Mavzu: Vaqtli qatorlarni regression tahlili


Download 319.53 Kb.
bet4/9
Sana09.01.2022
Hajmi319.53 Kb.
#258102
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
MM70, Zokirov Sardorbek (2)

  • Auditorlik  tashkiloti  ma’lumotlarning  kompyuter  ishlovining  eng  ko’p  tarqalgan  tizimilari  kutubxonasiga  ega  bo’lishi  va  ularni  amalda  qo’llash  xususiyatlarini o’rganishga harakat qilishi kerak.  Auditorlik  tashkiloti  kompyuter  vositalaridan  foydalanganda  mijozlarning  doimiy  ma’lumotlarini  saqlash  uchun  fayllar  ochadi.Fayllarga  asosan  auditorning  ishchi  hujjatlari  ma’lumotlari  kiritiladi.  Ishchi  hujjatlarning  muhimligi  ulardagi  ma’lumotlarning ham muhimligini nazarda tutadi. Agar auditor o’z ishchi hujjatlarida zarur  hajmdagi  ma’lumotlar  va  dalillarni  keltirmasa  yoki  buxgalteriya hisobi,ichki nazoratning  ahvoli  va  hokazo  haqida  ahamiyatli  ma’lumotlar  bermasa,  natijada  auditorlik  xulosasi  ham  asoslanmagan  yoki  noto’g’ri  bo’lishi  mumkin.  Demak,  asoslangan  va  to’g’ri  auditorlik  xulosasini  olish  uchun  talabga  javob  beradigan  mazmundagi ishchi hujjatlarni ishlab chiqish lozim.  Mijoz  bilan  imzolangan  birinchi  shartnomadagi  tarixiy  yoki  asosiy  yangilanadigan  hamda  joriy  va  kelgusi  auditorlik  ekspertizasi  va  tekshiruvlarga  aloqador  bo’lgan  axborotlar  doimiy  fayllarda  saqlanadi. Doimiy  fayllarga  kiritiladigan  axborotlarning ko’pincha qat’iy belgilangan chegaralari mavjud: mijozning qisqacha tarixi, faoliyat turi, kompaniyaning ta’sis hujjatlari, shartnomalari va bitimlaridan ko’chirmalar yoki ularning  nusxalari,  direktor  va  menejment;  hisob  yuritish  siyosati;  aktsiyalar, obligatsiyalar  va  boshqa  qimmatli  qog’ozlar  bayoni,  oldingi  tekshiruvlar,  tahlil ma’lumotlari va hokazolar. 

Download 319.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling