Mavzu: Uzluksiz ta’lim jarayonida boshlang'ich sinf o‘qituvchilarining axborot kompetentligi kasbiy tayyorgarligini tushuntirish. Reja
O‘qituvchilarning kasbiy kompetentliligi
Download 23.99 Kb.
|
Mavzu Uzluksiz ta’lim jarayonida boshlang\'ich sinf o‘qituvchila-fayllar.org
O‘qituvchilarning kasbiy kompetentliligi.
O‘qituvchilarning kasbiy kompetentliligini rivojlantirishga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omillardan biri sifatida ta’lim muassasasida uzluksiz malaka oshirish jarayonlarini ilmiy asosda tashkil etish zaruriyatini keltirish mumkin. Ilmiy asoslarda tashkil etilgan uzluksiz malaka oshirish jarayonlarining ilmiyligi – yangiliklarni izlash, o‘rganish va ularga asoslanish hamda ilmiy asoslangan ma’lumotlardan foydalanish, o‘qituvchilarning kasbiy kompetentliligini rivojlantirishning pedagogik, psixologik va ijtimoiy-iqtisodiy asoslarini o‘zlashtirish, o‘qituvchilarning kasbiy kompetentliligini rivojlantirishga innovatsion yondashuv texnologiyalarini joriy etish kabi vazifalarni belgilaydi. Ta’lim-tarbiya jarayonida o‘qituvchilarning eng asosiy va muhim ahamiyat kasb etuvchi funksiyalarini amalga oshirish jarayoni bir qancha vazifalarning bajarilishini, ya’ni pedagogik jarayon subyektlariga zaruriy shart-sharoitlarni yaratish, ularning faoliyatini tashkil etish, muvofiqlashtirish, nazorat qilish, tahlil qilish va baholash, shuningdek, yangi pedagogik va axborot texnologiyalari bilan qurollantirish kabi qator vazifalarni ham amalga oshirishni nazarda tutadi. Pedagogik tadqiqotlarda va ilmiy ishlarda qo‘llanilayotgan innovatsiya tushunchasiga berilgan bir qancha ta’riflarning tahliliga ko‘ra, innovatsiya tushunchasi mazmuni o‘zgarishlarni, ya’ni yangilik kiritish asosida ma’lum bir jarayonni rivojlantirish yoki samarali tashkil etish kabi ma’nolarda qo‘llaniladi. Shuningdek, innovatsion faoliyatda sohaga yangilik kiritish asosida ma’lum bir jarayonni samarali muvofiqlashtirish mumkin. Bizning fikrimizcha, pedagogik innovatsiyalarning ilmiyligi, yangiligi va amaliyotga tatbiq etilishi uning amaliy ahamiyatiga molik zaruriy xususiyatlaridan hisoblanadi. Bugun ta'lim har tomonlama takomillashib zamon talablari asosida tashkil etilishi va yuqori samara berishi kabi masalalarni qo‘ymoqda. Ta'limning sifati va samarasi faqatgina tayyorlangan kadrlarga ko‘ra belgilanadi. Shu asosida kardlarni tayyorlashga zamonaviy talablar asosida yondashish maqsadga muvofiqdir. Kompetentli yondashuv tushunchasi, o‘rganilishi, o‘rni va ahamiyati. Kompetensiya iborasi zamonaviy adabiyotda keng qo‘llaniladigan termin bo‘lib, ta'lim, xodimlarni tanlash, mehnat natijasini baholash, ta'limning muvaffaqiyatligi, professional yo‘naltirilganlik va shu kabi masalalarni qamrab oladi. Bugungi kunda ma'no nuqtai nazaridan oxirgacha aniqlashtirilmagan deb hisoblanadi. 1970-yillarda ko‘pgina G'arb Yevropa davlatlarida paydo bo‘lib, bunda kompetentlik professional tayyorgarlikning yangi yo‘nalishini ko‘rsatadigan bo‘ldi. «Kompetentlik» termini ta'lim faqatgina individual, texnik yoki tajribaviy bilim va qobiliyatni egallash masalalari bilan bog'liq bo‘lib qolmay, balki individ shaxsni keyinchalik rivojlantirishga baza bo‘lib, xizmat qila oladigan qobiliyat va ko‘nikmalari majmuasini ifoda qiladi. Ammo bu g'oya barcha Yevropa davlatlarida turlicha o‘z ifodasini topdi. Masalan, Germaniyada 1980-yillardan boshlab, «professional faoliyatda kompetentlik» iborasi boshlangich professional tayyorgarlik mobaynida erishilishi shart bo‘lgan maqsadni ifodalagan. Bu o‘qitish kursi o‘zaro bog'liqlik, texnik kompleks va umumiy bilim yig'indisidan iborat bo‘lib, bu bitiruvchiga turli ish joylarida ishni davom ettirish imkonini berar edi. Bu umumiy malaka o‘zgarishsiz qolishi mumkin emas, u rivojlanib borishi kerak, chunki individ va jamiyat manfaatlaridan kelib chiqqan xolda mehnat dunyosining talablari va shartlari ham o‘zgarib turadi. Kompetentlik-biron bir ishni samarali qila olish qobiliyati, ma'lum bir kasbda qo‘llaniladigan standartlar bo‘yicha bajara olish qobiliyati. Quyidagi kompetentlik turlari mavjud: - Ozini tutish(individual); - Texnik (pofessional); - Umumiy; - Maxsus; - Boshlang'ich (porogovaya); - Ijrochi; - Differensial; 1. Ozini tutish (povedencheskaya) kompetentligi- o‘zining professional vazifalarini bajarish paytida insonning individualligini xarakterlovchi kompetentlik tushuniladi. 2. Texnik (professional) kompetentlik- bu mexnat natijalari, professional majburiyatlarni bajarish standartlari bilan bevosita bog'liq bulgan kompetentlik tushuniladi. 3. Umumiy kompetentlik-ma'lum bir kasb bilan shug'ullanuvchi barcha insonlarni xarakterlovchi kompetenllik xisoblanadi. 4. Maxsus kompetentlik- aniq professional majburiyatlarni samarali bajarish uchun kerak bo‘lgan kompetentlik tushuniladi. 5. Boshlang'ich kompetentlik-topshirilgan professional vazifalarni bajarish uchun ishchiga zarur bo‘lgan asos, baza kompetentlari tushuniladi. 6. Ijrochilik kompetentligi- erishilgan natijaning sifatini aniqlashtiruvchi kompetentlikdir. 7. Differensial kompetentlik - u yoki bu darajada samarali ijrochilarni farqlashga yordam beradigan kompetenlik hisoblanadi. Informatika va axborot texnologiyalari fanlarini o‘qitish jarayonida kompetentlikni shakllantirishga qaratilgan ta'lim metodlari va vositalaridan foydalanish. Pedagog shaxsiga qo‘yiladigan talablar asosida uning modelini ishlab chiqishda oliy ta'limning Davlat ta'lim standartlarida belgilab berilgan quyidagi holatlar asos uchun qabul qilindi: - pedagogning faoliyat sohalari: ta'lim; boshqaruv. - pedagogning faoliyat turlari: o‘quv; metodik; tarbiyaviy; tashkiliy; ilmiy (rahbarlik); kadrlar bilan ishlash; tadbirkorlik; ekspertlik va boshqalar. - pedagog faoliyat yurituvchi muassasalar: maktagacha ta'lim; umumiy o‘rta ta'lim; o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi; oliy ta'lim; oliy ta'limdan keyingi ta'lim; Xulosa Hozirgi davr o‘qituvchi va o‘quvchi oldiga katta talablar qo‘ymoqda, bu talablarning eng asosiysi - darsning samaradorligi, uning sifatliligi, o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalariga, maktablardagi turli xil o‘quv mashg'ulotlari, ularni tashkil qilinishi va u orqali o‘quvchilarni turli bilim va ko‘nikmalarni egallab olishidir. Bugungi kunda ta'lim jarayonini to‘g'ri va samarali tashkil qilishda innovatsion texnologiyalar, texnik vositalarning, jumladan, zamonaviy kompyuterlarning o‘rni beqiyosdir. Dars mavzusiga oid multimediya, animatsiya, grafika, diafilm va videofilmlardan foydalanish dars jarayonini yana-da qiziqarli bo‘lishiga ko‘mak beradi, buning uchun esa o‘qituvchi o‘z ustida ishlashi va har bir darsga «men bugungi dars jarayoniga qanday yangilik bilan kirib, darsni qiziqarli tashkil qila olaman» deya o‘ziga savol berishi ya'ni, an'anaviy ta'limdan qochib, noan'anaviy ta'lim berishga intilishi lozim. Axborotlarni ifodalash va uzatishga bo‘lgan ehtiyoj so‘z, yozuv, tasviriy san’atda, kitob chop etish, pochta aloqasi, telegraf, telefon, radio, oynai jahon va ishlab chiqarishning boshqa jabhalarini boshqarishning barchasi kompyuter texnologiyalari yordamida osongina hal qilinmoqda. Buning siri shundaki, axborotning katta qismi, shu paytgacha asosan, qog`ozlarda, magnit tasmalarida, ya’ni EHM dan tashqarida saqlanmasdan, matn, chizmalar, sur’atlar, tovushlarning barchasini axborot shaklida EHM larda saqlash, qayta ishlash va uzatish usullarini ishlab chiqilganligidadir. Kompyuter texnologiyasida matnlar, tasvirlar, ovozlar, shakllar va shunga o‘xshash boshqa ishlarni amalga oshirish imkoniyatlari maxsus dasturlash yordamida juda yengil va tezkorlik bilan hal etilmoqda. Shuning uchun matematika, fizika, ximiya, biologiya va boshqa fanlarni o‘qitishda kompyuter texnologiyasidan foydalanish ijobiy natijalarni olib kelmoqda. Xulosa qilib aytganda, boshlang'ich sinflarda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga, ijodiy izlanish va mantiqiy fikrlashlarini kengaytirish bilan birga ularni darslarda o‘rganganlarini hayot bilan bog'lash hamda darsga qiziqishlarini oshirishga yordam beradi. O‘qituvchilarning bunday zamonaviy talablar asosida yaratilgan sharoitlardan samarali foydalanib, darslarni ilg'or pedagogik hamda axborot kommunikatsiya texnologiyalari asosida tashkil etilishi ta'lim-tarbiya jarayonini sifatini kafolatlaydi. Download 23.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling