Mavzu: Umurtqalilar zoologiyasining ob’ektlari, predmeti, maqsadi, vazifalari va rivojlanish tarixi


Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana05.02.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1168312
  1   2   3   4   5
Bog'liq
6-mavzu zoologiya 2-kurs-1



JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA 
INSTITUTI
 
SITRQI(MAXSUS SIRTQI) BO’LIM 
 
 TABIIY VA ANIQ FANLARDA 
MASOFAVIY TA’LIM KAFEDRASI 
 
Ma’ruzachi: Bekmirzayev M.X 


 
Mavzu: 
BALIQLARNING EKOLOGIYASI 
Reja:  
1.
 
Baliqlarning ekologiyasi haqida umumiy 
ma’lumot 
2.
 
Suvdagi tuz miqdorining baliqlarga ta`siri 
3.
 
Baliqlarning asosiy ekologik guruhlari 
4.
 
Baliqlar harakati 
5.
 
Baliqlarning o`zini hi-moya qilishi 
6.
 
Baliqlarning oziqlanishi 
7.
 
Baliqlardagi jinsiy dimorfizm 
8.Nasl uchun g’amxo`rlik qilish 
9. Baliqlarning umr ko`rishi 
10.
 
Baliqlarning migratsiyasi 


Baliqlarning ekologiyasi haqida umumiy ma’lumot 

Baliqlar barcha tuban xordalilar singari butun umri suvda o`tadi. 
Baliqlar baland tog’lardagi suvliklarda, ya`ni dengiz sathidan 6000 ming m 
balandlikda ham va okeanlarning 10000 m lik chuqurliklarda ham yashaydi. 
Ma`lumki, baliqlarning hayotida suvning oqimi, harorati, suvdagi kislorod 
va tuzlar miqdori katta ahamiyatga ega. Baliqlar sovuqqonli hayvonlar 
hisoblanadi, ya`ni ularning tana harorati doimiy emas, balki to`g’ridan-
to`g’ri atrof-muhit haroratiga qarab o`zgarib turadi. Baliqlar kislorodga 
bo`lgan talabini hisobga olib to`rtta guruhga bo`linadi. 
1. Kislorodni juda ko`p talab qiluvchi baliqlar, ya`ni 1 litr suvda 7-11 sm
3
kislorod bo`lgan suvlarda yashaydigan baliqlarga, asosan gulmoy, kumja, 
peskar, nalim va golyan kabilar kiradi. Bu baliqlar suvi sovuq va tez oqar 
daryolarda yashaydi.Tez oqar tog’ daryolardagi suvlar hamma vaqt havo 
bilan to`yingan bo`ladi. 
2. Ko`p kislorod talab qiluvchi baliqlar, ya`ni 1 litr suvda 5-7 sm
3
kislorod 
bo`lgan suvlarda, asosan xarius, golavl, toshbaliq, peskar kabilar yashayadi. 
3. Nisbatan kam kislorod talab qiluvchi baliqlar, ya`ni 1 litr suvda 4 sm
3
kislorod bo`lgan suvlarda, asosan chaboq baliq, plotva, olabug’a va 
toshbaliqlar yashaydi.
4. O`ta kam kislorod talab qiluvchi baliqlar. Ular kislorodi juda kam bo`lgan 
oqmas suvlarda yashaydi, ya`ni bunday suvlarning 1 litrida 0,5 sm
3
kislorod 
bo`ladi. Bunday suvlarda zog’ora baliq, lin va tobon baliqlar yashaydi.



Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling