Mavzu: Uzatish funksiyalar asosida tuzilish sxemalarini tuzish. Reja


IV. Zvenolarni inversli almashtirish


Download 400.31 Kb.
bet3/4
Sana02.02.2023
Hajmi400.31 Kb.
#1146861
1   2   3   4
Bog'liq
ABN 5-mus ish

IV. Zvenolarni inversli almashtirish





10.4-rasm. Zvenolarni inversli almashtirish


Berilgan chizmadagi (4.4,a-rasm) zvenolarni o‘rni teskari qiymat bilan almashtirilsa (10.4,b-rasm) olinadigan o‘zgaruvchini qiymati o‘zgarmaydi. Bu chizmalarni tengligi (ekvivalentligi) ularni UF:
W(p)= (4.12) tengligi bilan isbotlanadi.
Signalni olish (tarqalish) nuqtasini ko‘chirish
Agar 10.5-rasmdagi chizma berilgan bo‘lsa, uning UF

W(r)= (4.13)




10.5-rasm. Signalni olish (tarqalish) nuqtasini ko‘chirish


ifoda bilan aniqlanadi. Zaruriyat bo‘lganda, TB zanjiri ajralib chiqadigan A nuqtani orqaga yoki oldinga siljitish ehtiyoji tug‘iladi. Bunday o‘zgartirish davrida berilgan topshiriq kirish x0 signali (xabari) qiymatida o‘zgarmasa, olinadigan chiqish xabarini ham qiymati o‘zgarmaslik sharti bajarilishi kerak. Unda o‘zgartirilgan 10.5,b-rasm uchun UF:
W(r)= (4.14)
ko‘rinishli, ya’ni o‘zgarmasdan qoladi. SHuningdek, xabarni olish nuqtasi oldinga (K2 zvenoni oldiga) ko‘chirsak (10.5,v-rasm) unda UF

W(p)= (4.15)
bo‘lib, yana oldingi (4.13) tenglamani beradi. Demak, xabarni olish nuqtasi oldinga ko‘chirilsa, unda TB zanjiriga olish nuqtasi ustidan o‘tgan zvenolarning UF teskari bo‘lgan UF zvenolar TB zanjiriga qo‘shiladi. Xuddi shuningdek, xabar olinadigan A nuqta orqaga quriladigan bo‘lsa, unda TB zanjiriga nuqta ustidan o‘tgan zvenolarni UF teng bo‘lgan zvenolar TB zanjiriga kirgiziladi.
Jamlovchi element (yig‘indi tugunini) sxemaning boshqa joyiga ko‘chirish
Bunday holda bajariladigan o‘zgartirish qoidasini o‘rganishda ham yuqoridagi shart, ya’ni sxema o‘zgartirilganda berilgan x0 qiymatidan olinadigan chiqish qiymati u o‘zgarmasligi kerak. Masalan 10.6,a-rasmda berilgan tizimning uzatish funksiyasini yozamiz:
(4.16)
Bu tizimning teskari bog‘lanish zanjiriga zanjirdan chiqib kyetgan, (TB ichiga kirgan) zvenolar qo‘shib qo‘yiladi. Ekvivalent tizim UF ni yozamiz: (4.17)

10.6-rasm. Jamlovchi elementni chizmaning boshqa joyiga ko‘chirish


(10.7) berilgan tizimning UFga mos keladi. Jamlovchi (yig‘indi) belgisini asosiy signal yo‘nalishiga teskari (orqaga) yo‘nalish bo‘yicha ko‘chirsak, ekvivalent tizim hosil bo‘ladi (10.6,v-rasm). TB zanjiriga qo‘shilib qolgan zvenolarga teskari zvenolar qo‘shib qo‘yiladi. Ekvivalent tizim UFsi

(4.18)
berilgan tizimning UFga teng.

10.7-rasm. n signalga ega zanjirni, n parallel zanjirga bo‘lish (a,b) va bir xil elementlarga ega bo‘lgan, bir necha parallel zanjirlarni birlashtirish (v,g)


N signalga ega zanjirni, n parallel zanjirga bo‘lish

Berilgan umumiy zanjirga kirgan zvenolarni uzatish funksiyalari har bir ekvivalent zanjirga kiritiladi (10.7, a,b -rasm).


Bir xil elementlarga ega bo‘lgan, bir necha parallel zanjirlarni birlashtirish
Ekvivalent tizimning umumiy zanjiriga bir xil, xuddi o‘sha elementlar kiritiladi (10.7, v,g-rasm)
Tashqi ta’sirni ko‘chirish
Tashqi ta’sirni zanjirning oldi yoki orqasiga shunday ko‘chirish kerakki, zanjirning chiqish qiymatidagi uzatish qiymati (signali) o‘zgarmasin. Agar tashqi ta’sir 10.8,a-rasmda ko‘rsatilgandek qo‘yilgan bo‘lsa, u holda chiqish qiymati: u=K1K2x0+fK2 ga teng bo‘ladi. Agar tashqi ta’sirni (4.8,b-rasm) zanjirning oldi tomoniga o‘tkazish kerak bo‘lsa, qaysi zvenolardan o‘tkazilganiga qarab, shu zvenolarning uzatish funksiyalarini qo‘shish kerak (K2) va uning chiqish qiymati: u=K1K2x0+fK2 bo‘ladi. Tashqi ta’sirni (10.8,v-rasm) zanjirning orqa tomoniga o‘tkazishda, qaysi zvenolardan o‘tkazilgan bo‘lsa,

10.8-rasm. Tashqi (to‘lqinlantiruvchi) ta’sirni ko‘chirish


hu zvenolarning teskari uzatish funksiyalarini qo‘shish kerak (1/K1), uning chiqish qiymati u=f(1/K1) K1K2+K1K2x0=fK2 +K1K2x0.


Bu qoidalardan foydalanishimizdan maqsad, tashqi ta’sirdan beriladigan signalni tizimning chiqish qiymatida saqlab qolishdir.


Parallel konturli zvenolarni ko‘chirish

Parallel konturli zvenolarni konturning orqa yoki oldi tomoniga ko‘chirishda, hamma qonunlar kabi, qaysi zvenolardan ko‘chirilganiga qarab, konturga qo‘shimchalar kiritilib, balans hosil qilinadi. Berilgan (10.9,a-rasm) parallel konturli zvenolarni K3 shahobchalanish (tarqalish) zvenosiga nisbatan zanjir bo‘yicha oldinga ko‘chirish kerak bo‘lsa, u holda K2 zvenoga teskari bo‘lgan zvenoni qo‘shamiz 10.9,v-rasm. Agar shuni zanjirning orqa tomoniga ko‘chirish kerak bo‘lsa, u holda K1 zvenoni qo‘shamiz 10.9,b-rasm.


10.9-rasm. Parallel konturli zvenolarni ko‘chirish




Download 400.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling