Mavzu: Umumiy psixologiyaning mustaqil fan sifatida vujudga kelishi, uning rivojlanish tarixi va hozirgi holati


Download 0.59 Mb.
bet1/2
Sana26.03.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1297292
  1   2
Bog'liq
1. Umumiy psixologiya fani vujudga kelishi

Umumiy psixologiya

MAVZU: Umumiy psixologiyaning mustaqil fan sifatida vujudga kelishi, uning rivojlanish tarixi va hozirgi holati.


Umumiy psixologiyaning mustaqil fan sifatida vujudga kelishi
Insoniyatning ijtimoiy-tarixiy taraqqiyoti davomida qadimgi odamlar tabiiy hamda ijtimoiy ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ibtidoiy jamoa a’zolarining psixologik xususiyatlarini aniqlash, ulardan shaxslararo munosabatlarda oqilona foydalanish, o’zining hatti-harakati, shaxsiy faoliyati va muomalaga kirishishida ularni xisobga olishga intilib yashab kelganlar. Ko’p ming yillik ijtimoiy hayot tajribalariga asoslangan ravishda odamlar shaxsning individual xususiyatlarini jon bilan bog’lashga va uning ta’siri bilan izohlashga xarakat qilishgan. Qadimgi odamlarning tasavvurlariga qaraganda, inson tanasida jon joylashgan bo’lib, u shaxsga oid xususiyatlar, xislatlarni vujudga keltirish imkoniyatiga ega emish. Insoniyatning ijtimoiy tarixiy taraqqiyoti davomida mexnatni rejalashtirish, ishlab chiqarish munosabatlari, ishlab chiqarish kuchlari va ularning tabaqalashuvi, odamlar tafakkurining rivojlanishi tufayli jonning (ruhning) moddiylikdan tashqari xususiyati, ko’rinishi yuzasidan g’oyalar vujudga keladi. Buning natijasida animistik tasavvurlar o’rnini ruhni borliqning naturalistik falsafiy manzarasi tarzida izohlash namoyon bo’la boshladi:
1. Ruh olamining ibtidosini tashkil qiluvchi narsalar suv, havo, olovning insonlar va hayvonlarga jon bag’ishlovchi shakli (Fales, Aneksimon, Geraklit).
2. Eramizdan oldin ijod qilgan yunon faylasuflarining ilmiy izlanishlari natijasida materiyaning jonliligi, ya’ni gilozoizm (modda va hayot) to’g’risidagi g’oya yuzaga keladi.
3. Materiyaning jonliligi haqidagi g’oyani rivojlantirgan atomizm (yunoncha bo’linmas degani) namoyondalari Demokrit, Epikur va Lukritsiylar bir qancha fikrlarni ilgari surdilar, jumladan:
  • Ruh tanaga jon bag’ishlovchi moddiy jismlar.
  • Moddiy asos sifatidagi aql.
  • Hayotni boshqaruvchi idrok vazifasini bajaruvchi a’zo.
  • Ruh bilan aql tana a’zolari, binobarin ularning o’zi ham tanadir.
  • Ular sharsimon, kichik harakatchan atomlardan iboratdir.

  • Atomistlarning fikrlari tahlili shuni ko’rsatdiki, unda tananing (jonli narsaning) aks ettirishidan tortib to psixikaga (yuksak aql idrokgacha) jonliligi xususiyatining materiyaga xos xususiyat ekanligining e’tirof etilishi o’sha davr uchun buyuk ilmiy voqe’lik edi.
    Qadimgi dunyoning keyingi rivojlanishi pallalarida psixologik g’oyalar mukammallashib, unga oid tushunchalar vujudga kela boshladi, hatto ruh hozirga zamon psixikasi kabi qo’llanish ko’lami kengaydi.



Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling