Mavzu: Umurtqalilar zoologiyasining ob’ektlari, predmeti, maqsadi, vazifalari va rivojlanish tarixi
Download 0.65 Mb. Pdf ko'rish
|
6-mavzu zoologiya 2-kurs-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Baliqlarning o`zini himoya qilishi.
Baliqlar harakati.
Baliqlarning asosiy harakat organlari bu suzgich qanotlari hisoblanadi. Umuman, baliqlar harakatiga ko`ra ularning gavda tuzilishi ham har xil tipda bo`ladi. 1. Duksimon, torpeodasimon shaklda tuzilgan baliqlar guruhiga skumbriya, kefal, seldsimon akula va lososlar kiradi. Ular yaxshi suzadi. 2. O`qsimon tipdagi baliqlarga sargan va cho`rtan baliqlar guruhilari kiradi. Bu baliqlar ham yaxshi suzadi. Gavdasi birinchi tipdagi baliqlarga nisbatan cho`ziq, ixchamlashgan, toq suzgich qanotlari orqaga tortilgan bo`ladi. 3. Yapaloqsimon, ikki yon tomondan qisilgan tipdagi baliqlar. Bu tipdagi baliqlar o`z navbatida leshsimon (lesh, zog’ora baliq), oysimon (oy baliq) va kambalasimon (kambala) baliqlarga bo`linadi. Bu baliqlar suvning turli qatlamlarida uchraydi. Masalan: oy baliq suvning juda qalin joyida, lesh suv tubiga yaqin qalinlikda va kambala suv tubida yashaydi. 4. Ilonsimon tipdagi baliqlar. Bularga ilonbaliq va dengiz nina balig’i kiradi. Ularning gavdasi tortilgan bo`lib, uning ko`ndalang kesigi to`garak, yumaloq shaklda ko`rinadi. Suv o`tlari ko`p bo`lgan qalinlikda yashaydi. 5. Tasmasimon tipdagi baliqlar. Bularga qirol seld balig’i kiradi. Bu baliqlarning gavdasi tortilgan hamda ikki yon tomondan qisilgan bo`ladi, yaxshi suza olmaydi. Baliqlarning o`zini himoya qilishi. Ma`lumki, baliqlar atrof muhit rangiga moslashgan bo`ladi, bu bilan esa ular o`zlarini himoya qiladi. Biroq litoral zonada yashaydigan baliqlarning rangi xilma-xil bo`lib, shu zonaning turli qismidagi rangiga mos holda bo`ladi (kambala, buqa baliq). Pelagik zonadagi baliqlarning orqa qismi ko`kish-yashil rangda, qorni esa kumush rangida bo`ladi. Ko`pgina baliqlar gavda shakllari va har xil o`siqlari bilan atrofidagi narsalarga o`xshaydi. Ba`zi baliq turlarining rangi bir kecha-kunduzda ham o`zgarib qolishi mumkin. Masalan: kunduzi gavdasi bo`ylab to`g’ri qora chiziq o`tgan bo`lsa, kechasi gavdasida ko`ndalang chiziqlar paydo bo`ladi. Bundan tashqari ayrim baliqlarda uchraydigan turli xil ignalar, tikanlar va o`tkir shu`lalar ham muhofaza rolini o`ynaydi. Nayza dumli skat dumining ustiga o`rnashgan arra tishli katta ignalari bilan hatto odamni ham jarohatlashi mumkin. Arrabaliq o`zini himoya qilishda va o`ljasiga hujum qilishda qirrasi o`zgargan plakoid tangachalardan hosil bo`lgan yirik tishchalar o`rnashgan rostrumidan foydalanadi. Ba`zi baliqlarda elektr organlari ham bor bo`lib, bu organlar himoya va o`ljasini o`ldirish uchun xizmat qiladi. Bunday baliqlarga elektr skatlar, elektr ilon balig’i va elektr laqqa baliqlari misol bo`la oladi. Ayrim mayda baliqlar (treskalar, skumbriyalar) o`zlarini muhofaza qilish uchun boshqa hayvonlardan foydalanadi, ya`ni ular meduzalarning soyaboni ostiga kirib oladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling