagi, ya‘ni 1000 varag'i (shundan 750 varag'i gipsometriya asosida) 1:1 000 000 masshtabdagi kartalari nashr qilingan. BMTning xalqaro millionli karta bo'yicha 1962 yilda bo'lib o'tgan konferentsiyasida qabul qilingan yangi dasturiga ko'ra, barcha hududlar uchun 1:1 000 000 masshtabli karta mazmuni ishlab chiqilgan, shu asosda ko'rsatilgan masshtabda 1980 yilga kelib bu ish nihoyasiga yetkazilgan. Hozirgi kunda esa, BMT ning qarori bilan 1:2 500 000 masshtabli karta tuzishga kirishildi va Yer yuzasi butunlay 1:2 500 000 masshtabli karta bilan ta‘minlangan. Bu ma‘lumotlar tarixiy ma‘lumotlardir. 1:2 500 000 masshtabli karta mazmuni va jihozlanishi bo'yicha umumgeografik karta bo'lib, relyef gipsometrik usulda berilgan va to'liq dunyo kartasini yaratish to'g'risida qaror qabul qilingan. Bu masshtabdagi kartaning gradus turi 1:1 000 000 kartadan bir oz farq qiladi, yer shari 3 ta parallel bilan 0°, 24° va 60° (shimolda va janubda) 6 ta zonaga bo'lingan, jami 224 varaqdan iborat, u 1975 - yilda to'liq tuzilib chop etilgan. Ma‘lumki, okean va dengizlar Yer shari yuzasining 71% ini tashkil qiladi. Demak, dengiz kartalarining roli nihoyatda katta bo'lib, ular davlat ahamiyatiga egadir. Dengiz kartalari asosan gidrografik kartalar bo'lib, ulardan dengiz navigatsiyasi sohasida foydalaniladi. Shu bilan birga bunday kartalardan kemalarni boshqarishda, suzish yo'llari o'rnini aniqlashda, yangi dengiz yo'llarini ochishda foydalaniladi. So'nggi vaqtlarda ochiq va yopiq dengizlarning tabiiy resurslarini o'rganish maqsadida yangi mavzuli kartalar tuzishga e‘tibor berilmoqda. Ayniqsa, dengiz osti relyefini o'rganish va undan foydalanish uchun maxsus kartalar tuzilmoqda. Dengiz kartalarida dengiz tubining relyefini ko'rsatuvchi batimetrik ko'rsatkichlarning roli katta, bundan tashqari, dengiz tubidagi qum, shag'al yoki dengizdagi xavfli joylar, sayozliklar, riflar, toshli qirg'oqlar, cho'kkan kemalar o'rni, dengiz oqimlari va ularning kuchi, magnit og'ish burchaklari, suv ko'tarilishi va qaytish vaqtlari, suzib yuruvchi muzlar ko'rsatiladi. Dengiz kartalari Merkator proyeksiyasida tuzilib azimut yo'nalishlari to'g'ri chiziqlar bilan ifodalanadi, natijada nuqtalarning koordinatalarini aniqlash oson, bunday kartalarda radionavigatsiya turlarini tushirish qulay bo'ladi. Dengiz kartalarining masshtabi qirg'oqqa yaqin joylarda 1:25 000 dan 1:75 000 gacha, ochiq dengizda esa asosan 1:1 000 000 masshtabda bo'lib, bunday kartalar dengizning bosh kartalari deb yuritiladi. Hozirgi vaqtda dunyoning 1:10 000 000 va 1:3 500 000 masshtabli dengiz kartalari tuzilgan. Xalqaro gidrografik tashkilot rahbarligida dengiz kartalarini standartlashtirish ustida ish olib borilmoqda, natijada hamma dengiz kartalaridan turli mamlakatlar foydalanishi mumkin. Quruqlik kartalariga nisbatan dengiz kartalari tez-tez yangilanib turiladi va ularni Xalqaro gidrografik tashkilot nazorat qiladi. Dengizlarning mavzuli kartalari, asosan, batimetrik, gidrometeorologik, geologik, geofizik yo'nalishlarda tuziladi. Mavzuli kartalarning mazmuni xilma-xil bo'lib, ular har xil maqsadlar uchun yaratiladi. Ba‘zi mavzuli kartalar bevosita dala sharoitida syomka asosida yaratilib, so'ngra generalizatsiya qilinadi va mayda masshtabli kartalar: geologiya, tuproq va o'rmon kartalari tuziladi. Boshqa mavzuli kartalar stasionar kuzatishlar asosida (meteorologik, gidrologik, ba‘zan ekologik) tuzilsa, ba‘zilari statistik manbalar asosida tuziladi (iqtisodiy, ijtimoiy va aholi kartalari). Mavzuli kartalar umumgeografik kartalardan farq qilib, butun bir hududni yoki uning biror zaruriy qismini qamrab oladi, masalan, geologik, tuproq va qishloq xo'jaligi (yer fondi va kadastr) kartalari. Download 8.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling