Mavzu: Umurtqalilar zoologiyasining ob’ektlari, predmeti, maqsadi, vazifalari va rivojlanish tarixi
Download 0.65 Mb. Pdf ko'rish
|
6-mavzu zoologiya 2-kurs-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Baliqlardagi jinsiy dimorfizm.
Baliqlarning oziqlanishi.
Baliqlar deyarli hamma tirik mavjudodlar bilan oziqlanadi. Baliqlarning ozig’i suv havzasining sharoiti, yil fasllari va baliqning yoshiga qarab ancha o`zgarib turadi. O’simliklar bilan oziqlanishga moslashgan baliqlarga xumbosh (tolstolobik), oq amur, qizilqanot, qorabaliq (marinka) va xramulyalar kiradi; cho’rtan baliq, laqqa baliqlar, okunlar yirtqich bo’lib, boshqa baliqlar va umurtqali hamda umurtqasiz hayvonlar bilan oziqlanadi. Ko`pchilik baliqlar qish faslida umuman oziqlanmaydi va karaxt holga o`tadi. Baliqlar oziqlanishiga qarab bir nechta guruhlarga bo`linadi: 1. O`simlikxo`r baliqlar. Bu guruhga xramulyalar, plotva, ukleyka, xumbosh, oq amur, qorabaliq, qizilqanot va boshqa tur baliqlar kiradi. Ularni yuvosh baliqlar ham deb ataladi, jag’larida tishlari yo`q, xalqum tishlari bor. 2. Hayvonxo`r baliqlar. Bu guruhga zog’ora baliq, siga va boshqa tur baliqlar kirib, ular umurtqasiz hayvonlar bilan oziqlanadi. 3. Yirtqich baliqlar. Bu guruhga akulalar, cho`rtan baliqlar, sla, laqqa baliq, losos baliqlari kirib, ular, asosan boshqa baliqlar bilan oziqlanadi. Yirtqich baliqlarda shaklan uchi orqaga qayrilgan o`tkir konusga o`xshash tishlari bo`ladi. Akula va sla baliqlar o`z o`ljalarini quvib ovlaydi. Laqqa baliqlar esa o`ljasini bir joyda poylab turib yaqinlashganida sakrab tutib oladi. Ko`pchilik baliqlar urchish davrida oziqlanmaydi (lososlar). Baliqlardagi jinsiy dimorfizm. Baliqlarning ko`pchiligi ayrim jinsli, lekin suyakdor baliqlardan dengiz olabug’asi va sigalar germafrodit hisoblanadi. Baliqlarda tashqi tomondan jinsiy farqlari unchalik sezilmaydi. Lekin ayrim turlarida tashqi ko`rinishidan erkak va urg’ochilarini ajratish mumkin. Masalan: ko`pchilik akulalarning erkaklarida kopulyativ organi bor. Suyakli baliqlarning urg’ochilari odatda erkaklariga nisbatan yirik bo`ladi. Ayrim baliqlarda jinsiy dimorfizm kuchli seziladi. Masalan: chuqur suv baliqlaridan – qarmoqchi baliqlarning erkagi nihoyatda kichkina bo`lib, urg’ochisining tanasiga yopishib, urg’ochisi tana shirasi hisobiga parazitlik qilib yashaydi. Qarmoqchi baliqlarning erkagi parazit bo`lgani uchun ularning tishi bo`lmaydi. Shuning uchun ham erkak qarmoqchi baliqlar mustaqil oziqlana olmaydi. Baliqlar boshqa ko`pgina umurtqalilardan aniq ko`payish mavsumiga ega emasligi bilan ham farq qiladi. Baliqlar nerest vaqtiga qarab 3 guruhga bo`linadi: 1. Bahor va erta yozda ko`payuvchi baliqlar. Bularga osyotrlar, zog’ora baliqlar, laqqa baliqlar, seldlar, cho`rtan baliqlar va olabug’a baliqlar kiradi. 2. Kuzda va qishda ko`payuvchi baliqlar. Bularga losos, gulmoy (forel), treska va boshqa baliqlar kiradi. 3. Tropik dengizlarda yashovchi baliqlar yil davomida ko`payadi. Nalim faqat uvildirig’ini qishda tashlaydi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling