Mavzu: umumiy sport patologiyasi asoslari reja. Patologik (kasallik) holat haqida tushuncha


Sportchilarda patologik holatni kelib chiqishidan oldingi holatlar (charchash,zo’riqish)


Download 27.19 Kb.
bet3/5
Sana28.12.2022
Hajmi27.19 Kb.
#1012014
1   2   3   4   5
Bog'liq
UMUMIY SPORT PATOLOGIYASI ASOSLARI

Sportchilarda patologik holatni kelib chiqishidan oldingi holatlar (charchash,zo’riqish)

Immunitet 2 turga bo`linadi:
1. Tug`ma immunitet - onadan bolaga beriladi. Lekin bu immunitet bolaning birinchi yoshidayoq, hatto birinchi oylardayoq, o`z kuchini yo`qotadi.
2. Odam hayoti davomida orttirilgan immunitet. Bu immunitet o`z navbatida 2 turga bo`linadi:
a) Orttirilgan tabiiy faol immunitet. Odam biron bir yuqumli kasallik bilan xastalanib, tuzalgandan keyin uning organizmida ana shu yuqumli kasallikni qo`zg`atadigan mikrob (virus) ga qarshi hosil bo`ladi. Buning natijasida bu odam butun umri davomida, mazkur yuqumli kasallik bilan hech qachon takror kasallanmaydi. Masalan, qizamiq, qorachechak, tepki, bo`g`ma, ko`kyo`tal kabilar. Lekin, ta`kidlash lozimki, hamma yuqumli kasalliklarning mikroblari (viruslari) ga qarshi, immunitet hosil bo`lavermaydi. Masalan, gripp, ichburug`, sarg`ayma va boshqa kasalliklar bilan kasallanib tuzalgan odamda, bu kasalliklarning virusi va mikrobiga qarshi immunitet hosil bo`lmaydi. Ya`ni odam mazkur kasalliklar bilan umri davomida qayta - qayta kasallanishi mumkin.
b) Orttirilgan sun`iy faol immunitet. Sog`lom odamni (asosan bolalarni) turli xil yuqumli kasalliklarga qarshi maxsus tayyorlangan vaksinalar bilan emlash natijasida, sun`iy usul bilan immunitet hosil qilinadi.
O`zbekiston Respublikasida hozirgi vaqtda chaqaloq tug`ilganining birinchi kunidan boshlab, 46 yoshgacha bo`lgan odamlarga, turli xil yuqumli kasalliklarga qarshi, vaksinalar bilan maxsus jadval bo`yicha emlash o`tkaziladi.
Bu kasalliklar quyidagilar:
1.Virusli gepatitning B turi.
2. Sil.
3. Poliomiyelit.
4. Difteriya.
5. Qoqshol.
6 Ko`kyo`tal.
7. Qizamiq.
8. Epidemik paratit.
9. Nizomiq.
Passiv immunitet. Odam og`ir kechadigan yuqumlik kasallik bilan kasallanganda, uni davolash maqsadida, maxsus zardob yoki gammaglobulin yuborish natijasida hosil qilinadi. Zardob yoki gammaglobulin tarkibida yuqumli kasallikning mikrobi (virusi) ga qarshi tayyor immunitet (antitela va antitoksin) bo`ladi. Gammaglobulin davolash maqsadida qo`llanishidan tashqari, aholi orasida biror yuqumli kasallik tarqalganida, uning oldini olish uchun profilaktika maqsadida, asosan yosh bolalarga qo`llanadi. Zardob, gammaglobulin yuborish yo`li bilan hosil qilingan passiv immunitet odam organizmida qisqa muddat saqlanadi (ko`pi bilan 1-2 oy).




  1. Download 27.19 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling