Mavzu: Umumiy og’riqsizlantirish. Ingalyatsion va noingalyatsion narkoz. Reja


Narkoz vaqtida ro‘y beradigan asoratlar


Download 87.19 Kb.
bet3/4
Sana23.04.2023
Hajmi87.19 Kb.
#1392247
1   2   3   4
Bog'liq
Mavzu Umumiy og’riqsizlantirish. Ingalyatsion va noingalyatsion

Narkoz vaqtida ro‘y beradigan asoratlar. Narkoz berishning buzilishi, narkotiklar dozasining oshirilishi va boshqa sabablarga ko‘ra. narkoz berish vaqtida har xil asoratlar yuzaga keladi. Narkozning birinchi bosqichida qo‘rqish natijada psixik shok paydo bo’ladi, bu holat ba’zan bemorni hatto o‘limga olib kelad. Bu og‘ir asoratning oldini olish uchun bemorni operatsiyaga. ruhan tayyorlash lozim, uni tinchlatirish uchun 1 ml morfin ukol qilish yoki lyuminal ichirish kerak.
Qo‘zg‘alish davrida aksari bemor qusadi. Qusish ancha ancha xavfli hisoblanadi, chunki qusuq massalari nafas olish yo‘liga ketib qolib, odam bo‘g‘ilishi mumkin. Qusish ro‘y berganda darhol maskani olish va bemorning boshini yon tomonga burish kerak. Bemorning og‘zini ochib, sochiq yoki doka bilan og‘iz bo‘shlig‘ini artib tozalash lozim. Bemor qusib bo‘lgandan keyin narkoz berish davom ettiriladi.
'Ko‘pincha pastki jag‘ni noto‘g‘ri ushlash. natijasida chuqur uyqu davrida til orqaga ketib qoladi. Muskullarning bo‘shashishi natijasida til halqumning orqa devoriga tomon harakat qiladi va hiqildoqqa kiradigan yo‘lni to‘sib qo‘yadi. Bu nafas olishni qiyinlashtiradi, natijada bo‘yindagi vena qon tomirlari bo‘rtib, bemor ko‘karib ketadi, qonning rangi o‘zgaradi, puls tezlashib ketadi. Bu asoratining oldini olish uchun bemorning pastki jag‘i oldinga tomon chiqariladi. Og‘zi og‘iz kengaytirgich _(rotorasshiritel bilan ochib qo‘yiladi va tili tiltutqich (языкодержатель) bilan tortib turiladi, shunda nafas olish yo‘li ochilib, bemor bemalol nafas ola boshlaydi
Narkoz berish vaqtida nafas olishning -to‘xtab kolishi (asfiksiya) kabi hodisalar) juda og‘ir asoratlarga kiradi. Bundan hodisa ro‘y berganda darhol maskani olib. bemorga kislorod bera boshlash kerak. Teri ostiga 1 % ml lobelin eritmasi 1 ml miqdorda yuboriladi va tezlik bilan sun’iy nafas oldirishga kirishiladi.
Sun’iy nafas oldirish maqsadida hozir Silvestr, Shefer, Lobardo, Ruben metodlaridan keng foydalaniladi. Sun’iy nafas oldirishning eng ko‘p tarqalgan usullaridan biri Silvestr usulidir. Bu quyidagicha bajariladi, bemor chalqancha yotqizib qo‘yiladi. sun’iy nafas oldiradigan odam bemorning bosh tomoniga o‘tib, uning ikki bilagidan tutadi. Qo‘llarini yuqoriga ko‘tarib, bosh tomoniga keltiradi, bunda ko‘krak qafasi kengayadi va bemor nafas oladi. Bemorning qo‘llarini tezlik bilan pastga tushirib, ko‘krak qafasining pastki qismiga bosiladi va nafas chiqariladi. 'Bunday harakat ritmik ravishda minutiga 16-18 marta takrorlanadi va nafas olish yaxshilanguncha davom ettiriladi.
A sfiksiya vaqtida Shefer usulidan ham foydalanish mumkin. Bunda bemor qorni bilan yotqiziladi. Yordam beruvchi bemor dumbasiga o‘tirib oladi va qo‘llari bilan bemor ko‘krak qafasining pastki qismni bosadi natijada bemor nafas chiqaradi. Ko‘krak qafasini bosish to‘xtatilgach, u asli holatiga qaytadi, nafas olinadi. Qovurg‘alar chetini qo‘l bilan yuqoriga ko‘tarish va uni kengaytirish nafas olish protsessini yaxshilashga yordam beradi. Bunda harakat minutiga 16-18 marta takrorlanadi.

Download 87.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling