Mavzu: Umurtqalilar zoologiyasining ob’ektlari, predmeti, maqsadi, vazifalari va rivojlanish tarixi
Suvdagi tuz miqdorining baliqlarga ta`siri
Download 0.65 Mb. Pdf ko'rish
|
6-mavzu zoologiya 2-kurs-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Baliqlarning asosiy ekologik guruhlari.
Suvdagi tuz miqdorining baliqlarga ta`siri.
Dengiz suvlari tarkibida, asosan xlorid tuzlari, ya`ni osh tuzi va magniy xlorid hamda anchagina magniy sulfat tuzi bo`lishi bilan xarakterlanadi. 1000 qism dengiz suvida o`rtacha 35 qism har xil tuzlar bo`lishi mumkin. Mana shu tuzlardan 90% xlorli tuzlarga to`g’ri keladi. Chuchuk suvlarda esa xlorid tuzlar juda oz miqdorda bo`ladi. Har xil dengizlarda suvning sho`rlik darajasi turlicha bo`ladi. Baliqlarning har xil turlari turlicha tuzli suvlarda yashashga moslashgan, ya`ni ular chuchuk suvdan tortib 70 qism va undan ham ko`proq tuz to`g’ri keladigan suvlarda yashaydi. Ayrim tur baliqlar suvdagi tuz miqdorining yuqori bo`lishiga chidasa, boshqa tur baliqlar esa suvda tuz miqdori sal yuqori bo`lsa ham nobud bo`ladi. Masalan: buqa baliqlar, kaspiy nina balig’i 1000 qism suvda 60 qismgacha tuz bo`lgan suvlarda yashaydi. Chuchuk suv baliqlaridan tikan qanotli baliqlar, qilquyruqlar 0,2-0,3% tuzli suvda ham nobud bo`lishi mumkin. Suvning tovush o`tkazuvchanligi juda kuchli. Baliqlar bundan yaxshi foydalanadi, ya`ni ularda tovush signalizatsiyasi kuchli rivojlangan. Baliqlarda suvda tovush orqali bir-birlariga signal berish yaxshi rivojlangan. Bir turdagi baliqlar suvda tovush chiqarib bir-birlariga informatsiya beradi. Shuni ham aytish kerakki, baliqlar chiqaradigan tovushlar exolokatsiya ahamiyatiga ham ega bo`lishi mumkin. Baliqlarning asosiy ekologik guruhlari. Baliqlarning ekologik guruhlarini aniqlash uchun avvalo baliqlarning suvdagi tuz miqdoriga bo`lgan munosabatini va suv havzalaridagi yashash joylarini bilish kerak. Suv muhitida yashash sharoitlarining har xil bo`lishiga qaramasdan, baliqlarni uchta ekologik guruhga bo`lish mumkin: pelagik, abissal va litoral. 1.Pelagik (ochiq suv muhitida yashovchi) baliqlar suvning yuzasidan boshlab 150- 200 m chuqurlikkacha boradigan suv bag’rida yashaydi. Gavdasi uzun duksimon bo`lib, suvda suzib yuruvchi organizmlarni qidirib topib oziqlanadi va suv bag’riga yoki suv qirg’oqlariga yaqin sayoz joylarda ko`payadi. Bu baliqlar ochiq suv muhitida yashaganliklari uchun juda tez suzadi. Pelagik baliqlar ekologik guruhiga akulalar, makrel, lososlar, tunetslar, sardinalar, seldlar, yelkan baliqlar, treskalar, oq sla, siglar va uchar baliqlar kiradi. 2. Litoral baliqlar guruhi. Bu guruhga kiruvchi baliqlar suv havzalarining qirg’oqlariga yaqin joyda, ya`ni sohil yaqinida va suv tubi bilan ma`lum darajada bog’langan holda yashaydi. Pelagik baliqlar guruhiga qarshi o`laroq, litoral guruhiga kiruvchi baliqlar kam harakatchan. Bu baliqlarning tuzilishi va ko`rinishi ham har xil, ya`ni ba`zilarining gavdasi yapaloq bo`lib, suv tubida yashaydi. Litoral baliqlar guruhiga skatlar, kambalalar, dengiz shayton baliqlari, dengiz buqacha baliqlar, dengiz kuchukchalari kiradi. 3. Abissal baliqlar guruhi. Abissal guruhiga kiruvchi baliqlarning turlari unchalik ko`p emas. Ular, asosan dengiz va okeanlarning tubida katta chuqurliklarida yashaydi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling