Mavzu: Urug va ko’chat yetishtirish texnologiyasi reja: Ko'chat yetishtirish uslubi va uni ahamiyati. Himoyalangan yer uchun ko'chat yetishtirish
Download 249.64 Kb.
|
Urug va ko’chat yetishtirish texnologiyasi
MAVZU: Urug va ko’chat yetishtirish texnologiyasi REJA: 1.Ko'chat yetishtirish uslubi va uni ahamiyati. 2.Himoyalangan yer uchun ko'chat yetishtirish 3.Himoyalangan yer uchun ko'chat yetishtirishni avtomatlashtirish va mexanizatsiyalash. 1. Ko'chat yetishtirish uslubi va uni ahamiyati. O'simliklarni ko'chat orqali o'stirishning mohiyati, ular hayotining birinchi boshlanish davrida, oziqa va namlik yetarh bo'lgan, kichik oziqlanish maydonida, sun'iy iqlim sharoitida o'stirishdan, so'ng ochiq yoki himoyalangan yer inshootlariga ko'chirib o'tkazilishidan iboratdir. Ko'chat, deb doimiy o'sish joyiga ko'chirib o'tkazishga mo'ljallangan biroq, hosil beruvchi organlari hah shakhanmagan yosh niholga aytiladi. Uni issiqlik tartiboti bo'yicha ochiq dalada yetishtirish imkoniyati bo'lmalganligi sababU himoyalangan yerda o'stiriladi. Ochiq yerdagi sabzavot ekin-larining yarmidan ko'pi va himoyalangan yerda taxminan 90 % ko'chat bilan ekiladi. Ko'chat uslubini o'sish davrining oxirida katta oziqlanish maydonini talab qila-digan va zaruriyat bo'lganda erta mahsulot ohsh uchun mo'ljallangan ekinlarda qo'llash maqsadga muvofiqdir. Ko'chat uslubi odatdagicha urug'larni to'g'ridan-to'g'ri yerga ekishga nisbatan bir qator afealliklarga ega. Ko'chat odatda 30-80 kun mobaynida o'stiriladi. O'simlik rivojlanishidagi erishilgan natija erta hosil olish imkonini beradi. Erta olingan hosilni yuqori baholarda sotish qo'shimcha daromad olishni ta'minlaydi. Ilgarilash tufayh ko'chat uslubi o'sish davrini cho'zish imkonini beradi. Bu o'simlik hosildorligini oshiradi va o'sish davri uzoq davom etadigan, ammo issiqlik etishmaydigan hamda urug'dan ekilganda hosilni to'liq to'play olishga sharoit bo'lmaydigan shimohy mintaqalarda issiqsevar ekinlarni yetishtirishga va u yerdagi sabzavotlar turini boyitishga imkon yaratadi. Ko'chat uslubi o'simlik hayotining boshlarida yerga bo'lgan ehtiyojini kamay-tiradi. O'simliklarni oziqa, namlik, issiqlik, yorug'lik va boshqa omillar bilan yaxshiroq ta'minlash, hah zaif nihoharni zararkunandalar, kasalliklar, begona o'tlardan yaxshiroq liimoya qihsh, ularga qarshi kurashda mehnat sarfini kamay-tirislii mumkin. Ko'chat uslubida urug' sarfi doimiy joyga ekilganga ko'ra 3-7 marta kamayadi. Himoyalangan yer sharoitida o'simliklarni ko'chat orqali etish-tirish mahsulot chiqish davrini uzaytirib, sun'iy yoritish manbalaridan iqti-sodiy tomonidan samarafi foydalanishga imkoniyat yaratadi. Ko'chat uslubi pomidor, bodring, qovun va boshqa ekinlarning bir-biriga yoki kasallik va tashqi muhit omifiariga chidamh bo'lgan boshqa turlariga payvandlash imkoniyatini yaratadi. Hozirgi vaqtda chet el mamlakatlarida pomidor, bodringni kasalliklarga chidamh bo'lgan payvanduslariga, shuningdek, bodring, qovunlarni sovuqqa chidamliligini oshirish maqsadida qovoqqa payvandlashdan keng foydalanihnoqda. Ko'chat uslubining avzalhgi natijasida O'zbekistonda o'simliklarni yetishtirish muddatlari qisqarib, bir maydonda oqboshli va gul karamlardan ikki marta, ertapishar pomidor navlarini esa takroriy ekish hnkoniyati bor. Sabzavotchilikda ko'chatdan o'stirilgan o'simliklarni, ko'chatsiz o'stirilgan xuddi shunday o'simliklarga nisbatan o'sishi va rivojlanishida oldin ketishi — ilgarilash deyiladi. Ilgarilashni o'simlikning doimiy o'sish joyiga ekilgan vaqtdan boshlab belgilanadigan yoki nihollar ehiqishidan doimiy joyiga o'tkazilgunigacha o'tgan kunlar yoki chin barglarining soniga ko'ra ifodalanadigan yoshi bilan aralashtirmaslik kerak. Ilgarilashni ko'chat qilib ekilib doimiy joyida ildiz otgan o'simlikni xuddi shu tur va navdagi ko'chatsiz uslubda o'stirilgan o'simlik bilan qiyoslab fikr yuritiladi. Ilgarilash kattahgi ko'chat ekilgan yoki urug' sepilgan kundan to birinchi hosilni yig'ishgacha o'tgan kunlar soniga ko'ra belgilanadi. Ilgarilashning davomiyhgi doimo ko'chat yoshining davomiy-hgidan kam bo'ladi, chunki ko'chatsiz o'stirilgan ekinlar yaxshi yoritilgan sharoit-larda rivojlanadi, ildiz tizimi zararlanish ta'sirini o'zida o'tkazmaydi, ochiq yer sharoitlariga yaxshi nioslashgan bo'ladi. Ko'chat yetishtirish usullari. Ko'chatlar ilgari ko'pincha biologik usulda isitiladigan parniklar va ko'chatxonalarda yetishtirilgan. Hozirgi kunda ochiq yer uchun ko'chatlar asosan isitiladigan plyonkah issiqxonalarda, tomorqa va dala hovlilarida esa plyonkah isitiladigan kichik issiqxonalarda plyonkah parnik-larda yetishtiriladi. Himoyalangan yer uchun qishki-bahorgi aylanishda ko'chatlar isitiladigan qishki oynavand yoki plyonkah issiqxonalarning ko'chat bo'limida yetishtiriladi. Boshqa aylanishlar uchun ko'chatlar maxsus shu maqsad uchun moslan-gan inshootlarda yetishtiriladi. Chet el mamlakatlarining yirik issiqxona kombinatlarida hhnoyalangan yerlarning barcha aylanishlari uchun ko'chatlar maxsus issiqxonalarda yoki ko'chat bo'limlarida to'g'ridan-to'g'ri tuproq ustida (so'kchaksiz) yetishtiriladi, bu maydon-ni iqtisod qilish va mexanizatsiyadan foydalanish imkoniyatini ta'minlaydi. Yirik sabzavotchilik xo'jaliklarida ochiq yerga ko'chatlarni tayyorlash uchun issiqxona (asosan plyonkah), plyonkah qurilma va sovuq ko'chatxonalardan tashkil top-gan ko'chat-sabzavot komplekslari bunyod etihnoqda, u yerlarda oldin ochiq yer uchun ko'chat, so'ng sabzavotlar yetishtiriladi. Ko'chat ikki xil uslubda: ko'chirib o'tkazib, ko'chirib o'tkazmay o'stiriladi. Ko'chirib o'tkazish usuli doimiy joyiga ko'chirib o'tkazilganda ildizlar shikast-lanishga chidamh bo'lgan (karam, pomidor, qalampir, oddiy piyoz, porey piyozi, salat) o'simliklar uchun qo'llaniladi. Maysalarni ko'chirib o'tkazmasdan (pikirovkasiz) ko'chatlarni yetishtirish uslubini (bodring, qovoqcha, patisson, qovun, tarvuz, baqlajon) va kichik oziqlanish maydonida o'stiriladigan (salat, piyoz va bosh-qalar) ekinlar uchun qo'llash maqsadga muvofiq bo'ladi. Ko'chirib o'tkazish uslubi bilan o'stirishda urug' qalin sepiladi va u unib chiqqandan so'ng 1-2 chin bargi hosil bo'lganida oziqlanish maydonini kattaroq berib, inshoot tuprog'iga yoki oziqali kubiklarga va tuvakchalarga ekiladi. Yosh maysani ko'chirib o'tkazish pikirovka (siyraklab ko'chirib o'tkazish), ko'chirib o'tkaziladigan yosh nihol maysa, ularni qalin eldlgan joyi esa maysazor deyiladi. Maysalar yerga oldindan taxtacha yoki qoziqcha yoki tishli marker bilan belgilab qo'yilgan egatcha yoki chuqurchalarga pikirovka qilinadi (pikirovka «pika» so'zidan olingan) (47-rasm). . Ko'chatni pikirovka qilish jarayoni tartibi Pikirovka qilib ko'chat o'stirishda mehnat sarfi 1,2-1,5 marta oshadi. Maysa-larni pikirovka qilishga tayyorlash davrida issiqxona maydonini tejashga (2-3 hafta), zaif va kasahangan o'simliklarni chiqitga chiqarishga hamda popuk ildiz tizimini hosil bo'lishiga hnkon beradi. Bu usul bilan ko'pincha ertagi ekinlar-ning ko'chatlari yetishtiriladi. Agar ko'chat ko'chirib o'tkzilmasdan (pikirovkasiz) yetishtirilsa, ularga yetar-h oziqlanish maydoni berib yoki tuvakcha va kubiklarga urug'lar to'g'ridan-to'g'ri ekiladi va nihollar unib chiqqanidan so'ng ochiq maydonga yoki issiqxonaga ekil-gunicha o'sha yerda o'stiriladi. O'rta va kechki ekinlarni shuningdek, qovoqdosh-larning (bodring, qovun, tarvuz, qovoqcha) ko'chati pikirovkasiz yetishtiriladi. Ko'chat yetishtirishning asosiy 2 usuh mavjud: tuvakchasiz va tuvakchah. Tuvakchasiz o'stirishda urug'larni ekish yoki pikirovka qilish bevosita inshoot erida amalga oshiriladi. Ko'chatni tuvakchasiz o'stirish oson va arzon. Ammo ko'chat-ni ko'chirib olishda ildizning ko'p qismi tuproqda qolib ketadi va boshqa yerga ko'chirib ekilganda u tutish va o'sishda kechikadi. Tuvakchasiz ko'chatlarni yetishtirishda urug' plyonkah issiqxona tuprog'i egatlariga turU xildagi parnik seyalka-lari bilan ekiladi. Seksiyalari 6,4 metrli issiqxonalarda eni 1,6 m li uchta keng egatlar olinadi va eni 0,5 m bo'lgan to'rt yo'lka qilinadi yoki eni 2,0 m dan ikkita keng egatlar qilinib, 3 yo'lka qoldiriladi. Download 249.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling