Mavzu: Umumiy jarrohlik kesuvchi va qisqich asboblar 1-Vazifa


Download 250.1 Kb.
bet2/4
Sana29.11.2020
Hajmi250.1 Kb.
#154470
1   2   3   4
Bog'liq
8-Mavzu TFT

1 — yassi, 2 — novsimon, 3 — qoshiqsimon.

Iskanalar yordamida suyakni yangi hosilalari o‘yib olish yoli bilan bartaraf etiladi, naysimon suyaklaming bo'shliqlari ochiladi, suyak sinish hollarida suyakning ifloslangan joylari kesib olinadi va o‘yib tozalanadi. Iskana bolg‘a bilan ishlatiladi. Iskanalar asbobbop 48A rusumli polatdan yoki zanglamas 40X13 polatdan tayyorlanadi. Iskana charxlanadi — o'tkirlash burchagi — 15—20°.

Iskanalar sifatiga quyidagi talablar qo‘yiladi:

— iskanalar o‘tkir bolishi lozim;

qirqish tiglda yoriqlar, g‘adir-budurlar, singan joylar bo‘lmasligi zarur;

— zanglash izlari bolmasligi kerak.

Iskanalarning funksional xususiyatlari quyidagicha tekshiriladi:

a) eman yoki qayin diametri 20 mm bo'lgan novdasini, 200 g oglrlikdagi bolg‘acha bilan urib, iskana bilan kesiladi;

b) eman yoki qayin ponasidan qoshiqsimon iskanalar bilan payraha qirib olinadi.

Funksional xususiyatlarini tekshirish natijasida tig‘ning qirrasi sinmasligi va o'tmaslanmasligi lozim.

Iskanalar otolaringologik amaliyotida, travmatologiya, neyrojarrohlikda turli jarrohlik operatsiyalarida qollaniladi.

Quyidagi asosiy turlari ishlab chiqariladi:

— yassi — olti qirrali dastali, bir tomonlama va 2 tomonlama o'tkirlangan; tiglning eni — 10, 15, 20, 25, 30, 40 mm, uzunligi - 230 mm;

— keng (tiglning eni — 20, 25 mm) — tigl trapetsiya shaklida (ikki tomonlama olkirlangan) yoki bir tomonlama charxlangan kurakcha ko‘rinishida;

— neyrojarrohlik iskanalar — ishchi qismi yumaloq shaklli, kenghgi — 40 mm;

— novsimon — nov ko'rmishida bo'lib, tiglning uchi to‘mtoqlashgan; (12.8-rasm, 2)

— eni tor va yupqa bolalar iskanasi-kichik uzunlikda(175 mm).

Jarrohlik bolg'achasi iskanalar bilan qollanishga moljallangan. Zanglamas polatdan yasalgan ishchi qismi va dastadan iborat. Ikki tomonli bolg‘acha bilan ishlash qulay: bitta zarb maydonchasi — metalli, ikkinchisi — rezinadan ishlangan.



Raspatorlar suyak ustidagi pardani ajratib olishga, shuningdek, mustahkam tog*ay to'qimalar qatlamlarini ko‘chirishga moljallangan. Xrom bilan qoplangan U10A rusumli yoki NS 40X13 polatdan tayyorlanadi. Raspatorlar nomenklaturasi ko'p sonli va salkam 50 ta nomga egadir . Umumiy jarrohlikda, otolaringologiya, travmatologiya. oftalmologiya, stomatologiya sohalarida ishlatiladi.


Ko'proq qo'llaniladigan raspatorlar:

— to'g'ri;

— qayrilgan — eni 12 mm (katta va kichik);

— qavariq — eni 17 mm;

— qovurg'a uchun — o‘ng va chap tomonlama, kattalar va bolalarga mo’jallangan;

— ishchi qismi;

— uzaytirilgan uch burchakli.

Raspatorlarning kesish xususiyatlarini tekshirish qattiq navli daraxtni qirqish yoli bilan amalga oshiriladi; ular sinmasdan va qirqish qirrasining o'tkirligi pasaymasdan payrahani chiqarishi kerak.

Tibbiy qoshiqlar bir nechta turda ishlab chiqariladi: o‘tkir va to‘mtoq uchli, bir va ikki tomonlama, yumaloq va cho'zinchoq shakllarda. O‘tkir qoshiqlar to'qimalar (suyak va yumshoq)da patologik hosilalarni qirib tozalashga mo'ljallangan. Ular 40X13 turidagi toblangan, qattiq, zanglamaydigan po'latdan tayyorlanadi. To'mtoq qoshiqlar suyuqlik, yiring moddalar, toshlami tushirishga mo'ljallangan. Ushbu qoshiqlar X18N9T turidagi yumshoq po'lat yoki qizil misdan tayyorlanadi.





Download 250.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling