Mavzu: Usmon ibn Affon va Ali ibn Abu tolib xalifaligi


Download 0.63 Mb.
bet5/6
Sana18.06.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1582854
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Taqdimot (2)

Muhammadning barcha yurishlarida ishtirok etgan, qoʻrqmas va sodiq jang-chi, oʻta taqvodor inson, mohir notiq Ali xalifalikka munosib nomzod sifatida koʻpchilikka maʼqul edi. 656-yil iyunida Usmon oʻldirildi va Ali xalifa deb eʼlon qilindi. Ammo sahobalardan Talha va az-Zubayr hamda Ali ga nisbatan adovatda boʻlgan paygʻambarning bevasi Oysha ta-rafdorlari unga qarshi bosh koʻtardilar. Qatl etilgan Usmonning qarindoshi Su-riya hokimi Muoviya ham Ali ga qarshi urush eʼlon qildi. 657-yil Furot daryosi oʻng qirgʻogʻidagi Siffin degan joyda yuz ber-gan jangda Ali qoʻli baland kelgan boʻlsa-da, u raqiblari bilan kelishishga koʻndi.

  • Muhammadning barcha yurishlarida ishtirok etgan, qoʻrqmas va sodiq jang-chi, oʻta taqvodor inson, mohir notiq Ali xalifalikka munosib nomzod sifatida koʻpchilikka maʼqul edi. 656-yil iyunida Usmon oʻldirildi va Ali xalifa deb eʼlon qilindi. Ammo sahobalardan Talha va az-Zubayr hamda Ali ga nisbatan adovatda boʻlgan paygʻambarning bevasi Oysha ta-rafdorlari unga qarshi bosh koʻtardilar. Qatl etilgan Usmonning qarindoshi Su-riya hokimi Muoviya ham Ali ga qarshi urush eʼlon qildi. 657-yil Furot daryosi oʻng qirgʻogʻidagi Siffin degan joyda yuz ber-gan jangda Ali qoʻli baland kelgan boʻlsa-da, u raqiblari bilan kelishishga koʻndi.

Bundan norozi boʻlgan Aliaskarlaridan 12 ming kishi jang maydonini tark et-dilar va xorijiylar deb atalgan diniy-siyosiy oqimni tashkil qildilar. Xorijiylar raqiblariga nisbatan yakka terror usulini qoʻllay boshladilar. 661-yil 19-yanvarda Ali Ibn Muljam degan shaxs tomonidan masjiddan chiqish paytida jarohatlandi va ikki kundan soʻng vafot etdi. Islomda Ali shaxsiga munosabat tur-lichadir. Xorijiylar unga oʻta salbiy munosabat bildirgan boʻlsalar, shialar aksincha uni ilohiylashtirib yuborgan-lar. Ahli sunna Ali shaxsiga moʻtadil va toʻgʻri baho beradi.

  • Bundan norozi boʻlgan Aliaskarlaridan 12 ming kishi jang maydonini tark et-dilar va xorijiylar deb atalgan diniy-siyosiy oqimni tashkil qildilar. Xorijiylar raqiblariga nisbatan yakka terror usulini qoʻllay boshladilar. 661-yil 19-yanvarda Ali Ibn Muljam degan shaxs tomonidan masjiddan chiqish paytida jarohatlandi va ikki kundan soʻng vafot etdi. Islomda Ali shaxsiga munosabat tur-lichadir. Xorijiylar unga oʻta salbiy munosabat bildirgan boʻlsalar, shialar aksincha uni ilohiylashtirib yuborgan-lar. Ahli sunna Ali shaxsiga moʻtadil va toʻgʻri baho beradi.

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling