Мавзу: Қурилиш-монтаж ишларида пудратчининг бошқа харажатлари ва уни ҳисоблаш


Loyihani dastlabki bosqichini amalga oshirishda qurilish ob’ekti bahosini aniqlash


Download 0.54 Mb.
bet2/43
Sana15.02.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1202390
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
Bog'liq
МАРУЗА МАТНЛАРИ-2..

1.2.Loyihani dastlabki bosqichini amalga oshirishda qurilish ob’ekti bahosini aniqlash
Loyihaning dastlabki bosqichlarini (DTIA, DTIH, TIA, TIH) amalga oshirish jarayonida qurilish ob’ektining joriy narxlardagi bahosini aniqlash uchun amalga oshirilgan o‘xshash loyihalarning narxlari to‘g‘risidagi ma’lumotlardan foydalanish tavsiya etiladi.
Hajmiy-rejalashtirish va konstruktiv echimlarga bog‘liq ravishda o‘xshash ob’ektlarni tanlashda quvvat birligi uchun sarflangan kapital mablag‘larning solishtirma miqdorini hisobga olish zarur.
O‘xshash ob’ekt bo‘yicha ma’lumotlar bo‘lmagan hollarda, loyiha va qurilish tashkilotlarining arxivlari yoki buyurtmachilarning ma’lumotlar bazasidan olingan va avvalroq loyihalashtirilgan va qurilgan ob’ektlar bo‘yicha ko‘rsatkichlarga asoslangan holda o‘xshash loyiha tanlanishi mumkin.
Qurilish ob’ektining joriy narxlardagi bahosini dastlabki bosqichlarda buyurtmachi (investor)ning o‘zi mustaqil yoki tanlov asosida tanlab olgan loyiha (injiring, konsalting) tashkiloti aniqlashi mumkin.
Loyiha (injiring, konsalting) tashkiloti tomonidan ob’ekt qurilishining hisoblab berilgan narxi tavsiya tariqasida beriladi.
Loyihani dastlabki bosqichda amalga oshirishda tavsiya qilingan narxdan foydalanish to‘g‘risidagi qarorni buyurtmachi qabul qiladi.
T
.
aqqoslash va tahlil natijalari asosida ishlarning turi bo‘yicha qurilish narxining tuzilmasiga tuzatishlar kiritiladi va ob’ektning joriy narxlardagi bahosi aniqlanadi.

Qurilishning joriy narxlardagi bahosi dastlabki bosqichda binoning alohida elementlarining narxi asosida ham aniqlanishi mumkin.
“Bino elementi” tushunchasi turli loyihalarda bir xil vazifani bajaruvchi binoning qismini anglatadi. Poydevorlar, devorlar, tom, pardozlash va hokazolar uchun “element”lar ajratib ko‘rsatiladi.
Bunda binoning turi va vazifasiga bog‘liq ravishda qo‘llaniladigan elementlarning soni o‘zgarishi mumkin.
Ushbu metodning tatbiq qilinishi binoning ayrim elementlari narxi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni muntazam kuzatib borishni va ularning bankini yaratishni talab qiladi.
Qurilish hajmini aniqlash qoidalari
1. Binoning chordog‘ tomli er usti qismining qurilish hajmini, binoning sokoldan yuqori birinchi qavat darajasida tashqi chizig‘i bo‘yicha gorizontal kesimi maydonini binoning aynan birinchi qavat polidan to chordog‘ tomining isitgichigacha bo‘lgan butun balandligiga ko‘paytirish orqali aniqlash lozim.
Binoning chordog‘ tomsiz er usti qismining qurilish hajmini, vertikal ko‘ndalang kesimi maydonini kesim maydoniga perpendikulyar yo‘nalishda, sokoldan yuqori birinchi qavat darajasida oldingi devorlar sirtlari orasidagi o‘lchangan bino uzunligiga ko‘paytirish bilan aniqlash lozim.
Vertikal ko‘ndalang kesim maydonini, devorlarning tashqi sirtini aylanma o‘lchami bo‘yicha, tomning yuqori chizig‘i bo‘yicha va qavat toza polining darajasi bo‘yicha aniqlash lozim. Ko‘ndalang kesim maydonini o‘lchashda devorlar sirtidan chiqib turgan arxitekturaviy qismlarni, hamda botiqliklarni hisobga olmasliz kerak.
Binoda maydoni turli o‘lchamdagi qavatlar mavjud bo‘lganda, bino hajmini uning qismlarining hajmlari yig‘indisi sifatida aniqlash lozim. SHuningdek agar bino qismlari tuzilishi yoki konstruksiyasi bo‘yicha bir-biridan qattiq farq qilgan hollarda, binoning hajmini qismlarga bo‘lib hisoblash zarur. Bino hajmi qismlarga bo‘lib hisoblanganida chegara devor o‘zining balandligi yoki konstruksiyasi bo‘yicha to‘g‘ri keladigan bino qismiga tegishli hisoblanadi.
2. Tomning tashqi chizig‘idan chiqib turgan chiroqlarning qurilish hajmi bino qurilish hajmiga kiritiladi.
3. Erekr, peshayvon, tambur va binoning foydali hajmini ko‘paytiruvchi boshqa qismlarini alohida hisoblash va binoning umumiy hajmiga qo‘shish lozim. Lodjiya (bir tomoni ochiq ayvon)lar hajmi bino hajmidan chiqarib tashlanmaydi. O‘tish yo‘llari, portchalar, hamda ochiq va yopiq balkonlar hajmi bino hajmiga kiritilmaydi.
4. Jamoat va turar joy binolarining texnik qavatlarini binoning hajmiga kiritish lozim.
5. Mansard qavat (og‘ma boloxona) hajmini uning pol darajasidagi devorlar tashqi aylanmasi bo‘yicha mansardning gorizontal kesimi maydonini mansard polidan chordog‘ yopinchig‘ining tepa qismigacha bo‘lgan balandlikka ko‘paytirish orqali aniqlash lozim.
6. Erto‘la va yarim erto‘lalar hajmini erto‘laning sokoldan yuqori, birinchi qavat darajasidagi gorizontal kesimini toza poldan birinchi qavatning toza poligacha bo‘lgan o‘lcham uzunligiga ko‘paytirish orqali aniqlash lozim. Bino ichida ustidagi devorsiz erto‘la qilinganida, maydonni uning tepasidagi yopinchig‘i darajasida erto‘la tashqi aylanmasi bo‘yicha aniqlash lozim.
7. Erto‘lali yoki yarim erto‘lali binolarning umumiy qurilish hajmini mazkur ilovaning 1-5 bo‘limlariga muvofiq hisoblangan binoning er usti hajmi va 6 bo‘limiga muvofiq hisoblangan erto‘la (yarim erto‘la) hajmi yig‘indisi sifatida aniqlash lozim.
8. Devorlarni tashqi aylanmasi bo‘yicha o‘lchash amalga oshirilganda uning suvog‘i va bezagi qalinligi hisobga olinishi lozim.



Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling